11-ma’ruza gidrogeologiya asoslari reja



Yüklə 41,15 Kb.
səhifə1/9
tarix20.11.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#163929
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Gidrogeologiya asoslari-hozir.org


Gidrogeologiya asoslari

11-MA’RUZA
GIDROGEOLOGIYA ASOSLARI
REJA
1. Gidrogeologiya asoslari
2. Tog` jinslarining suvli xususiyatlari
3. Er osti suvlarining kelib chiqishi va joylashish sharoiti klassifikatsiyasi
4. Tog` jinslaridagi suvlarning turlari
5. Er osti suvlarining fizik xususiyatlari va kimyoviy tarkibi
6. Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi


Tayanch so‘z va iboralar


Gidrogeologiya, er osti suvlari, granulometrik, o`ta kapillyar g`ovaklar, kapillyar, g`ovaklar, suv o`tkazuvchanlik, suv o`tkazuvchi, yarim o`tkazuvchan, suv, o`tkazmaydigan, namlik sig`imi, gigroskopik, maksimal molekulyar, kapillyar, to`liq, suv berish qobiliyati, kondensatsiya nazariyasi, infiltratsiya nazariyasi, infiltratsion suvlar, sizot suvlar, sedimentatsion suvlar nazariyasi, yuvenal, uvlar nazariyasi, aeratsiya mintaqasi suvlari, sizot suvlari, artezian suvlari, bug`simon, gigroskopik, plenkali, erkin, kapillyar, gravitatsion, kristallizatsion va kimyoviy bog`liq, sovuq, iliq, issiq, rangi, shaffofligi, hidi, ta'mi, chuchuk, past, tuzli tuz, sho`r, o`ta sho`r, xloridli, sulfatli, gidrokarbonatli, yumshoq, o`rtacha, bikirlikdagi, bikir, o`ta bikir, ishqoriy, umumkislotali, karbonat kislotali, magnezial, sulfatli


1. Gidrogeologiya asoslari
Gidrogeologiya - yer osti suvlarining kelib chiqishi, ularning xususiyatlari, tarkibi va harakat qonunlarini rganadigan fan. Yer sirtidan pastda joylashgan tog` janslarining g`ovaklari va yoriqlaridagi suvlarga yer osti suvlari deyiladi (36-rasm).

Er osti suvlari to`g`risida umumiy ma'lumotlar


Er osti suvlarining kelib chiqishi:
Granulometrik (mexanik) tarkib. Suv qatlamlari joylashgan suvni yaxshi o`tkazuvchi, bo`sh, qotmagan, cho`kindi tog` jinslari tarkibini shag`al, qum, chang, gil va mayda kolloid zarralar tashkil qiladi. Suvni yaxshi o`tkazuvchi va yomon o`tkazadigan jinslarning tarkibini tashkil qiluvchi donalar va zarralarning katta kichikligini aniqlash katta ahamiyatga ega, chunki jinslarning suv o`tkazuvchanligi, g`ovakligi, suv berish qobiliyati, namlik sig`imi, kapillyarligi, ularning granulometrik tarkibiga bog`liq.
36-rasm. Tuproq, yer osti va plastlararo suvlarning joylashishi

37-rasm. Tabiatda "buyuk" suv aylanishi sxemasi va yer qobig`ning

ustki qismidagi gidrogeologik sharoitlar
Tog` jinsi zarralarining katta kichikligi turlicha bo`ladi va mikrometrdan (0,001 mm) bir necha yuz millimetrgacha o`zgaradi.

Ayrim kattalikdagi donalar va zarralarning tog` jinsidagi miqdori mexanik yoki granulometrik taxlil yordamida aniqlanadi. Donador tog` jinslarining tarkibi to`g`risidagi grafik chizig`ining harlakteriga qarab ham fikr yuritish mumkin; tog` jinslari bir xil kattalikdagi zarralardan tashkil topgan bo`lsa chizik tik holda, turli kattalikdagi zarralardan tashkil topgan bo`lsa chizik qiya (yotiq) holatda bo`ladi. g`ovaklik tog` jinslari hosil bo`lishi jarayonida va ularning nurashi, suvlar ta'siri natijasida, o`z tarkibida turli-tuman shakldagi va kattalikdagi g`ovaklarni, bo`shliqlarni hosil qiladi. G`ovaklik deb, tog` jinslari tarkibidagi zarralar o`rtasidagi bo`shliqqa aytiladi. Bu xususiyat yoriqlar bilan birgalikda tog` jinslarining gidrogeologik xususiyatini belgilab beradi. Yer yuzasidan chuqurlikning ortib borishi va sementlanishi bilan tog` jinslarining g`ovakligi kamayib boradi. Tog` jinslaridagig`ovaklar, bo`shliqlarvayoriqlaro`zlariningturlarivakattaliklarigaqarabbir-birlaridanfarqqiladilar. Kapillyar bo`lmagsn g`ovaklarning diametri 1 mm dan katta, kapillyar g`ovaklarning diametri esa 1 mm dan kichik bo`ladi. G`ovak va yoriqlar kattaliklariga qarab uch guruhga bo`linadi:


1) o`ta kapillyar g`ovaklar (g`ovakning kattaligi 0,5 mm dan katta, yoriqlar esa 0,254 mm dan kichik);
2) kapillyar g`ovaklar kattaligi 0,5-0,002 mm, yoriqlar esa 0,254 - 0,001 mm bo`ladi;
3) sub kapillyar g`ovaklar 0,0002 mm dan kichik, yoriqlarning kattaligi 0,0001 mm dan kichik. Tog` jinslarining uta kapillyar g`ovaklarida va yoriqlarida erkin suvlar harakatlanadi, kapillyar g`ovaklarida esa erkin suvlar qisman kapillyar kuchlar ishtirokida harakat qiladi. Tog` jinslarida sub kapillyar g`ovaklar va yoriqlar bo`lsa (gillar, gilli slaneslar va boshqalar) ular suv o`tkazmaydi.
Tabiatdagi tog` jinslarining barchasida g`ovaklar uchraydi, lekin ular hosil bo`lishi bo`icha turli-tuman harlakterga ega bo`ladi.
1. Ayrim strukturaviy g`ovakli va yorilgan qoya jinslar;
2. Nurash natijasida g`ovaklarning ortishi;
3. Erish natijasida hosil bo`lgan g`ovaklar;
4. Yaxshi saralangan serg`ovak bo`shak qumli jinslar;
5. Turli kattalikdagi zarralar bilan bog`liq kamg`ovakli bo`shak qumli jins;
6. G`ovaklarda kotishmaning hosil bo`lishi va sishi bilan bog`liq kamg`ovakli qumli jinslar;
7. Mikro va makro g`ovakli lyossimon jinslar;
g`ovaklik koeffitsiyenti solishtirma va hajmiy og`irlik orkali hisoblanishi mumkin.
Agar solishtirma va hajmiy og`irliklar ma'lum bo`lsa g`ovaklik koeffitsiyenti quyidagi formula orkali aniqlanadi: g`ovaklarning hajmi tog` jinslarini tashkil qilgan zarralarning joylanishiga, bir xil kattalikdagi zarra va donalardan tashkil topganligiga, sementlanish darajasiga, tog` jinslarining holatiga, yoriq va darzlarning harlakteriga bog`liq. Dinamik g`ovaklik koeffitsiyenti tog` jinslaridagi g`ovak va yoriqlarning kaysi bir qismi harakatlanayotgan suvlar bilan to`ldirilganligini ko`rsatadi. Umumiy, ochiq va dinamik g`ovaklarning hajmi tog` jinslarining harlakteri, hosil bo`lishi, g`ovak va yoriqlarning kattaliklari va sementlanganliklari bilan bog`liq.

Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin