Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


Shota Rustaveli. “Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon” dostonidan



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

Shota Rustaveli. “Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon” dostonidan 
parcha. (A2+: 4 soat) 
Dostonda umumbashariy g‘oyalarning yuksak badiiy tarzda ifoda etilgani. 
Asarda chin insoniylik, sadoqat, mardlik singari insoniy fazilatlarning ulug‘lanishi. 
“Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon” dostoni – jahon adabiyotining eng go‘zal 
namunalaridan biri sifatida. 
 
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan 
asarlar: 
“Ravshan” dostoni.
Alisher Navoiy. “Mehr va Suhayl” hikoyasi. 
Uvaysiy. G‘azal va chistonlar.
Zavqiy. G‘azallar.
Maxtumquli. She’rlar. 
 
IV. 
YANGI DAVR NAFASI 
(18 soat, A2+: 13 soat) 
 
31-33-mavzu. Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon” romani. (3 soat, 
A2+: 5 soat) 
Adib haqida qisqacha ma’lumot. Romanning “Qo‘rqinch bir jasorat” bobida 
mardlik va nomardlik, tantilik va pastkashlik o‘rtasidagi to‘qnashuvning keskin 
dramatik vaziyatlarda ko‘rsatilishi. Anvar tabiatiga xos mardlik, halollik, 
tantilikning Xudoyorxon va Abdurahmon xarakteridagi fosiqlik, adolatsizlik, 
zo‘ravonlik kabi xislatlarga qarshi qo‘yilishi. Anvar va Ra’no timsollarining o‘ziga 
xosligi . 
Yozuvchining obrazlar tilini individuallashtirish mahorati. Asar yechimining 
mantiqiy asoslanganligi. Qobilboy, Safar bo‘zchi singari timsollarning o‘ziga xos 
jihatlari tasviri. Asarning to‘liq o‘qilishiga erishish. 
34-36-mavzu. Cho‘lpon. “Binafsha”, “Go‘zal”, “Ko‘ngil”, “Xalq”, 
“Buzilgan o‘lkaga” she’rlari. (3 soat)
Shoir hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. “Go‘zal” she’rida go‘zallik 
qoshida lol qolgan inson ruhiyati po‘rtanalarining, oy, quyosh, yulduz, shamol 
obrazlarida oshiq taqdirining ta’sirchan ko‘rsatilishi. “Binafsha” she’rida binafsha 
obrazida inson qismatining aks ettirilishi. Mazkur she’rlarda ifodalash mushkul 
bo‘lgan nozik hissiyotlarning aniq tasvir etilganligi. Shoir she’rlarida lirik 
82 


qahramon holatiga mos tasvir usuli va vositalarining qo‘llanishi. Cho‘lponning 
so‘z va poetik obrazni yaratish mahorati .
“Xalq” va “Ko‘ngil” she’rlarida Cho‘lpon shaxsiyati va dunyoqarashiga xos 
belgilarning namoyon bo‘lishi
Nazariy ma’lumot. Ko‘chim. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin