28-variant “Jismoniy madaniyat



Yüklə 39,74 Kb.
səhifə1/2
tarix15.11.2022
ölçüsü39,74 Kb.
#69168
  1   2
112697 28-variant (2)


28-VARIANT

Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi talabalari uchun “Gimnastika va uni o’qitish metodikasi” fanidan oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari bo‘lib, ularni bajarish shartlari quyidagicha amalga oshiriladi.




Jumladan variantlardagi:


1-topshiriqda; mavzuga oid reja yuzasidan vazifa tayyorlash talab etiladi.
2-topshiriqda; fanga oid berilgan 10 ta test tayyorlanadi va javobning to’g’risiga ”+” belgisi qo’yiladi.
Topshiriqga maksimal jami 30ball qo’yiladi.


1-topshiriq. Fanga oid mavzu yuzasidan reja tuzasiz va ma`lumotlar tayyorlaysiz.
Mavzu: Mashg’ulot joylari va ularni jihozlanishi
REJA:
  1. Gimnastika zallari.

  2. Gimnastika jihozlari.

  3. Gimnastika jihozlarining to‘planmasi.

  4. Jihozlar, gimnastik maydonchasi, zallar va jihozlardan foydalanish qoidalari.


Gimnastika o'quv-mashg'ulot darslari, odatda, maxsus jihozlar
bilan jihozlangan gimnastika zallarida yoki ochiq maydonchalar
(gimnastika shaharchalari)da o'tkaziladi.
Gimnastika mashg'ulotlarini zallarda o'tkazish uchun:
1. Umumta'lim maktablari, maxsus maktab-internatlari, aka-
demik litseylar, kasb-hunar kollejlari va nihoyat, oliy ta'lim muas-
sasalaridagi zallarda gimnastikaga oid jihoz, jihozlar uchun qo'-
shimcha xonalar, yo'riqchilar xonalari, yechinib-kiyinadigan xona-
lar (erkak va ayollarga), yuvinish xonalari va hojatxonalar bo'lishi
shart. Ular mashg'ulot-darsga qatnashuvchilar uchun qulay joy-
lashgan bo'lishi kerak.
Kiyinib-yechinish xonalari shug'ullanuvchilarning kiyimlari
saqlanadigan ikki qavatli javonlar (0,3x0,50 m) va o'rindiqlar
bilan jihozlangan bo'lishi lozim. Maktabiardagi majlis zallaridan
boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan jismoniy tarbiya mashg'ulotlari
o'tkazishda foydalanish mumkin.
2. Maxsus ta'lim talabalari uchun:
T/r Zal O'Ichami, m Bir paytda necha talaba shug'ullanishi mumkin
bo'yi eni balandligi
1. Kichik gimnastika zali 18 9 5,4 40 tagacha
2. Kichik gimnastika sport zali 24 12 6,0 60 tagacha
3. Klublar uchun 60—65 kishilik kichik (24x12x6) yoki o'rta (30x15x6,5) sport-gimnastika zallari mo'ljallangan bo'ladi.
Zallardan foydalanishda qo yiladigan gigiyena talablari. Sport zali, uning yordamchi xonalari supurish va yuvish uchun qulay bo'lishi kerak. Devorlar 1,75 m balandlikkacha to'g'ri va tekis bo'lishi lozim. Ular ochiq rangli bo'yoqda bo'yaladi yoki ustiga tekis va yaxlit qoplama qoplanadi.
Ship ham ochiq rangli bo'yoqda bo'yaladi. Pol kemalar palubasi singari tekis, yoriq joylarisiz qoqilgan bo'lishi kerak. Isitish asboblari ham turtib chiqmaydigan qilib, devor sathiga tekislab panjara bilan qoplanadi. Odatda, gimnastika mashg'uloti o'tkaziladigan zaldagi harorat doimiy 18—20°C saqlab turiladi, havoning namligi esa 50-60 % atrofida bo'ladi.
Mashg'ulotlar o'tkaziladigan sport zalida havoni bir soatda uch marta almashtirishni ta'minlaydigan tabiiy yoki sun'iy (havo oqimini kiritib, soe rib chiqaradigani hamda isitib turadigan) jihozlar o'rnatilishi maqsadga muvofiq.
Derazalarning nur tushadigan sathi pol sathidan 1,5 qismidan kam bo'lmasligi kerak. Derazalar poldan 1,5 m balandlikda bo'lishi darkor. Elektr nuri mayin, yetarli (pol yaqinida 150 luks yoritilgan) bo'lishi lozim.
Yechinib-kiyinish xonalari zalning yonginasida bo'ladi. Hamma xonalar muntazam supurib, yuvib, yig'ishtirilib turilishi kerak (har kuni, har bir mashg'ulotdan so'ng ho'l latta bilan artiladi va 1—2 haftada bir marta yaxshilab umumiy yig'ishtiriladi).
Gimnastika zcillafining jihozlari. Gimnastika turlari bilan shug'ullanish uchun zallarda maxsus gimnastika sportiga oid jihozlar o'rnatilishi kerak. Jihozlarning soni zalda bir vaqtda nechta sportchi shug'ullanishiga qarab belgilanadi.
Bunda mashg'ulotning mazmuni, shug'ullanuvchilarning toifasi, o'quv guruhlari (ularning tarkibi, soni) hisobga olinadi.

Zalda o'rnatilgan gimnastika devori umumrivojlantiruvchi mashqlar bajarish va tirmashib chiqish uchun qo'llaniladi. Uning balandligi 320 sm, ustunlarining orasi 100 sm. Gorizontal zina- poyalar (reykalar) ustunlarga mahkamlangan bo'ladi (101-rasm).


Gimnastika narvoni tirmashib chiqish va tirmashib o'tish mashqlarini bajarish uchun qo'llaniladi. Uning bo'yi 5 m, eni 48 sm, zinapoyalar (reykalar)ning diametri 3,5 sm, zinapoyalar oralig'i 25 sm bo'ladi.
Gimnastika o'rindig'i umumrivojlantiruvchi mashqlar, muvo¬zanat saqlash, tayanish, tirmashib chiqish va h.k. mashqlarni guruhlarga bo'lib bajarish uchun, shuningdek, shug'ullanuvchi¬larning mashqlar orasida dam olishi uchun qo'llaniladi. Uning bo'yi 4 m, eni 24 sm, balandligi 30 sm bo'ladi. Uning pastki tomonida boshidan oxirigacha eni 5 santimetrli to'rt qirrali yog'och qoqib qo'yilgan bo'ladi. Bu esa uni ag'darib qo'yib, muvozanat saqlash mashqlarini bajarishda foydalanish imkonini beradi.
Tirmashib chiqadigan arqon (yoki langarcho'pni) shipdagi to'sinlarga yoki maxsus «tirsaklaiga» osib qo'yiladi. Uning yo'g'onligi qo'l ushlash uchun qulay, uzunligi esa 4—6 m bo'lishi kerak. Foyda¬lanish oson bo'lishi uchun har yarim metr oraliqda rangli tasmalar (qiytiqlar) belgilab qo'yiladi.
Halqalar, odatda, maxsus «tirsak»larga, maktab zallarida ba'zan ship to'sinlariga (shipi baland zallarda esa ilgakka) osiladi. Ularning osilgan joyi poldan 5,5 m baland bo'ladi. Halqalarning o'zi poldan 2,5 m balandlikda, ikki halqa orasidagi masofa esa 50 sm.ni tashkil etadi. Devorga mahkamlanadigan halqalarda maxsus qulf bo'lib, ana shu qulf yordamida zanjirni devorga qoqilgan qoziqqa mahkamlab qo'yiladi.
Mashg'ulotlar oldidan halqalarning poldan qancha balandligini, ular orasidagi masofani har ikki halqaning baland-pastligini, shu¬ningdek, tasmalarning mustahkamligini, arqonlar, qayishlar hamda to'qalarning, halqalarning sirti qay holatda ekanligini tekshirish kerak.
Oyoq siltash uchun dastakli ot. Bo'yi 160 sm, eni 36 sm, dastak- lari 40—45 sm oraliqda simmetrik o'rnatilgan dastaklarning dastakli ot sathidan balandligi 12 sm, poldan balandligi esa 120 sm bo'ladi (102-rasm). Dastakli otning usti charm yoki sun'iy charm bilan qoplangan bo'ladi.
Sakrash uchun dastakli ot. Uning o'lchamlari ham yuqoridagi dastakli otdagi singari bo'ladi-yu, faqat dastaklari bo'lmaydi. Dastakli ot uzunasiga qo'yilib, tortqichlar yordamida mahkam- lanadi. U uzoqdagi va yaqindagi qismlarga (o'rtasidan) bo'lingan bo'ladi. Dastakli otning poldan balandligi 110—150 sm. Ayollar uchun bu jihoz 110 sm balandlikda ko'ndalang qo'yiladi.
«Eshak».100 sm.dan 160 sm.gacha bo'lgan balandlikda ko'ndalang yoki uzunasiga qo'yiladi, bo'yi 60 sm, qalinligi 40 sm. Uning ustiga charm yoki sun'iy charm qoplangan bo'ladi, hozirgi kunda bu gimnastik jihoz qo'llanilmaydi.
Gimnastikaga oid jihozlarni ikki kishi mashg'ulot o'tkazadigan joyga olib borib qo'ysa bo'ladi. Bunda ulardan biri dastakli otning oldiga, ikkinchisi orqasiga o'tib, har ikkisi ham oldinga qarab turadi va jihozning tanasiga yaqin joydan oyoqlaridan ushlab ko'tarib, bir xil qadam bosib yuradilar. Jihozni ko'tarayotganda yoki yerga qo'yayotganda, uni bir tomonga og'dirib turib, oyoqlarini kerak belgilarigacha chiqariladi, keyin narigi tomoniga og'dirib, qolganlari chiqariladi. Oyoqlar rangli bo'yoq bilan belgilangani ma'qul. Mashg'ulot oldidan jihozning qanchalik mahkam turganligi, qoplamasining butunligi, dastaklarining sirti (kertiklar, magneziya qotib qolgan joylari va h.k.) tekshirib ko'riladi.
Qo'shpoyalar: a) erkaklarning qo'shpoyalari (103-rasm). Yog'ochlarning uzunligi 350 sm (tuxumsimon shaklda). Yog'ochlar poyaga mahkamlab qo'yilgan moslamalar, tirgovuchlarga sharnirda biriktirilgan bo'ladi. Yog'ochlar poldan 160—170 sm balandlikda o'rnatilib, ular oralig'i 42—62 sm bo'ladi;
Yog'ochlari
b) ayollar qo'shpoyalari yer sahnidan (balandligi har xil) pastki
yog'ochi 130—150 sm, yuqori yog'ochi 190—249 sm balandlikda
bo'ladi. Yog'ochlar oralig'i 43—55 sm. Umumta'lim maktablari
o'quvcfylari uchun, ko'lami katta bo'lmagan musobaqalarda eski
ramali qo'shpoyalardan foydalanish hollari ham uchraydi. Bunday
holda qo'shpoyalarda mashq bajarishda xavf tug'diradigan bo'rtib chiqqan shikastlangan joylari bo'lmasligi kerak. Yangi zamonaviy qo'shpoyalar (104-rasm) qulayroq;
d) past (yordamchi) qo'shpoyalarning yog'ochlari yer sahnidan 130—150 sm balandlikda bo'ladi. Erkaklar qo'shpoyalarida yog'och- larni muayyan balandlikda tutib turadigan moslama (lo'kidonlar, qisqichlar, vint)lar bo'ladi. Yog'ochlarning balandligini, oralig'ini o'zgartirishda oyoq-qo'l bilan yog'ochni ushlab, ikkinchisi bilan prujinani burab chiqariladi yoki mahkamlanadi. Mashg'ulot oldidan yog'ochlar mahkamlagichlarining qanchalik mustahkamligi, tashqi sirtlarining tekisligi, shikastlanmaganligini tekshirib ko'riladi. Ko'ch- ma qo'shpoyalar omborlarda yoki gimnastika jihozlari qo'yiladigan maxsus xonalarda saqlanadi. Ularni tashishda maxsus aravachalardan foydalanish kerak.
Yakkacho'p (105-rasm) tortqichlar yordamida mustahkam- langan tik tirgovuchlarga gorizontal mahkamlangan, silliqlangan, diametri 28 mm temir tayoqdan iborat. Mashg'ulotni mavzusiga qa¬rab yakkacho'pning balandligini yer sahnidan 120 sm.dan 240 sm.gacha o'rnatsa bo'ladi. Gimnastika mashg'ulotlari bilan shug'ul- lanishni yaqinda boshlagan yosh sportchilar, mashg'ulotlarni devor yonida o'rnatiladigan yakkacho'pda o'tkazishlarini tavsiya etamiz.
Yakkacho'pning tirgovuchlari aniq vertikal, temirdan yasalgan cho'pi esa gorizontal holatda o'rnatiladi. Bunda uning hamma mahkamlagichlari, ayniqsa, poldagi ilgaklar mahkam bo'lishiga e'tiborni qaratish lozim. Yakkacho'pni tez o'rnatish uchun uni yerga (polga), tirgovuchlari o'rnatiladigan joyga to'g'rilab yotqizib qo'yiladi.
2400±2
Tortqichlari bilan troslarini tekshirib ко'rib, ikki kishi uni tik holatda ushlab turadi-da, boshqa ikki kishi tortqichlarini mahkam- laydi. Bir tomonini to'g'rilab olgandan so'ng, tirgovuchlar bilan yakkacho'pning aniq turishini e'tibordan chetda qoldirmay, tutash- tiruvchi mufta yordamida ikkinchi tomonidagi tortqichlarini tortish mumkin, jihozning kerakli balandligini tezroq aniqlash uchun tirgovuchlarga belgilar (bo'yoq bilan) qo'yiladi. Devor yonidagi yakkacho'pni o'rnatish bundan ham oson, devorga mahkamlab qo'yilgan tirgovuchga qarab ikkinchi (ko'chma) tirgovuch holati belgilanadi va tezgina o'rnatiladi.
Mashg'ulot oldidan tirgovuchlar qanchalik to'g'ri va mustah- kam turganligi, troslarning tortilish darajasi, temir tayoqning ustki tomoni tekshirib ko'riladi. Temir tayoqni mashg'ulot oldidan texnik soda eritmasi yoki benzinda ho'llangan latta bilan (moyi ketkiziladi), mashg'ulotdan keyin esa jilvir qog'oz va sochiq bilan artib chiqiladi.
Erkin mashqlar maydonchasi (gilami)ning o'lchami 12x12 m bo'lib, aylanma oq hoshiyasi bo'ladi. Hoshiya tashqarisida kamida yana 1 m qo'shimcha joy qolishi kerak. Elastik to'shama eng yaxshi qoplama hisoblanadi.
«Ko'prik»cha sakrash uchun, xoda va qo'shpoyalarda mashq bajarish uchun qo'llaniladi (106-rasm). Uning balandligi 12 sm, eni 60 sm, bo'yi 120 sm. Prujinali ko'prikcha (tramplin) balandligi
40 sm, bo'yi 120— 130 sm bo'ladi. Mashg'ulotga ko'prikcha yoki prujinasimon moslamani, odatda, oldingi chetini gimnastika to'sha- giga taqab, polga mahkam turadigan qilib, rezina yo'lagiga qo'yiladi.
Gimnastika xodasi muvozanat mashqlari bajarish uchun qo'lla¬niladi. Uning uzunligi — 5 m, qalinligi (pastdan yuqoriga) 16 sm, ustki va ostki sathining eni 10 sm. Tashqi sirti tekis va sirg'anmaydigan bo'lishi shart.
Xoda pol sahnidan 120 sm balandlikda bo'ladi. Birinchi mash- g'ulotlarda mushaklar chigilini yozish va yangi mashqlarni o'zlash- tirishda pastroq — 50 sm balandlikda yoki polga yotqizib qo'yilgan xodadan foydalaniladi.
Mashg'ulot oldidan xodaning qanchalik gorizontal va mahkam o'rnatilganligini tekshirib ko'riladi. Uning tashqi sirtiga katta e'tibor beriladi, magneziya yoki kanifol bilan tozalanadi.
Batut — ramaga rezina amortizator bilan tortib bog'langan yuqoriga sakratuvchi gorizontal to'r.
Sakrash uchun tirgovuchlar kvadrat taxta kesimlaridan iborat bo'ladi. Ularning balandligi 2,5 m. Planka (tizimcha)ning balandligi tirgovuchlar muftasidagi «panja» (turtib chiqqan joy)lar yordamida o'rnatiladi.
Tirgovuchlar (стоянки) parallel o'rnatilgan yog'ochlar bo'lib, pastdagi tirgovuchlarga (yoki har qaysisi alohida tirgovuchga) yaxshilab qotirilgan bo'ladi.
To'shaklarning bo'yi 200 sm, eni 125 sm, qalinligi 60—65 sm bo'lib, sportchining yerga kelib qo'nadigan joyiga ikki qavat qilib to'shab qo'yiladi. Ayrim paytlarda bir qavat qilib ham tashlanadi. Murakkab mashqlarni o'rganish paytlarida parolon to'shaklardan foydalaniladi.
Pastlikka sakrash maydonchasi (o'lcham 45x50 sm) ilgaklar yordamida gimnastika devorchasiga o'rnatiladi.
Musobaqa o'tkazishga mo'ljallangan gimnastika jihozlarining shakli, o'lchamlari, egiluvchanligi va polga mahkamlanadigan joylarining qayerda bo'lishi musobaqa o'tkazish qoidalarida belgilab qo'yilgan mezonlarga mos bo'lishi kerak. Umumta'lim maktab- larida, quyi jamoalarda o'tkaziladigan ommaviy (saralash toifasiga ega bo'lmagan) musobaqalarda eski jihozlardan foydalanilsa ham bo'ladi, lekin ular ishchi holatda bo'lishi shart.
. Gimnastika jihozlarining to'plamasi
Bunday jihozlarning tuzilmasi quyidagi talablarga javob bera- digan bo'lishi shart:
a) jihoz qurilmasi guruh bilan mashq qilishga imkon beradigan bo'lishi kerak;
b) o'lchamlari shug'ullanuvchilarning yoshlari, tayyorgarlik toifalariga mos bo'lishi kerak;
d) jihozlar sodda, ishonchli materialdan yasalgan, tez o'rna- tishga qulay bo'lishi kerak.
1. Bolalarning universal gimnastika jihozi. Uning ishlatiladigan qismi — g'iloflangan, los arqon.
2. Uzun yoki ko'p qurilmali yakkacho'p. Uni istalgan baland¬likda o'rnatsa bo'ladi. O'zi tirgovuchlarga o'matib qo'yilgan bir qancha temir tayoqlardan iborat bo'ladi
3. Uzun qo'shpoyalar (past yoki balandligi har xil). Tirgovuch¬larga o'rnatilgan bo'ladi (107-rasm).
4. Uzun gimnastika yog'och oti. Kigiz yoki dermantin qop-
langan yog'och qoplamadan iborat bo'ladi.
5. Ko'p qurilmali halqalar moslamasi (108,109-rasm).
6. Tayanib sakrash moslamalari (106-rasm).
Gimnastika tayoqchalari diametri 25—30 sm bo'lib, undan
mashg'ulotlarda erkaklar ham (100 sm), ayollar ham (100 sm),
bolalar ham (90 sm) foydalanadilar.
To'ldirma to'plar ichiga, asosan, qipiqlar, yung yoki boshqa
materiallar zichlab tiqilgan charm yoki sun'iy charm qoplamalardan
iborat bo'lib, uning diametri 31—40 sm, og'irligi 1—5 kg bo'ladi.
Arg'amchi chizimcha (los arqon)dan yoki rezinadan iborat
bo'lib, 2—3 m va 4—5 m uzunlikda bo'ladi.
Gantellar shakli ham, og'irligi ham har xil bo'lishi mumkin.
Og'irligi 3—8 kg keladigan dumaloq gantellar bular orasida eng
qulayi hisoblanadi.
Boshqa (ko'chma) jihozlar maydonchada yuqoridagi tavsiyalarga asosan о'rnatiladi.
Sakrash uchun va jihozlardan sakrab, yerga tushish uchun o'l- chami ko'pincha 2x3 m bo'lgan chuqur kovlab, uning ustki qismiga toza qum aralashtirilgan qipiq solib qo'yiladi. Shuningdek, yurish va yugurish yo'lakchasi, ko'chma jihozlar, jihozlar, «zaxira» yog'ochlar, ko'prikchalar va h.k.lar saqlanadigan shiypon yoki xona, musiqa as- boblari, dam oladigan o'rindiqlar saqlanadigan shiypon bo'lishi kerak.
Bolalar gimnastika maydonchasida turli yoshdagi bolalarga mo'ljallangan jihozlar ko'proq bo'lishi, ular ichida tirmashib chiqish va oshib o'tish uchun muvozanat saqlash mashqlari, turli o'yin va estafetalar uchun kerakli jihozlar ham bo'lishi lozim.
Gimnastika maydonchasida guruhlar bilan umumrivojlantiruvchi, erkin va turli mashqlar bajarishga sharoit bo'lishi darkor. Maydon- chaning bu qismini sirti (o'lchami erkin mashq bajariladigan joydan kichik bo'lmasligi lozim) qum-tuproqli (yoki yalang yer) bo'lishi zarur, chunki o't o'stirilgan joyda yomg'ir va shudring tushganda sirg'anchiq bo'lib, gimnastika mashqlari bilan shug'ullanib bo'lmaydi.
Gimnastika shaharchasi qayerda (shahar, qishloq, posyolka, sog'lomlashtirish-sport inshootida, harbiy qismlar, hordiq chiqa- rish, davolanish maskanlari va h.k.larda) joylashganligiga qarab, unda zovur, xandaq buyumlar va shu singari ayrim tabiiy va sun'iy to'siqlar bo'lishi mumkin. Gimnastika maydonchasi tevarak-atrofini э'гаЬturgan manzara tabiat bilan hamohang bo'lsa, ko'kalam- rorlashtirilsa, shug'ullanuvchilarning sog'lig'iga ijobiy ta'sir etadi, cayfiyatini ko'taradi. Maydonchaga yaqin joyda toza suvli cho'mila- ligan hovuz bo'lishi zarur. Maydoncha yaqiniga shug'ullanuvchilar iam olishi uchun o'rindiqlar qo'yiladi. Toza havoda gimnastika )ilan shug'ullanishning gigiyenik ahamiyati katta ekanligini hisobga >lib, ta'lim maskanlarida jismoniy tarbiya darslarini,«Alpomish va Barchinoy» sog'liq darajasini aniqlash mezonlarini topshirishga ayyorgarlik va boshqa sog'lomlashtirish mashg'ulotlarini iloji boricha >chiq maydonchalarda o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
6. Zallar va jihozlardan foydalanish qoidalari
Talabalar quyidagi qoidalarga rioya qilishlari kerak:
1. Jihozlarni ehtiyot qilishlari, ularni mashg'ulotga tayyorlash a darsdan keyin yig'ib qo'yishlari, polga zarar yetkazmaslik uchun hozlarni maxsus aravachalarda tashishlari.
To'qmoqlar butunlay yog'ochdan yasaladi yoki temir o'zak- dan bir uchiga tennis koptokchasi, ikkinchi uchiga esa yog'och kallak kiydirib yasaladi. Uning uzunligi 40—52 sm, yog'ochning og'irligi 400-500 g.
Koptokni nishonga uloqtirish moslamasining o'lchami 100x100 sm bo'lib, gimnastika devorchasiga ilgaklar bilan qotiriladi. Nishonning belgilanishi taxtadan yasalgan moslamaning markazi «olma» shaklida belgilanadi, diametri 18 sm, keyingi doiralarining diametri 40, 60 va 80 sm. Doiralar 1 sm enlikda oq bo'yoq bilan chiziladi.
Xavfsizlik kamari (lonja)— qo'lda ushlab va osib qo'yib qo'lla¬niladi. Osib qo'yiladiganida bitta tros bo'ladi.
Qoplama —jihozlarda (yakkacho'pda, halqalar va h.k.larda) mashq bajarganda qo'l kaftlarini ehtiyotlaydigan maxsus moslama.
Hakamlarko \rsatkichi— mashq qanday bajarilganiga qo'yilgan bahoni ko'rsatadigan maxsus moslama:
a) qo'l ko'rsatkich;
b) shtativga o'rnatilgan baho ko'rsatadigan qurilma. Umum¬ta'lim maktablarida xuddi shu maqsadda ba'zan o'quvchilar daftari qo'llanilib, uning varaqlariga 0 dan 10 gacha (butun va kasr) sonlar yozilgan bo'ladi.
5. Gimnastika maydonchasi
Gimnastika maydonchasi —gimnastika mashg'ulotlari o'tka- ziladigan maxsus gimnastikaga oid jihozlar bilan ta'minlangan joy va ko'kalamzorlashtirilgan yer uchastkasi. Maydonchaning o'lchamlari 40x26 m. Maktab yoshidagi bolalar bilan mashg'ulot o'tkaziladigan maydoncha kichikroq (35x25 m) bo'lishi mumkin. Bunday maydonchani maktab hududida, o'yingohlarda, istirohat bog'larida yoki mahalla huzurida shug'ullanuvchilar o'z kuchi bilan jihozlashi mumkin.
Maydonchalarda gimnastika shaharchasi qurishni tavsiya etamiz. Shaharcha, barcha asosiy jihozlardan, ayniqsa, osib qo'yiladigan va uzoq vaqtga mo'ljallangan — qotirilgan gimnastika mashg'ulotlari o'tkazishga mos yoki yordamchi jihozlardan tashkil topgan bitta to'plama qilib birlashtiigan gimnastika moslamalaridan iborat bo'ladi. Bir uchi yerga ko'milgan, balandligi 4,5—6,0 m, yog'och ustunga yoki temir tirgovuchlarga mahkamlab qo'yilgan gorizontal to'sin- larga halqalar, xoda, arqonlar, langarcho'plar, gimnastika devor- chalari, yakkacho'plar (past va baland) va h.k. buyumlar o'rnatiladi.

2. Magneziyani ehtiyotlab ishlatishlari, mashg'ulot tugagandan so'ng shug'ullanuvchilar yakkacho'pning temir tayog'ini, qo'sh- poyalarning yog'ochlarini, halqalarni, yog'och otning tutqichlarini magneziyadan tozalab, sochiq bilan, to'shaklarni esa ho'l latta bilan artib qo'yishlari.


3. Jihozlarni maxsus xonalar yoki taxmonlarda (isitish asbob- laridan uzoqroqda) saqlashlari.
4. Zalni har kuni supurib-sidirishlari, pol, devor, deraza tok- chalarini, eshik va h.k.larni issiq suv bilan yuvishlari, yumshoq jihozlarni (akrobatika poyandozi, erkin mashqlar gilami va h.k.larni) changyutgich bilan muntazam tozalab turishlari.
5. Mashg'ulotlar orasidagi tanaffuslarda polni ho'l latta bilan artib, zalni shamollatishlari shart.
Zalga kiraverishda quyidagilarga rioya qilinadi:
a) zalda faqat sport kiyimi va maxsus oyoq kiyimida yurish;
b) mashg'ulot vaqtida o'qituvchi (murabbiy) ko'rsatmalarini aniq bajarish, o'rtoqlariga ko'maklashish;
d) xavfsizlik qoidalarini, o'zini himoya qilish usullarini bilib olish;
e) zalga kirish va chiqishda faqat o'qituvchidan ruxsat so'rashni eslatuvchi yo'riqnomalarni osib qo'yish shart.
O'quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun jihozlarni xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda joylashtirish kerak. Gimnastika jihozlarini tashishga ko'p vaqt sarflamaslik uchun ularni saqlana¬digan joyga yaqinroq o'rnatgan ma'qul. O'quv bo'limlari (kichik guruhlar)ni bir tur mashg'ulotdan ikkinchisiga eng yaqin yo'l bilan, tez o'ta oladigan, ammo bunda boshqalarga xalaqit bermaydigan qilib joylashtirish lozim.

Yüklə 39,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin