16. Sut emizuvchilarning inson hayotidagi ahamiyati



Yüklə 22,68 Kb.
səhifə1/12
tarix25.06.2023
ölçüsü22,68 Kb.
#135049
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Teriologiya 16-30


16. Sut emizuvchilarning inson hayotidagi ahamiyati
Sutemizuvchilaming tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati nihoyatda katta va ular quyidagicha farqlanadi: 1) qishloq va o'rmon xo'jaliklariga zarar keltiruvchilar; 2) yuqumli kasalliklami tarqatuvchilar: 3) ovlanadigan sutemizuvchilar: 4) xonakilashtirilgan va xonakilashtirilayotgan sutemizuvchilar. Zararli va kasallik tarqatuvchi sutemizuvchilar. Ayrim sutemizuvchilaming foydali va zararli ekanligini aniqlash ancha qiyin. Chunki bir turning o'zi har xil tabiiy va iqtisodiy holatda har xil amaliy ahamiyatga ega bo'ladi. Mamlakatimizda zararli sutemizuvchilar qatoriga asosan kalamush, sichqon va yumronqoziqlar kiradi. Kalamushlar uy va omborlarda iste’mol qilinadigan oziqa mahsulotlami yeyishdan tashqari. parrandachilik va cho'chqachilik fermalarida tuxum, jo'ja. tovuq va cho'chqa bolalarini qirib. katta zarar keltiradi. Sutemizuvchilarda uchraydigan ko'pgina yuqumli kasalliklar odam uchun ham xavfli hisoblanadi. Bu kasalliklar tabiiy manbali kasalliklar deb ataladi. Bunday kasalliklarga o‘lat (chuma), tulyaremiya. kana ensefaliti, mavsumiy leyshmaniya va boshqalar kiradi . Sug'urlar, yumronqoziqlar, qumsichqonlar va kalamushlar eng xavfli bo'lgan o'lat kasalligini tarqatuvchilar hisoblanadi. Kasallikni qo‘zg“atuvchi bakteriyalar hayvonlardan odamga bevosita tashuvchilari orqali o'tadi. Tulyaremiya odamga qon so‘ruvchi hasharotlar (pashsha, burga, bit) va kanalar orqali o'tadi. Mikrob tashuvchisi asosan sichqon hisoblanadi. Nerv sistemasini ishdan chiqaradigan eng og'ir xavfli ensefalit kasalligini qo'zg'atuvchisi viruslar hisoblanadi. Virus tashuvchisi esa kemiruvchilar va hasharotxo‘rlardir. Virus odamga kanalar va chivinlar orqali o'tadi.
Albatta ko'plab tur sutemizuvchilar u yoki bu tarzda insonga va tabiatga katta foyda keltiradi. MDHda 350 tur sutemizuvchilardan 150 turi ovlanadi va bu jihatdan MDH dunyoda birinchi o'rinda turadi.
Xonakilashtirilgan va xonakilashtirilavotgan sutemizuvchilar ¡nson hayotida muhim ahamiyatga ega. Maxsus mo'ynachilik fermalarida sobol, norka. oq tulki, tulki. nutriya va shinshillalar mo’ynasi uchun ko‘paytiriladi.

Yüklə 22,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin