Shuhrat hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot. “Mardlik afsonasi”
balladasida o‘zbek xalqining eng qadimgi zamonlarda mustaqillik uchun olib
borgan kurashining tasvirlanishi. To‘maris obrazi. To‘maris
boshchiligidagi xalq
jasoratining ballada janriga xos poetik vositalar orqali tasvirlanishi. “To‘maris”
hikoyasi bilan “Mardlik afsonasi” balladasi o‘rtasidagi yaqinlik va farqli tomonlar.
Balladaning tarbiyaviy ahamiyati.
Nazariy ma’lumot. Ballada haqida.
8-mavzu. Rasul Hamzatov. “Ona tilim”, “Kenja nevaram Shahrizodga”
she’rlari. (1 soat, A2+: 3 soat)
Shoir hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
“Ona tilim” she’rida ona tilining
millatni, shu
millatga mansub har bir
shaxsning o‘zligini saqlab qoluvchi vosita ekanligining ko‘rsatilishi. Tilga
muhabbat orqali elga muhabbat paydo bo‘lishining ifodalanishi. “Kenja nevaram
Shahrizodga” she’rida avlodlar o‘rtasidagi vorislik, davomiylik va ma’naviy
javobgarlik tuyg‘ularining aks etishi.
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan
asarlar:
Hamza she’rlari.
Saida Zunnunova. “Mening Vatanim!” she’ri.
Shuhrat. “Mardlik afsonasi” asari.
Rasul Hamzatov. “Ona tilim” she’ri.
Dostları ilə paylaş: