Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Shoirning
hozirgi qoraqalpoq she’riyatida tutgan o‘rni.
“Qadrdon so‘qmoqlar” she’rida kindik qoni to‘kilgan qishloqqa bo‘lgan
mehr-muhabbatning ifodalanishi. Vatanga bo‘lgan muhabbatning qadrdon
xonadon, qadrdon so‘qmoqlarga bo‘lgan muhabbatdan boshlanishi. She’rda lirik
tuyg‘uning mohirona ifodalanganligi.
Nizomiy Ganjaviy. Ruboiylar. ( A2+: 3 soat)
Nizomiy Ganjaviy hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot. Adib
ruboiylarida hayot haqiqatlari, yuksak insoniy fazilatlar talqini. “Umrimizku shom-
u xufton orasi”, “Adolat farzandi zafardir, zafar”, “Ne gaplar bor, qaytarishga
chidamaydi bet”
ruboiylari tahlili.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish
):
A2
o‘rganilgan asarlar asosidagi audiomatn va videotasvirlarni ko‘rib, tinglab
tushuna oladi;
nasriy va she’riy asarni ifodali o‘qiy oladi;
ularning mazmun-mohiyatini tushuna oladi;
badiiy asar syujetini qayta hikoya qila oladi;
turli janr va hajmdagi 4-5 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan
ifodali ayta oladi;
asar qahramonlariga tavsif, insho (3-4 sahifa) yoza oladi.
A2+
maktab kutubxonasidan mustaqil foydalana oladi, tanlab mutolaa qilgan
asardagi voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:
A2
o‘rganilgan asarda tasvirlangan voqea-hodisalar, obrazlar tizimini o‘zgalarga
tushuntirib bera oladi.
A2+
monologik va dialogik nutqlarni ifodali o‘qiy oladi;
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z
bilan ifodalab bera oladi.
Dostları ilə paylaş: