O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent мoliya instituti
“Sug’urta” fakulteti
“Sug’urta ishi” kafedrasi
“СУҒУРТА ИШИ”
fanidan
1-мavzu:
Sug’urtaning mohiyati, funktsiyalari va bozor
munosabatlaridagi o’rni
Kafedraning 2015 yil 25 avgustdagi 1-sonli
bayonnoma bilan tasdiqlangan
Kafedra mudiri ____
dots. I.Abdurahmonov
Tayorladi:
k.o’q. I.Kenjaev
TOSHKENT-2015
1-mavzu: Sug’urtaning mohiyati, funktsiyalari va bozor
munosabatlaridagi o’rni
REJA:
1. Sug’urta haqida tushuncha va unga xos bo’lgan asosiy belgilar.
2. Sug’urta iqtisodiy kategoriya sifatida.
3. Sug’urta fondlari, ularning shakllanishi va foydalanish yo’nalishlari.
4. Sug’urtaning funktsiyalari.
1. Tabiiy va boshqa stixiyali kuchlar ta’siri natijasida yuzaga keladigan
zararlarni qoplash, oldini olish hamda ogohlantirish uchun maqsadli yo’nalishdagi
pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy
munosabatlar yig’indisiga sug’urta deyiladi.
Sug’urtaning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat:
-Sug’urta riskini mavjudligi. Risk-sug’urta munosabatlari paydo bo’lishining
asosiy shartidir. Risk bo’lmas ekan, sug’urtaning bo’lishi mumkin emas. Riskning
hajmi, miqdori ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari yordamida
aniqlanadi. Sug’urta risklarini tahlil kilish ularni 2 ta yirik guruhga bo’lishni
taqozo etadi. Ya’ni, risk sug’urtaviy va sug’urtasiz bo’ladi. Sug’urta
shartnomalarida o’z aksini topgan risklar sug’urtaviy risklar deyiladi. Risk
bahosini pulda ifodalanishi sug’urta stavkasini tashkil etadi. Risk doimiy
ko’rsatkich emas, balki u doimo o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar iqtisoddagi va
boshqa sohadagi o’zgarishlar bilan chambarchas bog’liqdir. Sug’urta tashkiloti
riskni rivojlanishini, holatini doimo kuzatishi lozim, ya’ni tegishli statistik hisob
olib borishi, yig’ilgan ma’lumotlarni qayta ishlashi va tahlil qilishi kerak.
Riskni baholash uchun uni quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1) Sug’urtalanishi mumkin bo’lgan risklar.
2) Sug’urtalanishi mumkin bo’lmagan risklar.
Riskning eng katta guruhini sug’urtalanishi mumkin bo’lgan risklar tashkil
etadi. Quyida keltirilgan mezonlar asosida sug’urta riskini sug’urtasiz risklardan
farq qilish mumkin.
a) Risk tasodifiy xarakterga ega bo’lmog’i kerak ;
b) Sug’urta hodisalarini ro’y berish faktining vaqti va makonining
noma’lum bo’lishi;
v) Xavf solish manbasiga ko’ra risklar tabiatning stixik kuchlari bilan
bog’liq risklari va moddiy boylikni o’zlashtirish oqibatida insoniyatni tabiatga
ta’siri bilan bog’liq risklar. Risklarni turkumlashda katta halokatli risklar alohida
o’rin tutadi. Chunki bunday risklar ro’y berishi natijasida ko’plab ob’ektlar yirik
miqdorda zarar ko’rishi mumkin. Katta halokatli risklarga zilzila, tsunami, kuchli
shamol misol bo’lishi mumkin. Yuqorida aytilgan risklardan tashqari ekologik,
siyosiy va maxsus risklar bo’lishi mumkin.
Risk menejment (riskni boshqarish) - riskni chegaralash yoki kamaytirish
bilan bog’liq tadbirlar yig’indisi. Amaliyotda riskni boshqarish quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
Riskni aniqlash, masalan ssuda oluvchilarning ssudani o’z vaqtida qaytarib
bera olmaslik riski sug’urtalanadi, risk darajasi aniqlanadi. Kredit oluvchi
shaxsning moliyaviy holati qanday aktivlarga ega ekanligi, loyihada hisob-kitob
qanchalik asoslanganligi va xakozo.
Riskni baholash - riskni holatlari aniqlanadi, riskni sodir bo’lish
ehtimoliyligi, aktuar hisob-kitoblar, statistik kuzatuvlar, ehtimollar nazariyasi
asosida baholanadi va sug’urtalanayotgan ob’ektga nisbatan risk darajasi aniqlanib
sug’urta tarifi hisoblanadi. Sug’urta tarifining stavkasi - bu risk bahosidir.
Riskni nazorat etish - bu sug’urta kompaniyasining vakili tomonidan
sug’urtalangan ob’ekt holatini, uning saqlanish ustidan kuzatuv ishlarini olib
borishi. Shuningdek, uning saqlash xavfliligi talablariga javob berishi tekshiriladi.
Qator ob’ektlarni yaxshi saklash uchun zarur tavsiya va maslaxatlar beriladi.
Riskni moliyalashtirish - bu riskni aniqlash, baholash va nazorat etish bilan
bog’liq hamma xarajatlarni qoplash.
-Sug’urta munosabatlarining taqsimlash xarakteriga ega ekanligi. Moliya
tushunchasi kabi, sug’urta ham yalpi ichki mahsulotni va milliy daromadni qayta
taqsimlashda ishtirok etadi.
-Sug’urtada zararlarni hududlar bo’yicha va muayyan bir vaqtda
taqsimlanishi. Bu sug’urtaning asosiy belgisi bo’lib, hududlar bo’yicha sug’urta
fondini sug’urtalangan xo’jaliklar o’rtasida taqsimlash uchun katta hudud va
ko’plab sug’urtalanishi mumkin bo’lgan ob’ektlar zarur bo’lishi talab etiladi.
Zararlarni ma’lum bir vaqtda taqsimlanishi sug’urta hodisalarini tasodifiy ro’y
berish xarakteriga ega ekanligidan kelib chiqadi. Qator yillar mobaynida
favqulodda hodisalar ehtimol ro’y bermasligi mumkin. Bu holat sug’urta hodisalari
sodir bo’lmagan vaqtda tegishli miqdorda sug’urta zahiralarini tashkil etishni talab
qiladi.
-Sug’urta fondlariga jalb etilgan sug’urta mukofotlarini qaytarib berish.
Sug’urta mukofotlari sug’urta tarifi asosida aniqlanadi. Sug’urta tarifi ikki qismdan
iborat bo’lib, netto-stavka (sug’urta hodisalari ro’y berganda zararlarni qoplashga
ishlatiladi) va netto-stavkaga ustamalardir (sug’urta kompaniyasi ishini tashkil
etish bilan bog’liq xarajatlar qoplanadi). Netto-stavka, asosan, sug’urta hodisasi
ro’y berganda sug’urtalanuvchiga qaytarib beriladi.
o’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq, majburiy
sug’urta turlariga doir sug’urta shartlari qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladi.
Ixtiyoriy sug’urtalashga doir sug’urta tariflarining miqdori tomonlarning
kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Рискни
аниқлаш
Рискни
назорат
қилиш
Рискни
баҳолаш
Рискни
молиялаштириш
-Sug’urta fondi mablag’larining, faqat, shu fondni tashkil etishda
qatnashgan sub’ektlar o’rtasida taqsimlanishi.
Sug’urta munosabatlarida quyidagi tomonlar qatnashadilar:
Sug’urtalovchi – sug’urta xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan va
tegishli litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining
muhim bo’g’ini. o’zbekiston Respublikasining "Sug’urta faoliyati to’g’risida"gi
Qonuniga ko’ra, sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovoni (sug’urta puli)
to’lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug’urtalovchi deb
hisoblanadi.
Sug’urtalovchilar turli mulk shakliga ega bo’lishi mumkin (davlat sug’urta
tashkilotlari, aktsionerlik sug’urta tashkilotlari hamda o’zaro sug’urtalash
jamiyatlari). Sug’urta faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar davlat organlarining
tegishli litsenziyasiga ega bo’lishi zarur.
Sug’urtalanuvchi – sug’urtalovchi bilan aniq sug’urta munosabati o’rnatgan
va tegishli sug’urta mukofotlarini to’lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Sug’urta vositachilari – sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasida
vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo’yicha vositachi
sug’urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko’rsatgan xizmatlari uchun
vositachi sug’urtalanuvchidan emas, balki sug’urta kompaniyasidan tegishli
vositachilik haqini oladi.
2.
Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror
topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug’urta faoliyati iqtisodiy
infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni
ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi
orqali turli sug’urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari
manfaatlarining himoyasini ham o’z zimmasiga oladi.
Sug’urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish,
ularning risklar yuz berishi oqibatida ko’rishi ehtimol bo’lgan zararlarini
qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo’ldi hamda rivojlandi. Shunday
anglanilgan zarurat - aniq sug’urta manfaatlari negizida sug’urta munosabatlari
yuzaga keldi.
Sug’urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i
nazar, sug’urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash
lozimki, sug’urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik
iqtisodiy munosabatlar bo’lib, ular yuzaga kelishi uchun o’zaro bog’liq shart-
sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir.
O’zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli risklarning yuz
berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy hayotning o’zida namoyon
bo’lishi mumkin bo’lgan qarama-qarshiliklar sub’ektlarning sug’urta faoliyatiga,
xususan, risklar transferiga bo’lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o’zgartirdi.
Sug’urta faoliyati bozor munosabatlarining eng muhim unsuriga aylandi.
«Sug’urta faoliyati deganda sug’urta bozori professional ishtirokchilarining
sug’urtani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyati tushuniladi»
1
. «Shu narsa aniqki,
1
Ўзбекистон Республикасининг «Суғурта фаолияти тўғрисида»ги Қонуни, 3-модда.
bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar... sug’urta tizimisiz samarali ishlash,
investitsiya faoliyati bilan shug’ullanish, kredit olish imkoniyatiga ega emas»
2
.
Shu o’rinda, ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)da uzluksizlikni
ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadiga yo’naltirilgan, mulkchilik shakllariga
ko’ra, maxsus qayta taqsimlash munosabatlari tizimi mavjudligi iqtisodiyot
sub’ektlari ravnaqiga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda ularning mulkka egalik
qilish, undan foydalanish hamda daromad olishlari kabi manfaatlari yuzaga
chiqadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sug’urta faoliyatida talab darajasidagi risk
transferi shakllanishi va rivojlanishi hamda uni ilmiy asosda o’rganish muhim
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot sub’ektlarining
erkinliklari kengayib borayotgan, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ish
bajarish, xizmat ko’rsatish)ning yangi turlari o’zlashtirilishi sug’urta faoliyatida
risk transferining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish va takomillashtirishga
bo’lgan ehtiyojni orttirmoqda.
Sug’urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to’liqroq ochib berish uchun
ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo’lgan yondashuvlarni o’rganish maqsadga
muvofiqdir. Ularda «sug’urta-xizmat ko’rsatish industriyasi»
3
ekanligi qayd
etilgan, shunga asoslanib, keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda
«xizmatlar iqtisodiyoti nazariyasi» qaror topayotganligini ta’kidlash mumkin.
Sug’urta faoliyatida o’z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan «xizmat»
tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug’urtachi tomonidan taklif etilayotgan
«xizmat» o’zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya’ni u o’z mijoziga faqat
«va’dani sotadi». Shu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga «ko’rinmaydigan
faoliyat»
1
deb ham tasnif beriladi. Sug’urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini
tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis»
2
beriladi xolos. Sug’urta shartnomasida
sug’urtalanuvchiga sug’urta voqeasiga ko’ra, ko’rishi ehtimol bo’lgan zararining
ekvivalent qiymatidagi pul to’lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko’rinishida)
ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma’lum
davr oralig’ida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va
rivojlanishi, iqtisodiyot sub’ektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi,
erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo’lishi
kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo’lgan va doimiy
takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o’ziga xos bo’lgan maxsus
xizmat bilan sug’urta shug’ullanadi.
«Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta
mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta
3
Қаранг: Иқтисодиётни эркинлаштириш ва ислоҳотларни чуқурлаштириш - энг муҳим вазифамиз. Президент И.Каримовнинг 1999
йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2000 йилда иқтисодиётни эркинлаштириш ва ислоҳотларни
чуқурлаштиришнинг устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси.// «Халқ сўзи» газетаси,
2000 йил, 16 февраль.
3
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993.
p. 1 b. 3.
1
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993.
p.1 b. 4.
2
Қаранг: Ефимов С.Л. Энциклопедический словарь. Экономика и страхование. М.: Церих -ПЭЛ, 1996. I-Х, с. 347.
3
Ўзбекистон Республикасининг «Суғурта фаолияти тўғрисида»ги Қонуни, 3-модда.
hodisasi) yuz berganda, ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta
tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish
tushuniladi»
3
.
3.
Tabiiy va boshqa stixiyali hodisalar sodir bo’lishi natijasida keltirilgan
zararlarni qoplash uchun sug’urta fondlari tashkil etiladi. Sug’urta fondlari tashkil
etish manbasiga va foydalanish yo’nalishiga qarab, uch ko’rinishda bo’ladi:
-o’z-o’zini sug’urtalash fondlari. Bu fond har bir xo’jalik sub’ektida tashkil
etiladi va ishlab chiqarishda vaqtincha yuzaga kelgan qiyinchiliklarni oldini
olishga xizmat qiladi;
-davlatning markazlashgan sug’urta fondlari. Markazlashgan sug’urta
fondlari umumdavlat resurslari hisobidan tashkil etiladi. Bu fonddan asosan
favqulodda hodisalar ro’y berganda paydo bo’lgan zararlarni qoplashga ishlatiladi;
-sug’urta yo’li bilan tashkil etiladigan sug’urta fondlari. Bu fond
sug’urtalanuvchilar tomonidan to’langan mukofotlar hisobidan tashkil etiladi.
Sug’urta fondi faqat pulli shaklda va u qat’iy maqsadli yo’nalishda foydalaniladi,
ya’ni sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq,
sug’urta qoplamasi yoki sug’urta summasini to’lashga ishlatiladi.
4.
Sug’urtaning iqtisodiy tabiati uning funktsiyalarida o’z aksini topadi.
Moliya, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan bir qatorda sug’urta ham bir qator
funktsiyalarni bajaradi. Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda sug’urtaning
funktsiyalari bir necha ko’rinishda talqin etiladi. Masalan, i.f.d., prof.
V.M.Rodionova rahbarligida chop etilgan “Finansi” o’quv qo’llanmasida sug’urta
ikkita funktsiyani bajarishi ko’rsatib o’tilgan. Bu funktsiyalar quyidagilardan
iborat: qayta taqsimlash va nazorat funktsiyasi. I.f.d., prof. H.R.Sobirov sug’urta
quyidagi funktsiyalarni bajarishini qayd etadi: “xavf-xatar; ogohlantirish;
investitsiya; omonat; axborot”.
Ko’rinib turibdiki, prof. H.R.Sobirov sug’urtaning 5 ta funktsiyaga ega
ekanligini qayd etadi. Fikrimizcha, bu funktsiyalarning ba’zilari tegishli bahs-
munozarani talab etadi. Xususan, sug’urtaning investitsiya funktsiyasi. Investitsiya
– sug’urta tashkilotlari uchun funktsiya emas, balki asosiy sug’urta faoliyatiga
qo’shimcha ravishda amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiyasiz ham sug’urta
tashkilotlari faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Ammo, sug’urta tashkilotlari vaqtincha
bo’sh turgan mablag’larini investitsiya qilish orqali qo’shimcha daromad oladi.
Funktsiya doimiylik xarakteriga ega va u o’zgarmasdir. Sobiq sovet hokimiyati
davrida davlat sug’urta organlarining mablag’lari investitsiya qilinmas edi. Bozor
munosabatlariga o’tish munosabati bilan sug’urta tashkilotlarida investitsiya
faoliyati bilan shug’ullanishga imkoniyat tug’ildi. Shuning uchun biz investitsiyani
sug’urtaning funktsiyasi bo’la olmaydi, deb tasdiqlashimiz mumkin.
Ayni shunday fikrlarni axborot funktsiyasi haqida ham gapirish mumkin.
Sug’urtalanuvchilarga sug’urta tashkilotlari haqida ma’lumot berish bu
sug’urtaning
axborot
funktsiyasi
mavjudligini
anglatmaydi.
Sug’urta
tashkilotlarining tijorat siriga kiruvchi ma’lumotlari umuman axborot sifatida
berilmaydi. Sug’urtaga axborot funktsiyasi xosligi unchalik ham o’z isbotini
topmagan.
Bizning fikrimizcha, sug’urta quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
Sug’urta fondini tashkil etish bilan bog’liq funktsiya.
Sug’urta fondidan foydalanish bilan bog’liq funktsiya.
Nazorat funktsiyasi.
Yuqorida qayd etilgan funktsiyalar sug’urta faoliyatida doimiy hisoblanadi
va har qanday sharoitda o’zgarmasdir. Sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun,
albatta, sug’urta tashkilotida etarli miqdorda pul mablag’lari fondi bo’lishi lozim.
Agar, sug’urtalovchi pul fondini, ya’ni sug’urta fondini tashkil etmasa, uning
moliyaviy ahvoli murakkablashishi mumkin. Tashkil etilgan sug’urta fondining
mablag’lari qat’iy maqsadli xarakterga ega bo’lib, u faqat sug’urta hodisalari ro’y
berganda qoplama berish uchun ishlatiladi. Sug’urta fondining mablag’larini
boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas. Sug’urta fondi mablag’lari davlat
tomonidan olib qo’yilishi va soliqqa tortilishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |