24– son ixtisoslashtirilgan umum ta`lim maktabida “Yosh tarixchi” to`garagining ish rejasi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə1/14
tarix02.01.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#47795
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

24– son ixtisoslashtirilgan umum ta`lim maktabida “Yosh tarixchi” to`garagining ish rejasi



To`garak mavzusi

Soat

To`garak o`tiladigan sana

Izoh

1

1918-1939-yillarda xalqaro munosabatlar. 1918-1939-yillarda ilmiy texnik tarqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar

1







2

Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida Turkistonda sovet hokimiyatining majburiy tarzda o‘rnatilishi hamda bolsheviklar diktaturasi

1







3

1918-1939-yillarda Buyuk Britaniya

1918-1939-yillarda Fransiya



1







4

1918-1939-yillarda Amerika Qo'shma Shtatlari

1







5

Turkiston Muxtoriyati - tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida yangi bosqich

1







6

Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyati boshqaruv tizimining tuzilishi va iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar

1







7

1918-1939-yillarda Germaniya 1918-1939-yillarda SSSR

1







8

Turkiston ASSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlar. Buxoro amirligida islohotlar uchun kurash hamda qizil armiya tomonidan amir hokimiyatining ag‘darilishi. BXSRning tashkil topishi va faoliyati

1







9

1918-1939-yillarda Italiya Ispaniya

1918-1939-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari



1







10

1918-1939-yillarda Yaponiya 1918-1939-yillarda Xitoy va Hindiston

1







11

Xiva xonligidagi ahvol hamda xon hokimiyatining ag‘darilishi. XXSRning tuzilishi va turli islohotlar

1







12

BXSR va XXSRda qizil armiyaga qarshi kurash

1







13

1918-1939-yillarda Turkiya va Eron

1







14

1918-1939-yillarda Afrika mamlakatlari

1







15

O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish va uning oqibatlari

1







16

O‘zbekiston SSRning tashkil topishi

1







17

Ikkinchi jahon urushi

Ikkinchi jahon urushidan keying xalqaro munosabatlar: “Sovuq urush”ning boshlanishi



1







18

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish siyosati hamda quloqlarning surgun qilinish O‘zbekistonda industrlashtirish siyosatining amalga oshirilishi va kadrlar masalasi

1







19

1946-1991-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlari

1







20

O‘zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolar

1







21

O‘zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat

1







22

1946-1991-yillarda Sovet ittifoqi

1







23

1946-1991-yillarda Buyuk Britaniya va Fransiya 1946-1991-yillarda Germaniya Italiya

1







24

1946-1991-yillarda Yaponiya va Osiyoning yangi industrial mamlakatlari 1946-1991-yillarda Xitoy Xalq Respublikasi

1







25

Ikkinchi jahon urushining boshlanishi hamda O‘zbekistonning urush girdobiga tortilishi

1







26

O‘zbekistonliklarning frontdagi jasorati va qahramonliklari. O‘zbekiston fani va madaniyati - g‘alaba uchun xizmatda

1







27

1946-1991-yillarda Hindiston va Pokiston

1







28

1946-1991-yillarda Turkiya, Eron va Afg‘oniston

1







29

Ziyolilarning qatag‘on qilinishi va sovet jamiyatida shaxsga sig‘inishning fosh qilinishi. O‘zbekistonning siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar hamda sovetlarning partiya organlariga qaramligi

1







30

O‘zbekistonda yoqilg‘i va tog‘-kon sanoatining vujudga keltirilishi hamda aholi milliy tarkibidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari

1







31

O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

1







32

1946-1991-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari 1946-1991-yillarda Afrika mamlakatlari

1







33

XX asrning ikkinchi yarmida fan va madaniyatning rivojlanishi

1







34

Sayohat darsi. (Tarixiy-me’moriy obidalar joylashgan shaharlarga sayohat qilish)

1








14 -maktab “Yosh tarixchilar” to`garagi a’zolari haqida umumiy ma’lumot



T/r

O`quvchilarning ismi familiyasi

Tug’ulgan sanasi

Sinfi

Yashash manzili

1













2













3













4













5













6













7













8













9













10













11













12













13













14













15













To’garak rahbari: Bekturdiyeva Yulduz

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: 1918-1939-yillarda xalqaro munosabatlar. 1918-1939-yillarda ilmiy texnik tarqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar

To`garakning maqsadi:



Birinchi jahon urushi xalqaro munosabatlarga va dunyoning siyosiy xaritasiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Germaniya, Avstriya-Veng riya va Usmoniylar imperiyalari tarqalib ketdi, Yevropada yangi davlatlar vujudga keldi, Rossiyada monarxiya ag‘darildi. Urush tugashi bilan g‘olib davlatlar xalqaro munosabatlarda yangi tartib o‘rnatish, urushdan keyingi dunyoning qiyofasini belgilash uchun Parijga yig‘ildilar. Parij tinchlik konferensiyasi. Parij yaqinidagi Versal saroyida 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha 27 davlat vakil lari ishtirokida tinchlik konferen siya si bo‘lib o‘tdi. Konferen siyada hal qiluvchi rolni «Katta uchlik» – Buyuk Britaniya va Fran siya bosh vazir lari Devid Lloyd Jorj, Jorj Kleman so va AQSH prezidenti Vudro Vilson o‘ynadi. Konferensiya jarayo nidagi uzoq tor tishuv dan so‘ng Germaniya bilan sulh shartlari kelishildi. 1919-yil 28-iyunda Germa niya Versal tinch lik shartnomasini imzoladi. Shartno maga ko‘ra, Germaniya Bi rinchi jahon urushining bosh lanishi uchun yagona javobgar deb e’lon qilindi. U g‘olib dav latlar foydasiga juda katta – 132 mlrd. marka reparatsiya (tovon) to‘lashi lozim edi. Keyin Germaniya ning itti foq chilari bo‘lgan boshqa mag‘lub davlatlar – Avstriya, Bol gariya, Vengriya va Turkiya bilan ham shunday shartnomalar im zolandi.Millatlar Ligasining tashkil qilinishi. Mandat tizimi. AQSH prezidenti Vudro Vilson tashabbusi bilan Parij tinchlik konferen siyasida xalqaro tashkilot – Millatlar Ligasi tashkil qilindi. Ja hon da tinchlik uchun kurash, xalqlar o‘rtasida hamkorlik va xavfs izlik masa la lari Mil latlar Ligasining asosiy vazifalari qilib belgilandi. Dastlab mag‘lub davlatlar va Sovet Rossiyasi unga qabul qilinmadi.



Vashington konferensiyasi. Uzoq Sharq va Tinch okeanidagi bahsli muammolarni hal qilish va dengizdagi quroll arni cheklash maqsad ida 1921-yil 12-noya brdan 1922-yil 6-fevralgacha to‘qqiz davlat vakillari ishtirokida Vashington konferen siyasi bo‘lib o‘tdi. Konferens iyada asosiy rolni AQSH, Buyuk Britaniya va Yaponiya o‘ynadi. 1921-yil dekabrda Vashington konferens iyasida to‘rt davlat – A QSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya o‘rtasida shartnoma imzolanib, ushbu davlatlarning Tinch okeani havzasida gi o‘z orollariga egalik qilish huquqlari kafolatlandi.1923-yili Lozanna tinchlik shartnomasi imzolanib, unda Turkiyaning urushd an keyingi chegaralari belgilab berildi va mustaq ill igi tan olindi. U Birinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelg an hududiy o‘zgarishlarg a qonuniy tus bergan so‘nggi yirik shartnoma bo‘ldi., XX asr boshlarida ilmiy-texn ik inqilobga olib keldi. Aniq va tabiiy fanlardagi inqilob. Nazariy bilimlarning amal iy ahamiy atg a ega ekanligi yadro energiyasining kashf qilin ishida yaqqol namoyon bo‘ldi. Amerikalik Enriko Fermi va fransuz Frederik JolioKyuri urann ing parchalanishi jarayonid a yuz beradigan zanjirli reaksiya natijasida juda katta energiya ajr alib chiqishi to‘g‘risidagi g‘oyani shakllantirdi. Shu davrda fi zikaning alohida yo‘nalishi atom fizikasi ham shakllandi. 1938-yili nemis olimlari uran yadrolari ajralib chiqis hining zanj irli reaksiyasini kashf etdilar. Insoniyat oldida atom energiyasidan foydalanishning murakkab muammosi paydo bo‘ldi.Atom bombasini yaratish ustida izlanishlar Germaniya, sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa bir qator davlatlarda ham davom ettiril di. Ammo AQSH o‘z raqiblaridan ancha oldinl ab ketdi. 1942-yili Chikagoda Enriko Fermi ilk atom reaktorini yaratdi. Birinchi atom bombasi 1945-yil AQSHning Nyu-Meksiko shtatidagi polig onda portlatildi.Fizika sohasidagi yangi nazariyalarning amaliyotga tatbiq qilinishi ko‘plab yangi texnik ixtirolarga olib keldi. Tarixda ilk bor harakatlan uvc hi tasvirni elektron-nurli trubka yord amid a

masofaga uzatishni 1928-yili ixt irochilar Boris Grabovskiy va Ivan Belyanskiy Toshkentda amalga oshird ilar. Toshkent tramvay tresti bazas ida o‘tkazilgan bu tajribani olim lar zamonaviy televideniy ening paydo bo‘li shi, deb hisoblas had i. Shu tariqa televideniye asri boshlandi.1920-yillari ovozli kino ustida ishlash davri bo‘ldi. Ko‘plab tajribalardan so‘ng 1927-yili Nyu-Yorkda namoyish qilingan «Jaz kuychisi» fi lmin i mutaxassislar birinchi ovozli kino deb tan olishgan. Tomoshalar ichida eng ommaviysi bo‘lgan ovozli kino o‘z davrini shunday boshladi.XX a sr boshlarida biologiya fani ham shiddat bilan rivojland i. 1922-yili fi ziolog olimlar Jon Makleod va Frederik Banting ko‘plab

tajribalar jarayonida o‘t pufagi gormoni bo‘lgan insulinni olishga muvaffaq bo‘ldilar. Qandli diabet kasalligi endi bedavo dard bo‘lmay qoldi. Insulinning kashf etilishi XX asrning eng buyuk kashfi yotlaridan biri deb tan olindi. Jon Makleod va Frederik Banting fi ziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotig a sazovor bo‘ldilar. Shu davrda vitaminlar, gormonlarning kashf etilishi va virusol ogiya sohasidagi yutuqlar ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu kashfi yotlar mikrob iologiya sanoatining paydo bo‘lishi uchun asos yaratdi. Biologiyaning rivojlanishi turdosh fanlar – kimyo va tibbiy otga katta ta’sir ko‘rsatdi. 1928-yili britaniyalik olim Aleksandr Fleming o‘z laboratoriyasida bir qancha vaqtdan beri to‘planib qolgan idishla rni yig‘ishtirayotib, ulardan bir idagi mog‘orga ko‘zi tushadi. Tekshirib ko‘rilganda bu juda noyob Penicillium turiga mansub mog‘or bo‘lib chiqdi. Penitsillin, keyin esa boshqa antib iot iklarning kashf etilishi yuqum li kasal lik lar ni davolashda haqiqiy in qi lob bo‘l di. 1945-yili Aleksandr Fleming Nobel mukof otiga sazovor bo‘ld i. Ko‘pgina kasal lik larni Aleksandr Fleming kashf qilgan penitsil linsiz va antibioti kl arning yangi avlodis iz davolash bugungi kund a ham mumkin bo‘lmasdi.

1930-yillarga kelib fi zika, kimyo kabi tabiiy fanlarning rivojlan ishi yangi, o‘ta mustahkam materiallarni yaratish imkonin i berdi. AQSH va Germaniyada kapron, perlon, neylon, sintetik qatr on kabi sun’iy tolalarning olinishi yangi, o‘ta sifatli konstruktiv mat eriallar olish imkonini yaratdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ularni ommaviy ishlab chiqarish boshlandi. 1930-yillar oxiriga kelib rivojlangan mamlakatlar sanoatining katta qismi elektrlashtirildi. Fuqaro aviatsiyasi, telegraf, radioeshittirishlar keng tarqaldi. 1927-yili Buyuk Britaniyaning mashhur radiokorporatsiyasi Bi-bi-si tashkil qilindi

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida

To`garakning maqsadi: O’quvchilarga Turkiston o’lkasi ularning ijtimoiy, iqtisodiy turmushi haqida ma’lumot berish.

Turkistonda sovet hokimiyatining majburiy tarzda o‘rnatilishi hamda bolsheviklar diktaturasi Turkiston mintaqasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to‘xtamagan milliy ozodlik harakati xalqning milliy o‘zligini anglashida, o‘z Vatani va millatining ozodligi va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta’sir ko‘rsatdi.Ma’lumki, Turkiston jadidlari islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo‘li bilan, parlament orqali erishishni mo‘ljallagan edilar. Rossiya imperiyasi poytaxti Petrogradda bu paytda mitinglar va qo‘zg‘olonlar boshlanib, u Fevral inqilobi g‘alabasi bilan yakunlandi. Fevral inqilobi Rossiya imperiyasi hududida samoderjaviyega barham berdi, imperator (podsho)ning cheksiz hukmronligi tugadi. Rossiya imperatori Nikolay II o‘z ixtiyori bilan 2-mart kuni taxtdan voz kechdi.Petrogradda Davlat dumasining Muvaqqat komiteti tuzildi. Ishchi va soldat deputatlari Soveti saylandi. 1-mart kuni Moskvada, mart oyida butun mamlakatda yangi hokimiyat o‘rnatildi. Rossiyadagi Muvaqqat hukumatga Georgiy Lvov (1917-yil mart – iyul) va Aleksandr Kerenskiy (1917-yil iyul – oktyabr) boshchilik qilishdi.Fevral inqilobi Turkiston o‘lkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan uyg‘otishda, demokratik o‘zgarishlarga boshchilik qilmoqchi bo‘lgan yangi kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning o‘zagi bo‘lishdi.

Rossiyadagi Oktyabr to‘ntarishi hamda uning Turkiston o‘lkasiga ta’siri. 1917-yil avgust oxiri – sentyabr boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida ko‘pchilikni egalladi hamda hokimiyatni bosib olish uchun qurolli to‘ntarishga tayyorgarlik ko‘rdi. 24-oktyabrdan 25-oktyabrga o‘tar kechasi qurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltiq otining matroslari Qishki saroyga bostirib kirdi va majlis o‘tkazayotgan Muvaqqat hukumat a’zolarini qamoqqa oldi. Petrogradda ochilgan Butunrossiya Sovetlarining II syezdida bolsheviklar dastlab so‘l eserlar bilan hamkorlikda Muvaqqat hukumat ag‘darilganligini qo‘llab-quvvatlab, Tinchlik va yer to‘g‘risida dekretlar e’lon qildilar.

Vladimir Ilich Ulyanov (Lenin) boshchiligidagi hukumat – Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ni tuzdilar. Bolsheviklar Petrograd va Moskvada Muvaqqat hukumatga sodiq kuchlarning qarshiligini shafqatsiz bostirib, Rossiyaning muhim markaziy sanoat shaharlarida tezlik bilan o‘z hokimiyatlarini o‘rnatishdi 1917-yil kuzida Turkistonda hokimiyatning bolsheviklar ta’siridagi Sovetlar qo‘liga o‘tishi uchun obyektiv shart-sharoit yo‘q edi, bolsheviklarning omma o‘rtasida ta’siri ham oz bo‘lgan. Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy partiyalar edi. Biroq mana shunday murakkab siyosiy sharoitda Turkistondagi milliy siyosiy kuchlar va ularning yetakchilari bolsheviklarning kuchini yetarlicha baholamadi hamda unga qarshi kurashga birlasha olmadi. Toshkentda 1917-yil 15 – 22-noyabrda bo‘lgan Turkiston ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining III o‘lka syezdida so‘l eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat sovethukumati – Turkiston o‘lka Xalq Komissarlari Soveti tuzildi.

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: 1918-1939-yillarda Buyuk Britaniya 1918-1939-yillarda Fransiya

Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga katta siyosiy g‘al aba va obro‘ olib keldi, mustamlaka imperiyasi yanada ken gaydi, katta reparatsiya olindi. Ammo bu g‘alaba Buyuk Brita niya uchun juda qimmatga tushdi. Urushdan oldin kreditor (qarz beruvchi) bo‘l gan Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z domi nionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi. Iqti sodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi. Ish tashlash harakati jiddiy tus oldi. Ishchilar ish haqining oshiril ishi va ish kunining qisq artirilishini talab qildilar. Shund ay sharoitda shaxtyorlar ish haq ining kamaytirilishi Buyuk Brit aniya tarixidagi eng katta ijti moiy mojarolardan biri – 1926-yil mayda ishchilarning umumiy ish tashlashini keltirib chiqardi.Jahon iqtisodiy inqirozi Bu yuk Britaniya iqtisodiyotiga jud a katta ta’sir qilmadi. 1934-yildan boshl ab mamlakat inqirozdan chiqa boshladi. 1937-yili Buyuk Brita niya sanoatning asosiy sohalari bo‘yicha jahon iqtis odiy inqirozid an oldingi ko‘rsatkichlarga yetib oldi.

Birinchi jahon urushini Fransiya g‘alaba bilan yakunladi. U o‘zining ashaddiy dush mani bo‘lgan Ger maniyani tor-mor qildi, qit’ada boshqa jiddiy raqibi qolmadi. Ammo bu g‘alaba fransuz xalqiga juda qim matga tushdi. Bevo sita urush harakatlari bo‘lib o‘tgan Fransiya hududining uch dan bir qismidagi sanoat korxo nalari vayron qilindi. Pul keskin qadr siz lan di, Fransiya AQSHdan qarz dor bo‘lib qoldi.Urush qishloq xo‘ ja ligi, sanoat va kredit ti zimiga jiddiy zarar yetkazdi, Fransiya dunyo dagi kreditorlik pozitsiya sini qis man yo‘qot di. Kapitalning katta qis mi kredit sohasidan ish lab chiqarish sohas iga ko‘ch di. Versal shartnomasiga bi noan Fransiya Elzas va Lotaringiyani qayt arib ol di, 15 yilga Saar ko‘ mir havzasini egalladi, Ger maniya mustamlaka lari hi sobiga o‘z imperiyasini kengaytirib oldi. Uchinchi respubl ikani halok atga olib kelgan asos iy omillardan biri bo‘ldi.Tashqi siyosat. Versal shartnomasi shartlarining bajarilishi uchun kurash Fransiya tashqi siyosatida markaziy o‘rinni egallaydi. 1938-yil kuzida Eduard Dalad’e h ukumati Buyuk Britaniya bilan birga Chexo slovakiyani fashistik Germaniyaga topshirgan Myunxen ke lishu vini ma’ qulladi.

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: 1918-1939-yillarda Amerika Qo'shma Shtatlari

1924 – 1929-yillari jadal rivojlangan AQSH iqtisodiy jihatdan duny oning eng rivojl angan mamlakati-

ga aylandi. AQSHda iqtisodning eng yangi sohalari: elekt ro te xnika, kimyo, aviat siya, neft sanoa ti,avtomo bil soz lik, kino sanoa ti, radio tex nika jadal rivoj landi. Kir yuvish mashin alari, sovitkichlar, fotoapparatlar, p ate fon va radiopri yomniklar ommav iy ishl ab chiqarila boshlandi. 1920-yillar o xirig a kelib har ikki amerikalikning b ittas ida radiopriyomnik bor edi. Shu yillari yo‘lovchi aviatsiyasi davri boshlandi. Shunday sharoitda 1928-yili kongresga bo‘lib o‘tgan saylov larda yana respublikac hilar g‘alaba qozondi. Ular partiyasidan prezidentlikka nomzod Ger bert Guver 1929-yil yanvarda AQSHn ing navbatdagi prez identi qilib saylandi. Ammo Amerikacha gull ab-yashnash va ilg‘or kapit alistik maml akatl ar iqtisod iyoti ning bo‘sh tomoni ham bo‘lib, u doimiy yuz berad igan inqir ozlarda namo yon bo‘ladi. 1929-yil 24-ok tabrda Nyu-York fond birja sida bosh langan inqiroz tufayli barqar or riv ojlanish davri tugadi. AQSHning ortidan butun kap italistik dunyo jahon iqtisodiy inqir ozi girdobiga Tashqi siyosat. 1920 – 1930-yillari AQSHn ing tashqi siyos atida juda muhim voqealar unchalik ko‘p bo‘lmadi. Ammo inqiro z tashqi siyosatga ham ta’sir ko‘rsatdi. 1933-yili Sovet Ittifoqi bilan diplo matik munosabatlar o‘rnatildi, shu yillari neytralitet haqid a hamda urushayotg an davla tlarga qurol yetkazib berish va kredit ajratishni taqiql ash to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bu paytda Ispaniyada fuqarolar urushi ketayotgan edi va AQSH neytralitetga qat’iy rioya qildi. Ikkinchi jahon urushi boshl anguncha izolatsionizm AQSH hukumatin ing ustuvor siyosati bo‘lib qoldi. Faqat 1941-yil 7-dekabr kuni Ya poniya fl oti Pyorl-Xarborga – AQSH fl oti ning Tinch okean idagi asosiy bazasiga hujum qilgandan so‘nggina AQSH Ikkinchi jahon urushiga qo‘shildi.

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: Turkiston Muxtoriyati - tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida yangi bosqich



Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topishi va faoliyati. 1917-yil 26 – 28-noyabrda Qo‘qon shahrida Butunturkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi.Turkistonni boshqarish shakli to‘g‘risidagi masala qurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala muhokamasida so‘zga chiqqanlarning ko‘pchiligi Turkistonning muxtor respublika deb e’lon qilinishi o‘lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqani va unga mos tushishini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillik e’lon qilish fikrini hamma qo‘llab-quvvatladi. Turkiston o‘lkasining turli shahar va qishloqlarida muxtoriyatni olqishlab, ko‘p ming kishilik namoyishlar bo‘lib o‘tdi. O‘sha davrda chiqqan gazetalarning yozishicha, namoyish qatnashchilarining bayroqlarida “Yashasin Muxtoriyatli Turkiston va uning hukumati!” deb yozilgan so‘zlar hilpirab turardi.Samarqandda bo‘lib o‘tgan viloyat Sovetlari syezdida yig‘ilganlar Turkiston Muxtoriyatiga qo‘shilishga qaror qildilar va Millat Majlisi tarkibiga 5 vakil sayladilar.“Ulug‘ Turkiston” gazetasining yozishicha, 1917-yil dekabrda Toshkentda 60 000 kishi ishtirok etgan miting o‘tkazildi. Munavvarqori rahbarligida uyushtirilgan bu miting qatnashchilari Muxtor Turkiston hukumatini bir ovozdan ma’qulladilar va Turkistonda endi ushbu muvaqqat hukumatidan boshqa hech qanday hukumatni tan olmaslikka qaror qilganliklarini e’lon qildilar.Qizil gvardiyachilar va dashnoqlar tomonidan muxtoriyat hukumatining tor-mor qilinishini. Qo‘qondagi ommaviy qirg‘inlar. O‘lkadagi ilk demokratik va xalqchil hukumat bo‘lgan Turkiston Muxtoriyatining faoliyati, afsuski, uzoqqa cho‘zilmadi. Bolsheviklar va Toshkent Soveti (rahbari: Ivan Tobolin) unga katta xavf deb qaradilar hamda zudlik bilan tugatishga harakat qildilar.Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda 1918-yil 19 – 26-yanvarda bo‘lib o‘tgan IV syezdida Turkiston Muxtoriyati hukumatini kuch bilan tugatishga qaror qilishdi. Turkiston o‘lka XKS 1918-yil 30-yanvar kuni harbiy harakatlarni boshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil gvardiyachilardan tashqari armanlarning “Dashnoqsutyun” partiyasi a’zolaridan tuzilgan qurolli drujinalardan ham keng foydalandi. 30-yanvar kechqurun Toshkentdan yuborilgan dastlabki harbiy otryadlar Skobelevdan Qo‘qonga to‘p va pulemyotlar bilan yetib keldi. 31-yanvar tushdan keyin jang harakatlari boshlandi. 15-fevralda esa shaharda yong‘inlar bo‘ldi. Dastlabki jangda muxtoriyatning milliy qo‘shinidan tashqari qo‘qonlik tinch aholi vakillari ham qatnashdi. Asosan bolta, cho‘kich, tayoq ko‘targan xaloyiqning soni 10 000 kishiga yetdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar sovet hukumati harbiy kuchlarining Qo‘qon shahriga qilgan hujumini uch kun davomida mardonavor qaytardilar.Qo‘qon shahar mirshablar boshlig‘i Kichik Ergash qo‘rboshi 18-fevraldan boshlab amalda muxtoriyat hukumatining rahbariga aylandi. Turkiston o‘lkasi harbiy komissari Ye.Perflev boshchiligidagi piyoda, otliq va artilleriya qismlaridan iborat 11 eshelon bolsheviklarning harbiy kuchlariga madad berish uchun Qo‘qonga keldi. Shahar ustiga uch kun davomida to‘plardan yondiruvchi snaryadlar otildi. Kimyoviy qurollar ishlatildi. Qizil gvardiyachilar va dashnoqlar shaharda bosqinlar uyushtirib, uni talon-toroj qilishga kirishdilar. Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklarning qonli hujumlari oqibatida ag‘darib tashlandi

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyati boshqaruv tizimining tuzilishi va iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar

Bolsheviklarning o‘lkada yuritgan siyosati hamda Turkiston ASSR va Turkiston Kompartiyasining tashkil topishi. Bolsheviklar va so‘l eserlar musulmon aholining o‘lkani boshqarishga bo‘lgan qonuniy huquqini inkor qilib, hokimiyat to‘g‘risidagi masalani kelishib hal qilish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi va shu bilan Turkiston siyosiy hayotida milliy va demokratik kuchlarning kelgusida muxolifatga o‘tishini oldindan muqarrar qilib qo‘ydi.Markazdagi bolsheviklar rahbarlik qilgan sovet hokimiyati chekka o‘lkalar, shu jumladan, Turkistonda ham “sovet avtonomiyasi” o‘rnatishga qattiq kirishdi. Bu ishni bajarish uchun sovet Rossiyasi poytaxti Moskvadan ko‘plab partiya va sovet xodimlari Turkiston o‘lkasiga yuborildi. Sovet hukumatining rahbari V.I. Leninning buyrug‘i bilan bolshevik Pyotr Kobozev O‘rta Osiyoning favqulodda komissari qilib jo‘natildi.1918-yil 20-aprel – 1-mayda Toshkentda Turkiston ishchi, soldat, krestyan, musulmon va dehqon deputatlarining V o‘lka syezdi bo‘lib o‘tdi. Syezd deputatlari sovet Rossiyasi hukumati rahbarlari V.I. Lenin va I.V. Stalin ko‘rsatmasi asosida 30-aprelda “Rossiya Sovet federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi haqidagi Nizom”ni qabul qildi. Ushbu nizom RSFSR tarkibida Turkistonda avtonom respublika – Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkiston ASSR) tuzilganligini e’lon qildi. Syezdda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Komiteti tuzildi va Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining yangi tarkibi tasdiqlandi.Markaz vakolatli organlarining Turkistondagi faoliyati hamda ularga qarshi milliy kommunistlar va Musulmonlar byurosining kurashi. Markaz o‘z siyosatini amalga oshirish uchun maxsus komissiyalar va byurolar (Turkkomissiya, Turkbyuro, O‘rta Osiyo byurosi va b.) tashkil qilib, ularni Toshkentga jo‘natdi hamda ushbu vakolatli organlari orqali Turkiston ASSRni boshqarishga harakat qildi. Markazning bunday shovinistik va mustamlakachilik siyosatiga qarshi milliy kommunistlar va Musulmonlar byurosi faol kurash olib bordi.1919-yil mart oyida Turkiston Kommunistik partiya sining II konferensiyasida RKP (b) o‘lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) tashkil qilindi. Musulmonlar byurosi tarkibiga T.Risqulov (rais), N.Xo‘jayev, A.Muhitdinov, Y.Ibragimov, Yu.Aliyev va boshqalar kiritildi. Musulmonlar byurosi o‘z saflarida milliy kommunistlar va ayrim jadidlarni birlashtirib, sovet rejimining ham mustamlakachilik siyosatini tanqid qildi

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: 1918-1939-yillarda Germaniya 1918-1939-yillarda SSSR

Germaniya inqilobi. Germaniya Birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchradi. Urushdan keyin bu yerda inq il obiy voqealar sodir bo‘ldi. Inqi lob harbiy dengizchilar ning Kil shahri dagi qo‘zg ‘olonidan boshl andi. 1918-yil noyabrga kelib g‘alayonlar Ger mani ya ning barcha yirik shahar larini qam rab oldi. Noyabr inqilobi g‘alab a qozonib, Germaniya respubl ika deb e’lon qilindi. Fridrix Ebert boshchiligida yangi huk umat tuzildi.Ta’sis majlisiga o‘tkazilgan saylovl arda asosiy o‘rinlarni liberal va konserv ativ partiyalar vakillari egalladi.1919-yil 31-iyul kuni Veymar shahrida Ta’sis majlisi inqilobiy ommaning demokratik talablarini qoniqtiruvchi konstitutsiyani qabul qildi. Germaniya tarixida yangi – Veymar respublikasi davri boshl andi. Rur inqirozi. 1923-yili fransuzlar Ger ma niyaning Rur viloyatiga bostirib kird i. Rur inqirozi Germaniyaning o‘zida ham siyosiy norozilikl arni keltirib chiqardi. 1923-yil oxirida Yevropa mamlakatl ari ichida eng qadrsiz pul Germaniyada edi.

1918-yil martida Brest-Litovsk shahrida Germaniya bilan sulh tuzildi. Sulh nati j as ida bolsheviklar vaqtincha nafasni rostlash imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, Rossiya 5 mln. kishi yashaydigan juda katta hududidan va Qora dengiz fl otidan ayrildi, Germaniyaga katta kontributsiya to‘lash majb uriyatini oldi. Tarixchilarning ta’kidlashicha, sulh Rossiyaning butun tarixi davomidagi eng sharmandali shartnoma bo‘ldi.Fuqarolar urus hi. Ko‘pchilik tarix chilar Rossiyada Fuqa ro lar urushi 1917-yil oktabrda bols heviklar hokimiyatga kelishi bila n boshlandi va 1922-yil kuzda Uzoq Sharqda «Oq gvardiya»ning tor-mor qilinishi bilan yakunl andi, deb hisoblaydi. Fuqarolar urushining asosiy sabablari jamiyatni qayta q ur ishn ing ezgu maqsadlari bilan ularn i amalga oshirishning rad ikal usullari o‘rtasidagi nomutanosiblikdan iborat edi. Bu urushda turli xil ijtimoiy sinfl ar va guruhlar o‘zaro muammolar va ziddiyatlarni qurol kuchi bilan hal qildilar.

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: Turkiston ASSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlar. Buxoro amirligida islohotlar uchun kurash hamda qizil armiya tomonidan amir hokimiyatining ag‘darilishi. BXSRning tashkil topishi va faoliyati

Buxoro hukmdori Amir Sayid Olimxon (1881 – 1944) e’tirof etishicha, Muvaqqat hukumat Bu-xoro davlatining mustaqilligini tan olgan. Amir hukumati Afg‘oniston va boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘rnatgan. Rossiya-Buxoro munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz bergan. Buxoroda ish olib borgan Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi Rossiya hukumatining rezidenti deb ataladigan bo‘ldi. Shuningdek, Buxoro amirligi hududidagi rus manzilgohlarida ham ishchi va soldat deputatlari Sovetlari paydo bo‘lib, siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar kelib chiqqan. Bu holat Buxoro amirligidagi siyosiy ahvolga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.Yosh buxoroliklar partiyasi dastlab mavjud amirlik tuzumi doirasida

demokratik islohotlar o‘tkazish, konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish orqali amirning mutlaq hokimiyatini cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lishgan. Petrogradda 1917-yili bo‘lgan Fevral inqilobi Yosh buxoroliklar ichida kuchlar nisbatining qayta guruhlanishini tezlashtirdi. Asta-sekin isloh qilish tarafdorlari bo‘lgan eski jadidlarga Abdulvohid Burhonov-Munzim (1875 – 1934) va Sad riddin Ayniy (1878 – 1954) hamda islohot sohasida faol harakatlarni qo‘llovchi yosh jadidlarga Abdurauf Fitrat (1886 – 1938) va Fayzulla Xo‘jayev (1896 – 1938) yetakchilik qildi. Buxoro amiri Sayid Olimxon 1917-yil 7-aprelda Buxoroda turli islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Biroq, farmonni quvvatlash maqsadida Yosh buxoroliklar tomonidan poytaxt Buxoro shahrida 8-aprelda bo‘lgan namoyish amir tomonidan bostirildi. 14-aprelda farmon bekor qilindi. Yosh buxoroliklar amirlikda ta’qib ostiga olindi.Kolesovning Buxoroga bosqini va uning oqibatlari.

Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi siyosiy vaziyat keskinlashdi. 1917-yil 2-dekabrda Yangi Buxoro (hozirgi Kogon)da bo‘lib o‘tgan amirlik hududidagi rus manzilgohlari ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining II syezdida Buxoroda amirlik tuzumini ag‘darib tashlab, hokimiyatni Fayzulla

Xo‘jayev boshchiligidagi Yosh buxoroliklarga berishga qaror qilindi. Turkiston o‘lkasi XKS raisi Fyodor Kolesov boshchiligidagi 3500 kishidan iborat harbiy kuchlar 1918-yil 1-martda Yangi Buxoroga yetib keldi. Fayzulla Xo‘jayev raisligida yosh buxoroliklarning 7 kishidan iborat inqilobiy qo‘mitasi (revkom) tuzildi. 2-mart kuni Eski Buxoro shahriga hujum boshlandi. Buxoro shahri yaqinidagi Fathobodda bo‘lgan dastlabki to‘qnashuvda amir Olimxon qo‘shinlari yengilsa ham keyinchalik buxoroliklar Kolesov otryadini qurshab olishdi. Karma nadan Qorako‘lgacha bo‘lgan 170 km masofadagi temiryo‘l izlari amir sarboz lari tomonidan buzib tashlandi. Buxoroliklar shahar himoyasiga qo‘zg‘aldi. F.Kolesov 5-mart kuni kechqurun Toshkent tomonga chekinishga buyruq beradi. 17-martda Kolesov otryadi bilan Samarqandga yetib keldi.Bir necha kun davom etgan muzokaralardan keyin 1918-yil 25-martda sovet Turkistoni bilan Buxoro amirligi o‘rtasida Qiziltepa bitimi imzolandi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin