Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


-17-mavzu. Abdulla Qahhor. “Bemor”. (2 soat)



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

16-17-mavzu. Abdulla Qahhor. “Bemor”. (2 soat) 
Adib hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsia. 
Hikoyachilikda Abdulla Qahhor badiiy mahoratining namoyon bo‘lishi. 
“Bemor” asarining adib hikoyachiligida tutgan o‘rni. Uning badiiy xususiyatlari. 
Hikoya ohangi. Asardagi Sotiboldi, bemor va qizcha obrazlari.
“Bemor” ilojsizlik, qashshoqlik insonni qanchalar xo‘rlashi mumkinligini 
badiiy ifodalagan asar sifatida. Bemor obrazida mehribon onaga xos 
xususiyatlarning ta’sirli aks ettirilganligi.
69 


18-19-mavzu. Odil Yoqubov. “Muzqaymoq” hikoyasi. (2 soat) 
Adib hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsia. 
“Muzqaymoq” hikoyasida yolg‘on e’tiqod tufayli bola ruhiyatida ro‘y bergan 
ma’naviy o‘zgarishlarning haqqoniy aks ettirilganligi. Noto‘g‘ri e’tiqod, ko‘r-
ko‘rona siyosiy aqidaparastlik, do‘stdan dushman, halol odamdan tuhmatchi 
yasashi mumkinligining hikoyada ishonarli tasvir etilganligi. Hikoyachi xotirasida 
chuqur iz qoldirgan bolalik davri fojialarining ko‘rsatilishi. Bolaning nog‘oralar 
marshini eshitgandagi holatining mahorat bilan ko‘rsatilganligi. Hikoyada odam 
tuyg‘ularini biryoqlama tushunish va tushuntirish mumkin emasligining aks 
etganligi.
20-22-mavzu. Erkin Vohidov. “O‘zbegim”. (3 soat, A2+:5)
E. Vohidov hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot.
“O‘zbegim” qasidasi ko‘p asrlik o‘zbek xalqi tarixining o‘ziga xos poetik 
ifodasi va badiiy talqini sifatida. She’rda o‘zbek millatiga mansublikdan iftixor 
tuyg‘ularining samimiy tasvirlanganligi. Qasidaning milliy o‘zlikni anglashdagi
xalq milliy tafakkurining shakllanishidagi ahamiyati. 
 23-24-mavzu. O‘tkir Hoshimov. “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasi.
(2 soat, A2+:3) 
O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Asarda qiyinchilik inson ma’naviyatini sinovdan o‘tkazish vositasi ekanining 
ko‘rsatilganligi. Hikoyada urush yillarining haqqoniy tasvirlanganligi. Yo‘qchilik 
bolani onadan, og‘ani inidan sovutganligining asarda ta’sirchan ifodalanganligi. 
Asl odam har qanday sharoitda ham ma’naviy pokligicha qolishi. Hikoyadagi 
Shoikrom, Shone’mat, Xadicha hamda Umri xola obrazlariga xos xususiyatlarning 
yorqin aks etganligi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin