tasvirlash mahorati. “Toshbu” she’rida o‘zbek ayollariga xos yuksak ma’naviy-
axloqiy fazilatlarning yorqin va ta’sirchan aks ettirilishi. “Men tug‘ilgan tuproq”
she’rida ona yurt obrazining yaratilishi. She’rning samimiyligi va ta’sirchanligini
ta’minlaydigan badiiy omillar. Mirtemirning tasvirlash san’ati. Uning she’riyatiga
xos
soddalik, samimiylik va rostgo‘ylik.
Nazariy ma’lumot. Tabiat lirikasi haqida.
43-44-mavzu. Xayriddin Saloh. “Yulduzlar afsonasi” asari. (2 soat, A2+:
4 soat)
Xayriddin Salohning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. “Yulduzlar
afsonasi” asarining o‘zbek xalq afsonalari ruhida yaratilganligi. Asarda tilga
olingan samoviy jismlarning inson hayoti va xayolot olami bilan bog‘liqligi.
Hulkar va Yetti qaroqchi obrazlari. Yerdagi odamlar o‘rtasidagi ziddiyatlar,
kurashlar va kelishmovchiliklarning asardagi ramziy tasviri. Asarda tasvirlangan
voqealarning aniq va ta’sirchan ifodalanganligi. Asarning badiiy xususiyatlari.
Nazariy ma’lumot.
Ballada.
45-48-mavzu.
E. S. Tompson. “Yovvoyi yo‘rg‘a” hikoyasi. (4 soat, A2+: 5
soat)
Adib hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Uning
qalamiga mansub
“Yovvoyi yo‘rg‘a” asarining ko‘plab tillarga tarjima etilgani
va katta shuhrat
qozongani. Asarda erkinlik, hurlik tuyg‘usining ulug‘lanishi. Ozodlikning
o‘limdan kuchli ekanligi tasviri.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Dostları ilə paylaş: