2- amaliy mashg’ulot. Meva ekinlarining morfologik tuzilishini o’rganish Ishning maqsadi



Yüklə 79,34 Kb.
səhifə1/4
tarix31.03.2023
ölçüsü79,34 Kb.
#92015
  1   2   3   4
2-amaliy mashg\'ulot


2- amaliy mashg’ulot. Meva ekinlarining morfologik


tuzilishini o’rganish

Ishning maqsadi: Talabalami meva ekinlarining yer ostki va ustki qismlarining tuzilishi bilan tanishtirish.
Material va jihozlar:

  1. Turli yoshdagi meva ekinlarining ko’chatlari, ularning yer ostki va yer ustki qismlarini ko’rsatuvchi jadvallar, gerbariy materiallari.

  2. Ribakov A.A., Ostrouxova S.A. O’zbekiston mevachiligi. T., 1981.

  3. Mirzayev M.M., Sobirov M.Q. O’zbekistonda bog’dorchilik. T., 1980.

  4. Ostonaqulov T.E., Narziyeva S.X., G’ulomov B.X. Mevachilik asoslari. T„ 2010.

  5. Ostonaqulov T.E. va boshqalar. Meva ekinlari yetishtirish bo’yicha fermerlarga savol-javoblar. Samarqand, 2012.

  6. Ostonaqulov T.E. va boshqalar. Meva-sabzavotchilik va polizchilikdan amaliy mashg’ulotlar. T., 2005.

  7. Bo’riyev. H.Ch. Havaskor bog’bonga qo’llanma. T., 2002.

  8. Mevachilik fanining o’quv uslubiy majmuasi.

  9. Internet saytlari :

www.agro.uz,
www.ziyonet.uz
Meva ekinlarining morfologik tuzilishini o’rganish bo’yicha Blis -so’rov savollari:
Blis so’rov:

  1. Daraxtlarning yer ostki qisimlari va ular qanday tuzilgan? 2.Daraxtlarning er ustki qisimlari qaysilar va ular qanday tuziladi?

  1. .Kurtaklar tuzilishiga ko’ra qanday bo’ladi?

  2. . Novdalar qanday tiplarga bo’linadi?

  3. .Gullar tuzilishiga ko’ra qanday bo’ladi?

  4. . Mevaning tuzilishi va uning qanday turlarini bilasiz?

  5. .Urug’ nima va uning vazifalari?

>
Asosiy tushunchalar: Meva va rezavor-meva o’simliklariining o’sish hamda ho 11 berishini to’g’ri boshqarish uchun ularning tuzilishi va organlarining hamda ular b.ijaradigan funksiyalami bilish zarur./Meva va rezavor meva o’simliklar ildizlar va yn ustki qismlarga bo’linadi.
Ikliz. daraxtning yer ustki qismlarini mahkam tutib turadi.

25




Ildizlaming vazifalari: u daraxtning barqarorligini ta’minlaydi. Tuproq bilan o’zaro murakkab aloqada bo’lib, tuproqdagi suvni unda erigan mineral moddalar va karbonat angidrid bilan birgalikda so’rib o’simlikka o’tkazadi hamda xlorofillning hosil bo’lishida qatnashadi. O’simlik ildizlari uch xil bo’ladi: urug’ ko’chat, kelib chiqishi novdaga o’xshash qo’shimcha ildiz va ona o’simlik ildizidan paydo bo’lgan ildiz bo’ladi. Ildizlar hajmiga ko’ra ikki turga bo’linadi: asosiy ildiz-uzunligi 0,3 m, yo’g’on (yo’g’onligi bir necha santimetr); nol tartibdagi (o’q ildiz) va yon - birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi, beshinchi va xokazo tartib ildizlar bo’ladi.
O’simlik ildizlari bosh va yon ildizlardan, qo’shimcha ildizlardan, popuk ildiz va tukchalardan iborat bo’ladi.
Bosh yoki birinchi tartib ildiz murtak ildizchasidan o’sib chiqadi. Bu ildiz faqat urug’ ko’chatlarida bo’ladi. Vegetativ usulida ko’paytiriladigan qo’shimcha ildiz chiqaradi. Bu ildiz o’simlikning poya qismidagi qo’shimcha kurtakdan o’sib chiqadi. Bosh ildizdagi birinchi tartib yoki yon ildizlar, ulardan ikkinchi tartib yon ildizlar o’sib chiqadi va hokazo. O’simlik ildizlari asosiy o’rtacha va o’suvchi ildizlarga bo’linadi. Asosiy va o’rtacha ildizlar qatoriga asosiy hamda uchinchi va to’rtinchi tartibda bo’lgan hamma yon ildizlar kiradi. Ular tevarak atraíga taralib hamda yerga chuqur kiradi va hammasi birgalikda o’simlik ildizlarining asosini tashkil etadi.
O’suv ildizlari o’zining tuzilishi va bajaradigan vazifasi jihatidan; a) so’ruvchi yoki faol ildizga; b) o’suv yoki o’q ildizga; v) oraliq ildizga hamda o’tkazuvchi ildizchaga bo’linadi.
Asosiy ildizlaming bir qismi tuproqqa har qil qiyalikda kirib, boshqalari ildiz bo’g’zidan yon tomoniga to’g’ri burchak hosil qilib gorizontal o’sadi. Shuning uchun ildizlar o’zining tuproqda joylashish xarakteriga qarab gorizontal va vertikal qismlarga bo’linadi. Gorizontal ildizlar azot va mineral moddalarni o’zlashtiradi, vertikal ildizlar esa o’simlikni tuproqqa baquwat joylanishini ta’minlaydi.
O’simlik ildizlari yer ustki qismiga qaraganda ko’proq shoxlash xususiyatiga ega. Masalan, olma va nok daraxtlarini shox-shabbalari o’z umrida sakkiz-to’qqiz tartib shox chiqarsa, ulaming ildizlari esa bir mavsumda 6-8 tartib shox chiqaradi.
Ildizlaming morfologiyasi va tuproqqa joylashish tartibi daraxtning turigagina emas, balki naviga, payvandtagning tabiatiga, tuproq sharoitiga yer osti suvlarining sathiga va qo’llaniladigan tadbirlarga ham bog’liqdir.
Tabiiy sharoit va qo’llaniladigan agrotexnika bir xil bo’lishidan qat’iy nazar, olma, nok, olcha ildizlari, shaftoli, behi va boshqa daraxtlaming ildizlariga qaraganda chuqur kiradi va keng tarqaladi.

Yüklə 79,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin