(2 soat, A2+: 3 soat) Nazorat ishi: Test. (1 soat) Takrorlash: (1 soat) Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2 soat) 25-26-mavzu. Uvaysiy. “Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman”, “Sog‘indim” g‘azallari, “Anor”, “Yong‘oq”, “Kun va tun” chistonlari. (2 soat) Shoiraning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. “Mehnatu alamlarga
mubtalo Uvaysiyman” g‘azalida ijtimoiy hayot hodisalaridan norozilik, ularga
nisbatan ko‘ngildagi iztirob va kechinmalarning ta’sirli aks ettirilishi. “Sog‘indim”
g‘azalida farzandi yo‘liga ko‘z tikkan ona tuyg‘ularining aks etishi.
Shoiraning “Anor”, “Yong‘oq”, “Kun va tun” chistonlari hamda ularning
o‘ziga xos badiiy xususiyatlari.
Nazariy ma’lumot: Chiston , qofiya va radif haqida tushuncha. 27-28-mavzu. Zavqiy. “Ajab ermas” g‘azali, “Ahli rasta” hajviyasi. (2 soat) Shoir haqida qisqacha ma’lumot. “Ajab ermas” g‘azalida kelajakka ishonch,
yaxshi kunlarga umid tuyg‘usining aks etishi. “Ahli rasta” hajviyasida davr
odamlaridagi illatli sifatlarning aks etishi. Asarlarning joziba va ta’sirchanligi.
29-30-mavzu. Maxtumquli. She’rlar. (2 soat) Maxtumquli hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Maxtumquli ijodining
barcha turkiy xalqlar uchun ham aziz va mo‘tabar ekanligi. Shoir she’rlarida
ma’naviy-axloqiy mavzularning ustuvorligi.
“Adolat yaxshi” va shu turkumdagi she’rlarning tahlili. She’rlarda
umuminsoniy g‘oyaning ilgari surilgani. Maxtumquli she’rlariga xos badiiy
81
xususiyatlar. Ularning ma’rifiy-tarbiyaviy hamda badiiy ahamiyati.
“Aytishuv” she’rida dialog shaklining namoyon bo‘lishi, personajlarning
topqirlik, adolat, inson taqdiri haqidagi qarashlarining o‘ziga xos ifodasi.