Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan 
asarlar: 
Abdulla Qahhor. Hikoyalar. 
Odil Yoqubov. Hikoyalar. 
Erkin Vohidov. “O‘zbegim” qasidasi. 
O‘tkir Hoshimov. Hikoyalar. 
Said Ahmad. Hikoyalar. 
Musa Jalil. She’rlar. 
 
III. SO‘ZDA HIKMAT BOR 
(10 soat, A2+:9 soat ) 
 
28-mavzu. Xalq qo‘shiqlari. (1 soat, A2+: 2 soat) 
Qo‘shiq xalq og‘zaki ijodining keng tarqalgan janrlaridan biri sifatida. 
Ularning turlari. Lirik qo‘shiqlarda inson his-tuyg‘ularining ifodalanishi. Mavsum 
qo‘shiqlarida xalqimiz e’tiqodiy qarashlarining, shuningdek, bolalarning yil 
fasllariga bo‘lgan munosabatlarining kuylanishi (“Boychechak” va boshqalar).
71 


Nazariy ma’lumot. Xalq qo‘shiqlari. 
29-31-mavzu. Alisher Navoiy. Hikoyatlar. (3 soat, A2+: 4 soat) 
Navoiy hikmatli so‘zlarining mazmun-mohiyati, umrboqiyligi.
“Mahbub ul-qulub” - hayotiy hikmatlar majmuasi sifatida. “Saxovat va 
himmat bobida”, “Hilm zikrida”, “Safar manofii zikrida” qismlaridagi ilm va 
hunar, yaxshilik, insoniylik, rostgo‘ylik va yolg‘onchilik, sabr va qanoat, mehr, 
vafo, insoniylik haqidagi hikmatlarning o‘ziga xosliklari. Ularning xalq 
maqollariga yaqinligi, ulardan farqi. Bu hikmatlarning ma’naviy-axloqiy, ta’limiy, 
tarbiyaviy va badiiy ahamiyati, hikmatlarda hayotiy hodisalarning qisqa, ixcham, 
lo‘nda va ta’sirchan ifodalangani. Ulardagi badiiy tasvir vositalari.
32-33-mavzu. Muhammadsharif Gulxaniy. “Zarbulmasal”.(2 soat, A2+: 
4 soat) 
Gulxaniyning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
“Maymun bilan najjor” hikoyati, undagi majoziy obrazlar talqini. Maymun – 
uquvsizlik timsoli. Uning tasviridagi yumoristik ohang. Hikoyada tabiat tasvirining 
o‘rni. 
“Toshbaqa bilan chayon” hikoyatida ezgulik va yomonlik tasviri. Yomonlik 
ijtimoiy-ma’naviy illat sifatida. Masalda dialoglarning o‘rni. Masalning badiiy 
xususiyatlari.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin