3-bob. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi xodimlarining malaka tavsiflari 23-§. Tuman (shahar ) maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri lavozimning malaka tavsiflari



Yüklə 255,81 Kb.
səhifə1/14
tarix02.06.2023
ölçüsü255,81 Kb.
#122514
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
MTB lavozim yo\'riqnoma lotin


Maktabgacha ta’lim bo’limining
2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova
3-bob. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi
xodimlarining malaka tavsiflari
23-§. Tuman (shahar ) maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri
lavozimning malaka tavsiflari


Tartib raqami

823 1

Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi

1239

Xodimlar toifasi

Boshqaruv



  1. Lavozim vazifalari:

Maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tuman (shahar) bo’limlari, xududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, Maktabgacha ta’limi vazirligi (keyingi o’rinlarda “Vazirlik” deb yuritiladi), bo’ysunuviga qarab Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar, tuman hokimlari (keyingi o’rinlarda “ Maxalliy hokimiyat organlari” deb yuritiladi), Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalarining qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlarda Bo’limga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to’liq bajarilishini ta’minlash;
vazirlik va xududiy boshqarmalar Xay’at majlisi, ishlab chiqarish yig’ilishlarida, maxalliy hokimiyat organlari yig’ilishlarida ishtirok etish hamda ularga bo’lim faoliyati doirasidagi masalalar bo’yicha hujjatlarni tayyorlash va tizimni rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish;
hududlarda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo’lida maxalliy hokimiyat organlari, huquqini muhofaza qiluvchi va jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, jamg’armalar hamda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar bilan o’rnatilgan tartibda o’zaro hamkorliklarni yo’lga qo’yish;
hududda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o’quv-metodik faoliyatini yanada takomillashtirilishini ta’minlash;
tashkilotlarda ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratish;
tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish va keyingi faoliyatini belgilash yuzasidan hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmasi va maxalliy hokimliklarga takliflar kiritish;
tuman (shahar) lardagi foydalanilmayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarining hisobini yuritish hamda ulardan samarali foydalanish choralarini ko’rish bo’yicha boshqarma va maxalliy hokimliklarga takliflar kiritish;
tashkilotlarning yangi binolarini kurit, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, jixozlash yuzasidan boshqarmaga va mahalliy hokimliklarga takliflar kiritish, olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini nazorat qilish;
tuman (shahar)da nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish;
davlat-hususiy sherikchilik asosida va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarni qo’llab quvvatlash, ularga amaliy yordam ko’rsatish;
tuman (shahar)da maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovini oshirish, ayniqsa 6 yoshli bolalarni to’liq; qamrab olish va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash yuzasidan zarur choralarni ko’rish;
tuman (shahar)da maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogika va axborot texnologiyalarini, maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi (EMIS) ning keng joriy etilishini hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to’g’risidagi axborotlarni uz vaqtida muntazam ravishda Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritilishini nazorat qilish;
bo’lim faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilishiga rahbarlik qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yillik ish rejalarini ko’rib chiqish va tasdiqlash, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib borish;
bo’lim va uning tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari harajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish, byudjet, byudjetdan tashqari topilgan mablag’larning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan javobgarlikni ta’minlash;
tashkilotlarning yillik harajatlar smetasi, shtatlar jadvali, tarifikatsiya ro’yxatlarini belgilangan tartibda tuzilishini ko’rib chiqish, barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarining harajatlar smetasiga uning extiyojiga ko’ra mablag’ kiritilishini ta’minlagan holda tasdiqlash hamda nusxasini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga taqdim etilishini ta’minlash;
korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo’jalik shartnomalarini tuzishda bo’lim nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini ximoya qilish, shartnoma shartlarini to’laqonli bajarilishini ta’minlash;
tashkilotlarda bolalarni sanitariya qoidalari, me’yorlari va normalariga muvifiq to’laqonli ratsional va sifatli ovqatlantirish tashkil etish uchun zarur bo’lgan mablag’ni ajratish;
tashkilotlarga sifatli oziq-ovqat maxsulotlari har id qilinishini ta’minlash, bolalarni ovqatdan zahar lanish holatlarini oldini olish;
tashkilotlarda tibbiy xizmatni amalga oshirilishini nazorat qilish, zaruriy dori- darmon vositalari bilan ta’minlash hamda xududiy sogliqni saqlash bo’limlari bilan muntazam hamkorlikni amalga oshirish;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Kengashiga raislik qilish;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda davlat o’quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarning to’laqonli bajarilishida maktabgacha ta’lim tizimidagi xodimlarning mas’uliyati va javobgarligini oshirish;
bo’lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha ishchi guruxlar tashkil etish, tajribali mutaxassislarni jalb qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etilishi yuzasidan o’rganishlar o’tkazish, amaliy metodik yordam ko’rsatish va natijalarini tahlil qilish;
ilg’or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogika va axborot texnologiyalarni joriy etish;
tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ta’lim- tarbiyaviy ishlarning samarali shakllarini hamda uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etilishini ta’minlash;
tashkilotlar uchun zarur bo’lgan o’quv-didaktik, ko’rgazmali materiallar, o’yin, o’yinchoqlar, sport jihozlari va musiqa asboblari bilan jihozlashga bo’lgan ehtiyojni aniqlash hamda mavjud ehtiyoj bo’yicha boshqarmaga va xududiy moliya bo’limlariga tegishli tartibda takliflar kiritish;
ilg’or ish tajribalar o’rganilishi va ommalashtirilishi ustidan qat’iy nazorat olib borish, bo’lim mutaxassislari tomonidan metodik tavsiyalar ishlab chiqilishini nazorat qilish;
tashkilotlarni attestatsiya va akkreditatsiyadan sifatli o’tkazish bo’yicha ishlarni tashkil etish, ichki va tashki baxolash jarayonlarini sifatli tashkil etishi hamda “ONAKS” elektron platformasiga o’z muddatida joylashtirib borilishni nazorat qilish;
jamoa shartnomasi va ichki mehnat tartibi qoidalarini fan, ta’lim va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi bilan kelishilgan holda tasdiqlash;
bo’limda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, bo’lim nomenklaturasiga kiruvchi ta’lim tashkilotlarining rahbar kadrlarini yuqori turuvchi maktabgacha ta’limni boshqaruv organlariga kelishish uchun taqdim etish;
tashkilotlarning rahbar va pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha boshqarmaga buyurtma berish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etilishini nazorat qilish;
bo’lim mudiri vakolati doirasida xodimlar o’rtasidagi vazifalar taqsimotini belgilash va zaruriyatga qarab tegishli o’zgartirishlar kiritish, ish taqsimoti asosida bo’lim xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilash;
bo’lim nomenklaturasiga kiradigan lavozimlariga nomzodlarni tanlash, tayinlash, joy-joyiga qo’yish va ularga amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, zaxiraga olingan kadrlarni bosqichma-bosqich lavozimga tayyorlab borishni tashkil etish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, nomenklatura bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni tayinlash uchun xududiy boshqarmalarga taqdim etish;
tashkilotlardagi pedagoglarning kasbiy faoliyatiga bog’liq bo’lmagan turli xil ishlarga jalb qilinishini yo’l qo’yilmasligini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tizimidagi ilg’or tajribali, eng faol xodimlarning nomzodini Davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash maqsadida boshqarmaga taqdim etish;
maktabgacha ta’lim tizimidagi xodimlar o’rtasida huquqbuzarlik, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya, giyohvandlik va boshqa zararli odatlardan saqlanish, uning oldini olish choralarini ko’rish bo’yicha keng qamrovli targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirilishini ta’minlash;
bo’lim faoliyatiga tegishli barcha axborotlarni tahlill qilish, xisobotlar tayyorlash va ijro intizomini doimiy nazorat qilish;
ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlar va topshiriqlarning o’z vaqtida ijro etilishini, hujjatlar aylanishi, taxlil va nazorat qilishning yagona tizimini amalga oshirilishini ta’minlash;
o’ziga berilgan vakolatlar doirasida fuqarolarni qabul qilish, bo’limga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar hamda murojaatlarni belgilangan tartibda ko’rib chiqish, o’z vaqtida xal etish choralarini ko’rish;
tashkilotlarda sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga, bolalar xayoti va sog’lig’ini muxofaza qilish yo’riqnomasiga rioya qilinishini nazorat qilish.

  1. Bilishi lozim:

Maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun- moxiyatini, amaliyotga tatbiq etish yo’llarini;
maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasini;
boshqarma bilan faoliyat uzviyligini ta’minlashni;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo’llarini;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo’lida maxalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalari bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish usullarini;
Jamoa shartnomasi va ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan talablarga qat’iy rioya etish hamda jamoada sog’lom raqobatli ma’naviy-muxitni shakllantirishni;
sanitariya-gigiena talablariga, mehnat qonunchiligi asoslariga, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni.

  1. Malaka talablari:

kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
ta’lim yoki boshqa soxaning boshqaruv organlarida ishlagan, raxbarlik va menejerlik qobiliyatiga ega bo’lgan besh yildan kam bo’lmagan ish staji;
Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo’lganda pedagogik ish staji talab etilmaydi.


Yüklə 255,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin