1. Dukkakli don ekinlarining umumiy tavsifi; Nо‘xat va kо‘k nо‘xat; Loviya va mosh



Yüklə 41,63 Kb.
səhifə1/6
tarix21.12.2023
ölçüsü41,63 Kb.
#187655
  1   2   3   4   5   6
4-маъруза


DUKKAKLI EKINLAR URUG‘LАRNI SАQLАSH VA DASTLABKI QAYTA ISHLASH JARAYONLARI

REJA:


1. Dukkakli don ekinlarining umumiy tavsifi;
2. Nо‘xat va kо‘k nо‘xat;
3. Loviya va mosh;
4. Vika, yasmiq, burchoq;
5. Lyupin va soya yetishtirish.

Dukkakli don ekinlariga dukkakdoshlar oilasiga mansub kо‘k nо‘xat, nо‘xat, soya, loviya, mosh, vika, yasmiq, burchoq, lyupin kiradi. Bu ekinlar doni, poyasi, barglari tarkibidagi oqsil miqdori kо‘pligi bilan belgilanadi. Bu ularning oziq-ovqatlik, yem-xashaklik qimmatini oshiradi. Bu dukkakli ekinlar donidan tashqari, poyasidan tо‘yimli pichan, silos, xashaki un tayyorlanadi. Poxoli tarkibida 8-15 % oqsil bо‘lib, bu g‘alla ekinlar poxolidan 3-5 marta ortiq.


Kо‘pchilik dukkakli ekinlar doni oziq-ovqat va yengil sanoatda qimmatli xom-ashyo hisoblanadi.
Dukkakli don ekinlari azot tо‘plovchi о‘simliklardir, tuganak bakteriyalari orqali dukkakli don о‘simliklari har gektar yerga 50-100 kg havodan azot tо‘plashi aniqlangan. Nо‘xat, mosh va lyupinning ildizi qiyin eriydigan fosforli birikmalarni о‘zlashtira oladi.
Dukkakli don ekinlaridan kuzgi nо‘xat, mosh, vika, soya, lyupin kо‘k о‘g‘it sifatida ishlatiladi. Bularni kо‘pincha tuproqqa qо‘shib haydab yuborilsa yerni organik moddalar va azotga boyitadi. Bu esa keyingi ekinlarni hosilini birmuncha oshiradi.
Dunyo dehqonchiligida dukkakli don ekinlari 135 mln gektar atrofida ekiladi.
Dukkakli don ekinlari Hindiston, Xitoy, Amerikada kо‘p ekiladi. Respublikamizda 20 ming ga atrofida ekiladi. Bizda kо‘proq mosh, loviya, jaydari nо‘xat, soya ekiladi.
Kо‘k nо‘xat eng kо‘p tarqalgan dukkakli ekindir. Doni oziq-ovqat, chorva mollariga ozuqa va agrotexnikaviy ahamiyatga egadir.
Donning tarkibida 26-30 % gacha oqsil 4-10 % gacha qandlar, A1 B1, B2, C vitaminlar va mineral moddalar bor. Kо‘k nо‘xatni pishgan va xom doni shuningdek dukkagi konservalanadi. Kо‘k nо‘xat chorva mollariga ozuqa sifatida keng foydalaniladi. 1 kg nо‘xatda 1,17 ozuqa birligi va 145 g hazmlanadigan oqsil bor. Nо‘xatning poyasi tarkibida 12-13 %, pichani tarkibida 5-8% oqsil bor. Nо‘xatning agrotexnikaviy ahamiyati nihoyatda katta, u har gektar yerda kamida 50-70 kg azot tо‘playdi. Nо‘xatni lalmikor yerlarda yetishtirish mumkin. Respublikamizda о‘rtacha hosildorlik 10-14 senter gektarni tashkil etadi.

Yüklə 41,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin