1. axborot va uning ahamiyati mavzular



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə1/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Kitob (Lotincha)


1. AXBOROT VA UNING AHAMIYATI
Mavzular:

  • Axborot tushunchasi;

  • Axborotlarni uzatish;

  • Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video;

  • Axborot birliklari, axborotning o‘lchov va hajm tushunchalari;

  • Axborotning jamiyatda va kundalik hayotimizda tutgan o‘rni;

  • Fayl tushunchasi va ularning turlari;

  • Fayllar ustida bajariladigan amallar;

  • Fayllarni konvertatsiya qilish;

  • Axborot resurslari va axborot tizimlari;

  • Axborotning salbiy va ijobiy ta’siri.

Axborot tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi 439-II son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan, axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.
Axborot keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagicha ta’riflar ham berish mumkin:
1. Dalil, voqea, xodisa, predmet, jarayon kabi ob’ektlar haqidagi bilim hamda tushunchalar yoki buyruqlar;
2. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, voqea, xodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob’ektlar haqidagi bilimlar majmui;
3. Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo‘lgan jami dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to‘lovlar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining er va fazo stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hokazolar axborot bo‘lishi mumkin.
Axborotlarni uzatish. Axborotni uzatish deganda ehtiyojdan kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida etkazib berish tushiniladi. Axborotlarni uzatishning turli xil usullari mavjud bo‘lib, ular kompyuter dasturlari yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog‘i orqali uzatish mumkin. Aloqa tarmog‘i orqali axborotlarni qisqa vaqt ichida uzoq masofaga uzatish mumkin. Bunda ma’lumotlarni uzatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi.


Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin