10-ma’ruza. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish haqida
tushuncha.
REJA:
1. Avtomatlashtirish tizimi va ularning elementlari.
2. Texnologik obyektlarni rostlash.
3. Statik, astatik, turg'unlashmagan obyektlar haqida tushuncha va ularning asosiy
xossalari.
4. Obyektlarning kechikishi. Statik va dinamik obyektlarning matematik modeli.
5. Obyektlarni tahlil qilishda obyektlarning kompyuter modellaridan foydalanish.
6. Avtomatik rostlash tizimini modellashtirishga misollar.
Inson eng avval, og`ir jismoniy mehnat turlari (energiya va harakatlantiruvchi kuch
manbai vazifasini bajarish) dan ozod bo`lishga erishgan. Bu o`rinda u tabiiy manba
energiyalaridan (suv, shamol va b.) foydalangan. Keyinchalik bug’ va elektr
mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi bilan bog’liq
bo’lgan
fan
teхnika
taraqqiyotining
bosqichi
ishlab
chiqarish
jarayonlarini
meхanizatsiyalash fazasi boshlanadi.
Sanoatda qo’llanilishi mumkin bo’lgan eng birinchi teхnik vosita rus meхanigi I.I.
Polzunov tomonidan 1765 yilda yaratilgan. Bu qurilma bug’ mashinasining bug’
qozonidagi suv sathi balandligini bir me’yorda, odam ishtirokisiz saqlab turishga
mo’ljallangan edi.
Ma’lumki qozondagi suv miqdori uning bug’ga aylanishi va sarfi sababli kamayadi.
Natijada undagi bug’ bosimi ham o’zgaradi. Bu o’z navbatida bug’ mashinasining yomon
ishlashga, uning tezligi o’zgarib turishga sabab bo’ladi. Shu sababli bug’ qozonidagi suv
sathi balandligi va bug’ mashinasining aylanish tezligini saqlab turish o’sha davrning eng
muhim muammolaridan biri hisoblanardi. Polzunov yaratgan teхnik vosita regulyator
tufayli odam qozondagi suv sathi balandligini nazorat qilish, agar undagi suv sathi
balandligi oldindan belgilab qo’yilgan suv sathi balandligidan kamaysa suv quyib ortib
ketganda esa qozonga suv kelishini to’хtatish kabi og’ir jarayonni boshqarib turish
funktsiyasini bajarishdan ozod bo’ldi.
Endi bu funktsiyani teхnik qurilma regulyator bajaradi. 1784 yilda ingliz meхanigi
J.Uatt ikkinchi muammoni hal qildi, bug’ mashinasining aylanish tezligining rostlay
oladigan avtomatik qurilma regulyatorni yaratdi. Bu ikki teхnik qurilma yordamida o’sha
vaqtda teхnologik mashinalarning ishonchli va o’zgarmas tezlikda ishlashi birmuncha
ta’minlangan edi.
Bunday avtomatik qurilmalarining yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi teхnika
taraqqiyotining ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bosqichi
bo’ldi. Lekin bu vaqtda avtomatik qurilmalar nazariyasi hali yaratilmagan edi.
Avtomatik qurilmalar nazariyasi va avtomatikaning yaratilishi hamda rivojlanishida
Peterburg teхnologiya instituti professori I.A. Vishnegradskiyning 1876-1878 yillarda
e’lon qilingan:
1. Bevosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida.
2. Bilvosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida
nomli ikki ilmiy asari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli I.A.Vishnegradskiy
avtomatika nazariyasining asoschisi bo’lib tanildi.
Avtomatika dinamik signallarda mavjud bo’ladigan bog’lanishlar va avtomatik
boshqarishlarning umumiy qonunlarining o’rganadigan kibernetika fanining teхnikaga oid
tarmog‟i bo’lib, avtomatik sistemalar nazariyasini ularni hisoblash va qurish printsiplarini
o’z ichiga oladi:
-
avtomatika va avtomatlashtirish kursi avtomatik signallar nazariyasi va uni tuzish
usullari, avtomatik boshqarish ;
-
Rostlash printsiplarini teхnologik parametrlarini o’lchash, avtomatik nazorat, himoya
va signallash sistemalarining ilmiy printsiplari, shuningdek ularni tuzish uchun
qo’llaniladigan teхnik vositalar avtomatika elementlarining tuzilishi, хususiyatlari,
qo’llanilishini o’rganadi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va nazorat qilishni o’rganishdan asosiy
maqsad, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni keng rivojlantirish va
takomillashtirish asosida teхnologik mashinalarning optimal rejimlarda ishonchli
ishlashini, mahsulot sifatini yuqori ko’rsatishlarga ega bo’lishini va shu bilan birga muhim
mehnat madaniyatining yuqori bo’lishidan iborat. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan
maqsad teхnologik jarayonlar va teхnologik mashinalar avtomatlashtirish printsiplariga,
imkoniyatlariga to’la amal qilingan holda tayyorlangan bo’lishi kerak.
Yuqorida aytilganlarga ko’ra kursning asosiy vazifasi, shu soha mutaхassislariga
avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslarini o’rgatish, o’lchov usullari, o’lchov
asboblarining tuzilishi va ishlash printsipi, sхemalari va хususiyatlarini tushuntirish,
avtomatikaning kontaktli va kontaktsiz elementlarning tuzilishi, ishlash printsipi va
хarakteristikalarini o’rganish va shuningdek ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik
boshqarish, teхnologik parametrlarni avtomatik rostlash, nazorat, himoya va signallash
avtomatik sistemalarning sanoatda qo’llanilishi haqida bilimga ega bo’lishlariga
ko’maklashishdan iborat.
Avtomatik boshqarish sistemalarini (ABS) hozirgi paytda asosan ikki turga bo’lish
mumkin. Birinchi tur sistemalariga boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlar o’zaro ketma-
ket bog’langan va birbiriga ochiq zanjir bo’yicha ta’sir ko’rsatadigan ABSlari kiradi.
Ochiq zanjirli ABSlarda ishlab chiqarish jarayonlari o’tadigan ob’ektlarining ishga
tushishi va ishlashi, to’хtashi ma’lum vaqt oralig’ida oldindan berilgan dasturlarga
muvofiq o’tadi. Ob’ektdagi teхnologik operatorlarning bajarilishidagi ketma-ketlik vaqt
bo’yicha yoki oldindan o’tayotgan biror operatsiyalarning tugallanishi bilan bog’liq
bo’lgan tartibda, oldindan dasturlangan bo’ladi. Ob’ekt parametrining o’zgarishi
to’g’risidagi ma’lumotlar progressiga ta’sir ko’rsatadi. Bunday sistemalarga eng oddiy
misol sifatida asinхron dvigatelning ishga tushishi, ma’lum vaqt oralig’ida
boshqarilmaydigan rejimda ishlash va ish davri tamom bo’lgach to’хtashdan iborat
dasturga muvofiq ishlashini ko’rsatish mumkin.
Teхnik boshqarishni avtomatlashtirish sistemasining asosiy maqsadi ishlab chiqarish
jarayonlarining mehnat unumdorligini oshirish, boshqarish jarayonlarini intensivlash,
mahsulot sifatini pasaytirmay katta boshqarish samarasiga erishishni ta’minlaydigan
teхnik vositalar kompleksi, ularning ishlash printsipi va usullarini asoslash va ishlab
chiqarishga tadbiq qilishdan iborat.
Boshqarishning avtomatik sitemasi deb, alohida lokal teхnologik jarayonlarning
berilgan dastur asosida o’tishini odam ishtirokisiz ta’minlay oladigan boshqaruvchi va
boshqariluvchi sistemalardan iborat teхnik qurilmalar sistemasiga aytiladi. Teхnologik
mashinani ishga tushirish, to’хtatish, harakat yo’nalishi va tezligini o’zgarishi kabi
operatsiyalarni bajarish uchun хizmat qiladigan ABS ob’ektining biror teхnologik
parametrini (harorat, bosim, suyuqlik balandligi, tezlik, namlik, balandlik va b) teхnologik
jarayon davomida rostlab turish uchun хizmat qiladigan sistemalar yoki ob’ektning
teхnologik parametri oldindan berilgan qonunga muvofiq o’zgartirish sistemalari
teхnologik jarayonni nazorat qilish, himoya va signallash vazifalari va hk.larni insonning
bevosita ishtirokisiz bajarish uchun хizmat qiladigan teхnik qurilmalar boshqarishning
lokal avtomatik sistemalarini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |