O’ZBEKISTON MASHINASOZLIK SANOATI MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA 2 1.1-jadval 14 1.3-jadval 22 1.4.-jadval 23 1.5.-jadval 24 O’zbekistonda mashinasozlik sanoatining hududiy tuzilishining o’zgarishi 24 2.1.-jadval 32
O’ZBEKISTON MASHINASOZLIK SANOATI
MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA 1.Mashinasozlik sanoatidagi tanglik vaziyat O’zbekistonda mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr boshlarida vujudga keldi. 20-asr boshida O’zbekistonda metallga ishlov berish sanoati 14 ta kichik ta’mirlash ustaxonalaridan iborat edi. Ularda, asosan temir yo’l, paxta tozalash va yog’ zavodlarining ta’mirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat mahsuloti umumiy hajmida og’ir sanoat va metallga ishlov berish tarmog’ining xissasi 1,3% ni tashkil etgan. 1900 yilda Toshkentda tashkil etilgan metallga ishlov beruvchi Bosh temir yo’l ustaxonalari o’sha davrning yirik korxonalaridan edi. 1920- yillardan qishloq ho’jaligi, sanoat va transportni rivojlantirish zarurati bilan mavjud ta’mirlash korxonalari kengaytirildi, yangilari qurila boshladi. 1927 yil noyabrda Toshkentda «Boshpaxtasanoat»ning mexanika zavodi ishga tushirildi. 1931 yilda bu zavod negizida paxta tozalash zavodlari uchun asbob-uskunalar ishlab chiqarish va qishloq ho’jaligi texnikasi ta’miri bilan shug’ullanadigan
«Qishloqmash»-hozir «Toshqishloqmash» — «Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodi» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 3avodda g’o’za seyalkalari, borona va kultivatorlar tayyorlash yo’lga quyildi. 1932 yilda Toshkentda ekskavator ta’mirlash zavodi - «Irmash»; 1920 yillar oxirida Andijonda «Kommunar». Samarqandda «Kolxozchi», Qo’qonda «Bolshevik» zavodlari va boshqalar korxonalar ishga tushirildi. 1920 yil mexanika ustaxonalari hamda cho’yan zavodi negizida Toshkentda Turkiston zavodi tashkil etildi (1959 yildan bu zavod Mashinasozlik bo’yicha davlat loyiha konstrukombinatorlik texnologiya byurosi, 1976 yildan «Texnolog» ishlab chiqarish birlashmasi deb nomlandi). I 1941-45 yillardagi urush davrida respublikada 16 mashinasozlik zavodi ishga tushirildi. Sanoatning tarmoq tarkibi o’zgardi. Urush davrida ishga tushirilgan mashinasozlik korxonalari front extiyojlari uchun qurol-yarog’, o’qdorilar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqardi. 1945 yildan keyin paxtachilik va irrigasiya qurilishi mashinalari ishlab chiqarish tiklandi, to’qimachilik, kimyo va xalq xo’jaligining boshqa tarmoklari uchun yangi jihozlar ishlab chiqarish boshlandi. Paxta terish mashinalari, ekskavatorlar, ko’prik elektr kranlari, yigirish mashinalari ishlab chiqarish o’zlashtirildi, korxonalarning ixtisoslashuvi va kooperasiyasi rivojlandi. 60-70 yillarda respublika mashinasozligida teran sifat o’zgarishlari yuz berdi, ishlab chiqarish quvvatlari o’sdi, juda ko’p yangi mashina va mexanizmlarni ishlab chiqarish o’zlashtirildi. 1970 yilda sanoat mahsulotining umumiy hajmida mashinasozlik sanoatining hissasi 15,9% ga yetkazildi. Bu daraja deyarli keyingi 40 yil davomida saqlanib kelmoqda (1990 yilda 16%, 2000 yilda 11,1%, 2010 yilda 14,0%). II Respublika mustaqilligi e’lon qilinishiga qadar mashinasozlik sanoatining deyarli barcha korxonalari markazga — sobiq SSR traktorsozlik va qishloq xo’jaligi mashinasozligi, Yengil va oziq-ovqat sanoati hamda ro’zg’or buyumlari mashinasozligi, Mudofa sanoati, Aviasiya va avtomobilsozlik mashinasozligi vazirliklari ixtiyorida edi. 1991 yil oktyabrdan mashinasozlik sanoati korxonalari boshqaruvini shakllantirishda tarmoqlar bo’iicha konsernlar tashkil etildi. 1994 yilda davlat konsernlari ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, korporasiyalariga aylantirildi. O’zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi («O’zavtosanoat») avtomobilsozlik sanoati va unga texnika xizmati ko’rsatish sohalariga, O’zbekiston radioelektronika, elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi («O’zeltexsanoat») elektrotexnika, radiotexnika sanoati sohalariga, «O’zqishloq- xo’jalikmashxolding» kompaniyasi qishloq ho’jaligi mashinasozligi korxonalariga rahbarlik qiladi. Mashinasozlik sanoati 20 ga yaqin tarmoqqa mansub 100 dan ortiq yirik korxonalardan iborat. Ulaming orasida avtomobilsozlik, traktorsozlik va qishloq ho’jaligi mashinasozligi, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, samolyotsozlik, elektrotexnika sanoatining salmog’i katta. 1960 yilda respublika mashinasozligida 22 nomdagi asosiy mashina, mexanizm va asboblar ishlab chiqarilgan, bu ko’rsatkich 1970 yilda — 29, 1980 yilda 39 ni tashkil etdi. 2010 yilga kelib 200 dan ortiq qishloq ho’jaligi texnikasi turi yaratildi, 140 turdagi qishloq ho’jaligi texnikasini ishlab chiqarishga erishildi. Ayni paytda respublika iqtisodiyoti uchun yangi bo’lgan avtomobilsozlik, motorsozlik, radio, elektronika kabi sanoat tarmoqlari barpo etildi.
Traktorsozlik va qishloq xo’jaligi mashinasozligi Respublika mashinasozligida ishlab chiqariladigan jami mahsulotning qariyb 20% shu tarmoq hissasiga to’g’ri keladi. 90-yil boshigacha tarmoqning ko’pgina mahsulotlari sobiq Ittifoq ahamiyatiga ega bo’lgan, paxta terish mashinalari, g’o’za seyalkalari, paxtachilikka moslashtirilgan chopiq traktorlari, traktor tirkamalarining asosiy qismi O’zbekistonda ishlab chiqarilgan. 30-yil boshida paxtachilikda ishlatiladigan ekish va yerga ishlov berish mashinalari, paxta tozalash zavodlari uchun texnologik va boshqa jihozlar O’rta Osiyoda yagona «Boshpaxtasanoat»ning mexanika zavodida tayyorlangan. 20-asrning 90-yillari oxiriga kelib traktorsozlik va qishloq ho’jaligi mashinasozligi tarmog’ida 20 dan ortiq korxona, 5 ta qo’shma korxona, 1 unitar korxona va boshqa faoliyat ko’rsatdi. 1996 yil qishloq ho’jaligi mashinalarini yaratish va ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan O’zbekiston qishloq ho’jaligi mashinasozligi xolding kompaniyasi («O’zqishloq- xo’jalikmashxolding») tashkil etildi. Bu tarmoqda paxtachilik traktorlari, dizel dvigatellar, traktor tirkamalari, paxtachilik texnikasi kompleksi, bog’dorchilik va tokchilik mashinalari. qishloq ho’jaligi mashinalari reduktorlari, chorvachilik uchun ozuqa tayyorlaydigan mashinalar, ehtiyot qismlar va hokazolar ishlab chiqariladi.
90-yillar boshida quvvati 30 ot kuchi bo’lgan TTZ30 traktori va unga moslangan qishloq ho’jaligi mashinalari va qurollari majmui yaratildi. 1994 yilda «Toshkent traktor zavodi» aksiyadorlik jamiyatida dizel dvigatelli TT-Z80/100
universalchopiq traktorlari sinovdan o’tkazildi. O’sha yili yangi TTZ-80-X traktorlarining yirik sanoat partiyalari ishlab chiqarildi. Keyingi yillarda respublikada g’alla ekinlari maydonining keskin ortishi bilan bu ekinlar uchun zarur qishloq ho’jaligi mashinalari va qurollarini ishlab chiqarish bo’yicha jadal ish olib borildi. Traktorsozlikning yirik korxonasi «Toshkent traktor zavodi» (1942) aksiyadorlik jamiyati paxtachilik traktorlari, universal chopiq traktorlari, kichik traktorlar, traktor tirkamalari ishlab chiqaradi. 1969 yildan T28X4 markali traktorlar ishlab chiqarila boshladi. 1970-80 yillarda zavod rekonstruksiya qilinib, TTZ-80-X traktorlari va traktor tirkamalarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. «Toshkent traktor zavodi» tarkibida quyuv zavodi bor. «Agregat zavodi» aksiyadorlik jamiyati purkagichlar, changitgichlar, g’o’zapoya o’rgich, yemxashak o’rish texnikasi, rotasion boronalar, kartoshka seyalkalari, reduktorlar, traktor va paxta terish mashinalarining uzel va agregatlarini ishlab chiqaradi. Bu zavod 1955 yil Toshkent mashinasozlik zavodi tarzida tashkil etilgan. 1957 yil Toshkent irrigasiya mashinasozligi zavodiga aylantirildi, 1960-1972 yillarda O’zbekiston traktor yig’uv zavodi, 1972 yildan Toshkent agregat zavodi, 1994 yildan hozir nomda. 1994 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan «Motor zavodi» aksiyadorlik jamiyatida dvigatellar, ehtiyot qismlar tayyorlanadi1.
Qishloq xo’jaligi mashinasozligi tarmog’ida 1931 yil «Toshqishloqmash» zavodining 1-navbati ishga tushirilgan. Hozir «Toshqishloqmash» aksiyadorlik jamiyatida paxta terish mashinalari, kultivatorlar, yem-xashak yig’ishtirish texnikasi, kartoshka kavlagichlar, gidrosilindrlar ishlab chiqarila boshladi. Tarmoqdagi yirik korxonalardan biri «O’zbekqishloqmash» (1942) aksiyadorlik jamiyatida g’o’za va don seyalkalari, ko’sak chuvish mashinalari, rotorli o’rim mashinalari, TTZ-30 traktoriga tirkab va osib ishlatiladigan mashinalar, mineral o’g’it sochgichlar ishlab chiqariladi. Qishloq ho’jaligida keng qo’llanadigan kultivatorlar, chizelkultivatorlar, o’g’it solgichlar, ariq qazgichtekislagichlar, ko’rak terish mashinalari, pluglar, g’o’zani chopish moslamalari, qatqaloq yumshatgichlar va boshqalar mahsulotlar
9
«Chirchiqqishloqmash» (1942) aksiyadorlik jamiyatining asosiy mahsulotlaridir. Bog’dorchilik, tokchilik, o’rmonchilik va polizchilikda foydalaniladigan mashina va moslamalar, puluglar «O’zbekiston bog’dorchilik mashinasozligi zavodi» (1967) aksiyadorlik jamiyatida va «Namanganqishloqmash» korxonasi (mas’uliyati cheklangan jamiyat) da ishlab chiqariladi. Chorvachilikning yemxashak bazasini mexanizasiyalashga imkon beradigan bir necha korxonalar bor.
«Urganchozuqamash» zavodi (1987) osma traktor o’rish mashinalari, traktor xaskashlari, sholi o’rish mashinalari, «Buxoro ixtisoslashtirilgan tajriba zavodi» g’o’zapoya yulgichlar, «Uzun ixtisoslashtirilgan zavodi» ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shuningdek, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «Intermash» korxonasida meliorativ mashinalar ishlab chiqariladi. «Urganch ekskavator zavodi» aksiyadorlik jamiyati 1990 yildan EO-411 rusumli ekskavatorlar ishlab chiqaradi. Korxonada ishlab chiqarilgan har xil rusumdagi ekskavatorlar meliorasiya, qurilish ishlarida keng qo’llaniladi. Korxonada 2001 yildan MZET 400/ 20 zemsnaryadlari ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Rossiyadagi ekskavator korxonalari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan. 1997-2001 yillarda eng yangi texnologiyalar asosida unumdorligi yuqori qishloq ho’jaligi mashinalari ishlab chiqaradigan qo’shma korxonalar tashkil etildi. AQSh ning «Keys korporeyshn» kompaniyasi bilan hamkorlikda «O’zKeysmash» (1997; paxta terish mashinalari, chigit seyalkalari, ekskavatorlar), «O’z-Keystraktor» (1997; traktorlar, pluglar), «O’z-Keysservis» (1998; qishloq ho’jaligi texnikasiga servis xizmatlari), «Agrixim» (1998; purkagichlar, changitgichlar), «O’z-Rosdizel» (2001; dvigatellar, ehtiyot qismlar), «Favvora» (1997; suv nasoslari) qo’shma korxonalari faoliyat qo’rsatadi. Tarmoqda «Texnolog» (1959), «Agromash Bosh ixtisoslashtirilgan konstuktorlik byurosi» («BMKBAgromash») aksiyadorlik jamiyatlarida ilmiy texnika mahsulotlari, texnikaning tajriba namunalari yaratiladi.
«O’zqishloqxo’jalikmashxolding» kompaniyasi tarkibiga kiradigan «O’zpaxtamash» aksiyadorlik jamiyatida (sobiq Toshkent mashinasozlik zavodi, 1947 yilda jamlangan. Tarmokdagi yirik korxonalardan bin Andijondagi «Tojmetall» aksiyadorlik jamiyatidir. Asosiy mahsulotlari — paxta tayyorlash punktlari, paxta tozalash zavodlari uchun texnologik qurilmalar (paxtani tayyorlash, quritish, tozalash, saklashda qo’llaniladigan mashinalar va mexanizmlar), arrali va jo’vali (valikli) jin mashinalari, linterlar, tola tozalagichlar, chigit saralash va tozalash mashinalari, transportyorlar, paxta g’aram buzgichlari, paxta uzatkichlar, tunnel ochish mashinalari, paxta g’aramlarini shamollatish va chang tutish mashinalari, shuningdek, kanopni qayta ishlash mashina va qurilmalari (jami 50 nomdan ortiq). Tarmoqdagi bosh korxona — Toshkent mashinasozlik zavodi 1947 yilda ishga tushirilgan. 3avod 1951 yildan paxta tozalash sanoati uchun texnologik uskuna-jihozlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi («Toshpaxtamash-2»). 1957 yilda «O’zbekpaxtamash» nomini oldi, 1968-yilga kelib zavod negizida «Soyuzxlopkomash» birlashmasi tashkil etildi. 1953-yilda Toshkent davlat maxsus paxta tozalash uskunalari konstuktorlik byurosi (2003 yildan Toshkent «Paxtajin KB» aksiyadorlik jamiyati) tashkil etildi. 1975-78 yillarda paxtani qayta ishlash bo’yicha potok liniyalari ishlab chiqarildi va paxta tozalash sanoatida joriy qilindi. «Mexnat» paxta tozalagichi, «Zafar» va «Paxtakor» tola tozalagichlari, «G’ayrat» arrali tola ajratish (jin) mashinalari Plovdiv, Zagreb, Moskva, Qohira, Saloniki, Tehron xalqaro ko’rgazmalarida namoyish etilgan va oltin, kumush medallar sovrindori bo’lgan.
O’zbekistonda mashinasozlik sanoatining muhim tarmog’i hisoblangan avtomobilsozlik-avtomobillar, avtomobillarga ehtiyot qismlar, turli jihozlar va boshqa asboblar ishlab chiqarish respublika mustaqillikka erishganidan keyin shakllana boshladi. 1990 yillarga qadar respublikada avtomobilsozlik sanoati yo’q edi. O’zbekistondagi bir necha avtomobil ta’mirlash zavodlari (Toshkent avtota’mirlash zavodi 1939 yilda ishga tushirilgan). Yengil mashinalarga texnika xizmati ko’rsatadigan «O’zavtotexxlzmat». «O’zavto-VAZ-xizmat» ishlab chiqarish birlashmalari korxonalar, tashkilotlar va aholining avtomobillariga texnika xizmati kursatib kelgan. 1994 yil martda O’zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi («O’zavtomash» uyushmasi) tashkil etildi (2003 yil dekabrdan aksiyadorlik kompaniyasi). Avtomobilsozlik sanoati sohasida ishlab turgan va yangi qurilayotgan zavodlar negizida avtomobil industriyasini barpo etish, yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, trolleybuslar hamda ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, servis xizmatini yo’lga qo’yish, respublika xalq xo’jaligining avtotransport texnikasiga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, avtomobil sanoatining raqobatbardosh mahsulotlari bilanjahon bozoriga chiqish vazifalari hal etiddi. Ishga tushirilgan korxonalarda ishlab chiqarish siklini shakllantirish dastlab avtomobillari yetkazib berilgan qism va agregatlarni yig’ishdan ularni shu korxonalarda tayyorlash va yigash sikliga bosqichma-bosqich to’liq o’tish yo’li bilan olib borildi. 1992 yil Janubiy Koreyaning DAEWOO korporasiyasi bilan Asaka paxta tashiydigan tirkamalar zavodi negizida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan «O’zavod-DAEWOO avto», 1995 yilda Turkiyaning «Koch xolding» kompaniyasi bilan Samarqand shahrida 35-45 o’rinli o’rta hajmli avtobuslar, turli maqsadlardagi yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan «SamKochavto» qo’shma korxonalar barpo etildi. 1994 yildan qurila boshlagan «O’zavod-DAEWOO avto» qo’shma korxona avtomobil zavodining rasmiy ochilishi va halqaro taqdimoti 1996 yil 19 iyulda o’tkazildi. 1996 yil 25 martdan «Damas» miniavtobuslari, iyul oyidan o’ta kichik klassli «Tiko» yengil avtomobillari, iyul oyidan «Neksiya», 2001 yildan «Matiz», 2003 yildan «Lasetti» rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarila boshladi. Korxonaning to’liq loyiha quvvati bir yilda 200 ming dona turli model va markadagi avtomobillar. Korxona ishga tushganidan beri 2010 yil 1 yanvarga «SamKochavto» qo’shma korxonasida o’rta hajmli avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqariladi. Korxona 1999 yil mart oyida ishga tushirilgan. Korxonada yiliga 4000 dona avtobus va 1000 dona yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan quvvatlar yaratilgan.
Radioelektronika, elektrotexnika mashinasozlikning muhim tarmog’i bo’lib, u 1941-45 yillarda shakllandi. Jumladan, Toshkent kabel zavodi (hozir «O’zkabel» davlat aksiyadorlik jamiyati) 1942 yildan aloqa dala simlari ishlab chiqara boshladi. Toshkent radiolampa zavodi (hozir «Foton» aksiyadorlik jamiyati bosh korxonasi — Elektron texnika zavodi) 1942 yildan generatorlar,qabul qiluvchi va kuchaytiruvchi radiolampalar ishlab chiqardi. Chirchiq transformator zavodi 1942 yilda ishga tushirildi. O’rta Osiyodagi eng yirik Toshkent elektrotexnika zavodi («O’zelektrapparat» aksiyadorlik jamiyati) 1941 yil oxiridan maxsulot bera boshladi. Toshkentda 1948 yil ishga tushirilgan «Mikond» zavodi («Oniks» aksiyadorlik jamiyati) radiodetallar, elektrotexnika sanoati uchun shisha izolyatorlar ishlab chiqardi. 1955 yildan elektrotexnika sanoati respublikada mashinasozlik sanoatining yetakchi tarmog’i tarzida shakllandi. 1970 yillar oxiriga kelib respublikada 10 dan ortiq elektrotexnika zavodlari ishladi. 1982 yil EHM ishlab chiqaradigan «Algoritm» zavodiga asos solindi (1996 yildan aksiyadorlik jamiyati). 1986 yilda EHM uchun mikroelektronika elementlari, mikrosxemalar, masofadan turib boshqarish sistemalari va boshqalar ishlab chiqaradigan «Zenit» zavodi (Toshkent shahri) ishga tushiriddi. 1990 yil Oktyabrda respublikadagi radioelektronika, elektrotexnika sanoati sohasidagi ilmiy ishlab chiqarish, ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarini birlashtirgan «Radioelektrontexasbob» respublika davlat konserni tashkil etdi. 1994 yil yanvarda konsern O’zbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasi («O’zeltexsanoat») ga aylantariddi. Uyushma tarkibida 31 dan ortiq korxona va tashkilotlar (46 mingdan ortiq ishchixizmatchi), jumladan «O’zkabel» qo’shma korxona aksiyadorlik jamiyati, «Foton», «O’zelektrapparat», «Andijon elektrodvigatel» (1961), «Oniks» (Toshkent), «Algoritm» aksiyadorlik jamiyatlari, Chirchiqdagi «Transformator» va boshqa yirik korxonalar borI.
«Doyche Kabel’ AG Toshkent» (Toshkentdagi «Elektrosignal» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida 1998 yilda tashkil etilgan) maxsus maqsadlardagi kabel va o’tkazgich simlar ishlab chiqaradi. «Motorola» kompaniyasi bilan hamkorlikdagi «UMT-radio» (teleradio kommunikasiya vositalari, sanoat va aerokosmik industriya uchun jihozlar ishlab chiqaradi, 1999 yilda tashkil etilgan), «Spektr» (O’zbekiston Rossiya qo’shma korxonasi; eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi kabel mahsulotlari, 1991) qo’shmakorxonalarida eng zamonaviy eksportbop mahsulotlar ishlab chiqariladi. Uyushma tarkibida Toshkent mikroelektronika i. t. inti, «Foton» tajriba konstruktorlik byurosi, «Kvark» ilmiy ishlab chiqarish majmuida i. t. va tajriba konstruktorlik ishlari olib boriladi. Respublika elektrotexnika, radioelektronika korxonalarida elektron komponentlar (to’g’rilovchi ustunlar, diodlar, dala t-ranzistorlari, rezistorlar, kondensatorlar), mikroelektron tuzilmalar (integral mikrosxemalar), elektret mikrofonlar, kuchlanish kuchaytirgichlari, oq-qora va rangli televizorlar uchun SPLITT-ransformatorlar, kichik voltli asboblar, turli maqsadlarga mo’ljallangan kabel mahsulotlari va simlar, o’zgaruvchan tok elektrodvigatellari, transformatorlar, payvandlash mashinalari, elektr akkumulyatorlari, rangli televizorlar, pleyerlar, radiopriyomniklar, elektr o’lchagichlari, tabiiy gaz o’lchagichlari, billur idishlar va qandillar, keramika buyumlari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Tarmoqda ishlab chiqarilgan 100 dan ortiq nomdagi mahsulotlarning 80%, elektronika mahsulotlarining 90-95% Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog’iston va boshqa mamlakatlarga chiqariladi.
Asbobsozlik sanoati sohasida mashinasozlik uchun qirquv va o’lchov asboblari, slesarlik sozlash asboblari hamda moslamalari O’zbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasi («O’zeltexsanoat») tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Tarmoq mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi. Shuningdek, mashinasozlik sanoatining yirik korxonalarida maxsus asbobsozlik sexlari mavjud.
Kimyo va neft mashinasozligida eng yirik korxona O’zbekiston kimyo mashinasozligi zavodi («O’zbekkimyomash») 1941 yil Chirchiq shahrida qurilgan. 1941-45 yillarda front uchun mahsulot chiqarilgan. Urushdan keyingi yillarda zavodda kimyo, mikrobiologiya, sellyulozaqog’oz va boshqalar tarmoklar uchun jihozuskunalar ishlab chiqarish o’zlashtirildi, 1966 yildan zavod, asosan, kimyo mashinasozligiga ixtisoslashdi. 70-yillarning boshlarida zavodda quvur yig’ish, ammiak, ammiak selit-rasi va boshqalar o’g’itlar ishlab chiqarish uchun kuchli kompleks texnologik liniyalar ishlab chiqarish o’zlashtirildi. «O’zbekneftgazxolding» mitliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiradigan «O’zneftgazmash» kompaniyasyua (Chirchiq shahri) neftgaz va gazkimyo tarmoklari uchun mashinasozlik mahsulotlari nshlab chiqariladi. «Toshkent kompressor zavodi» aksiyadorlik jamiyati tarmoqdagi yirik korxonalardan biri. 3avod 1941 yil barpo qilingan. Kimyo va boshqalar sanoat tarmoqlarida ishlatiladigan kuchma kompressor stansiyalarining turli modellarini, moy va havo filtrlari, ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Namangan «Mexmash» aksiyadorlik jamiyatida nostandart qurilmalar, maxsus texnologik uskunalar, neft va gaz quduqlari uchun sanoat armaturalari, po’lat, titan qopqoklar, zanglamas surma qopqoklar ishlab chiqariladi. Korxona 1974 yilda «Namangan mexanizasiya va avtomatlashtirish vositalari mashinasozlik zavodi» nomi bilanishga tushirilgan.
Samolyotsozlik respublika mashinasozlikning muhim tarmog’i bo’lib, 1941 yili Toshkent shahrida korxona barpo etildi. Urush davrida jangovar samolyotlar ishlab chiqarilgan. Keyingi yillarda IL-14, 1958 yildan transport samolyotlari, 1966 yildan AN-22 samolyotlari tayyorlangan. 70-yillar boshlaridan turli modifikasiyadagi IL-76 transport samolyotlari ishlab chiqariladi. 90-yillarda ham uning asosiy mahsuloti IL-76 MF transport samolyotlari bo’ldi. 1992 yildan mahalliy havo yo’llarida qatnashga mo’ljallangan 64 o’rinli yangi IL-114 samolyotlarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. 3-dda AN-70, «Mariya», «Ruslan» samolyotlari qanotlari va boshqa qismlari tayyorlangan. 1972 yildan birlashmaga aylantirildi (Andijon va Farg’onadagi mexanika zavodlari bilan birga). 1996 yil may oyidan ochiq turdagi «V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi» davlat aksiyadorlik jamiyati.
Qurilish va yo’l mashinasozligi tarmog’ining korxonasi 1932 yili «O’zbekgidrostroy» tresti tomonidan irrigasiya mashina va mexanizmlari ta’mirlanadigan «Irmash» zavodi tashkil etish bilan boshlandi. 1935 yildan u O’rta Osiyo ekskavator remonti zavodiga aylantirildi. 1946 yildan Toshkent ekskavator zavodi o’sha yildan ekskavatorlar ishlab chiqara boshladi. 1954 yildan turli markadagi ekskavatorlar ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Tarmokdagi yirik korxonalardan biri «Pod’yomnik» (Toshkent shahri) birlashmasi (1976). Birlashmaning bosh korxonasi «Pod’yomnik» zavodida urushdan keyingi yillarda ko’tarma transport jihozlari ishlab chiqarish o’zlashtirildi. 1963 yildan zavod tamoman qayta jihozlangan. Ko’prik elektr kranlari, maxsus greyferli, magnit greyferli, magnitli, ko’p tirgakli osma kranlar, to’rt oyoqli kranlar ishlab chiqaradi. 1956 yilda Andijon mashinasozlik zavodi («Andijonirmash») ishga tushirildi, asosan yer tekislaydigan mashinalar, yuklagichlarning osma jihozlari, gidrosilindrlar, manipulyatorlar, vibropresslar va boshqalar irrigasiya texnikasi ishlab chiqaradi. «O’zqishloqxo’jalikmashxolding» xolding kompaniyasi tarkibiga kiradigan «Intermash» (1942) korxonasida meliorativ mashinalar, «O’z- Keysmash» (1997) qo’shma korxonasida ekskavatorlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Kommunal xo’jaligi mashinasozligi. Bu sanoat tarmog’ida «Samarqand liftsozlik zavodi» (1969) aksiyadorlik jamiyati ish olib boradi. «O’zeltexsanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. 3dda respublika xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlatiladigan passajir va yuk liftlari, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqariladi. 1990 yildan zavod negizida Rossiya va O’zbekiston qo’shma korxonasi- «Vostoklift» («Sharklift») tashkil etildi. 2006 yilda Germaniyaning «Knauf» kompaniyasi korxonaning 75% aksiyalarini sotib oldi. Korxona rekonstruksiyasi uchun 27 mln. AQSh dollari mikdorida investisiyalar kiritildi va uning yillik quvvati yiliga turli rusumdagi 2000 donadan ortiq lift va 120 ming t kir yuvish vositalari ishlab chiqarishga yetkazildi.
Madaniy-maishiy-ruzgor texnikasi mashinasozligi tarmog’ida Samarqand shahridagi «Sino» aksiyadorlik jamiyati xolodilniklar zavodi 1973 yilda ishga tushirilgan. Korxonada maishiy muzlatgichlar, sovitkichlar, kondisionerlar ishlab chiqariladi. 1974 yildan «Samarqand» ro’zg’or sovitkichlari ishlab chiqargan. 1991 yildan «Sino» rusumli ro’zg’or sovitkichlarini ishlab chiqarishni boshladi. 1995 yildan zavod Germaniyaning «Foron» firmasi bilan hamkorlikda turli sovitkichlar, kir yuvish mashinalari, kondisionerlar ishlab chiqarishni o’zlashtirdi. Samarqand kinoapparatlar zavodida («Kinap» aksiyadorlik jamiyati) turli markali kinoapparatlar, elektr kuch asboblari, universal kino va teatr ovoz texnikaapparatlari, stadion va sport inshootlari uchun elektr tablolar, tibbiyot jihozlari va boshqalar ishlab chiqariladi.I Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 aprelda qabul qilingan qaroriga binoan tashkil etilgan Toshkentdagi Turin politexnika universitetida yoshlar mashinasozlik texnologiyalari, avtomobilsozlik, sanoat va xo’jalik qurilishi, arxitektura va sanoat dizayni, sanoatda axborot-kommunikasiya texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, energetika fakultetlarida tahsil olmoqda. Shulardan ko’rinib turibdiki, avtomobilsozlik mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sanoatning yuqori texnologiyali boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga ham xizmat qilayotgani ko’rinib turibdi.