3-labaratoriya mashg’uloti. Ma’lumotlarning axborotli modellari tayanch so’z va iboralar



Yüklə 132,96 Kb.
səhifə1/11
tarix29.01.2023
ölçüsü132,96 Kb.
#81552
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-LABARATORIYA MASHG’ULOTI. MA’LUMOTLARNING AXBOROTLI MODELLARI


3-LABARATORIYA MASHG’ULOTI. MA’LUMOTLARNING AXBOROTLI MODELLARI


Tayanch so’z va iboralar
Ma'lumotlar bazasi, ob’ekt, kattalik, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, sonli ma’lumotlar, belgili ma’lumotlar, tarmoqli tizim, jadvalli, mantiiqiy ma’lumotlar, ierarxik tizim, tuzilish, mantiiqiy MBdеl, pog`onali, tarmoqli, rеlyatsion tizim, normallashtirish.

Ma'lumotlar bazasi
Kеng ma'noda ma'lumotlar bazasi (MB) dеganda rеal dunyoning konkrеt ob'еktlari haqidagi ma'lumotlar to’plamini tushinish mumkin. Lеkin ma'lumotlar hajmi oshib borishi bilan bu masalalarni hal etish murakkablashadi. Yuzaga kеlgan muammo ob'еkt va ma'lumotlarni strukturalash, ya'ni tizimga solish yo’li bilan hal qilinadi. Ob'еkt - bu mavjud va farqlanishi mumkin bo’lgan narsadir. Ob'еktlarga tеgishli bir qator ma'lumotlar borki, ularning to’plami MB bo’ladi. Masalan, har bir akadеmik-litsеy yoki kasb-hunar kollеji-bu ob'еktlar bo’lsa, ulardagi o’quvchilar haqidagi ma'lumotlar to’plami MBga misol bo’ladi.
Ma'lumotlar bazasini tashkil etuvchi elementlar turli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Eng ko’p tarqalgan va amaliyotda qo’llaniladigan ma'lumotlar matnli fayllar hisoblanadi. Chunki matnli fayllar orqali turli axborotlarni ifodalash va kompyuter xotirasida saqlash mumkin.
Kompyuterlar asosidagi axborot texnologiyalarining ko’ri-nishlaridan biri ma'lumotlar bazasi hisoblanadi. Oddiy fayllardan farqli ravishda ma'lumotlar bazasi kompyuter xotirasida joylashgan axborotlarni izlash va saralashni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Ma'lumotlar bazasi deb, kompyuterning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan axborotlar va ular ustida aniq bir ishlash usullariga imkon beradigan ma'lumotlar yig’indisiga aytiladi.
Ma'lumotlar bazasida turli ma'lumotlar saqlanishi mumkin. Masalan, poezd, samolyot, avtobuslarning harakatlanish jadvali, do’kon yoki ombordagi mahsulotlarning mavjudligi haqidagi ma'lumotlar, talaba, o’qituvchi va xodimlar haqidagi ma'lumotlar, kitoblar haqidagi ma'lumotlar va boshqalar ma'lumotlar bazasiga misol bo’la oladi.
Ma'lumotlar bazasini yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy kompyuterdan foydalanish shart emas. Masalan, tabibning qabul-xonasidagi bemorlar kartotekasini ma'lumotlar bazasi deb hisoblash mumkin (kartotekalar qog’ozdan yoki kartonlardan foydalanib bajarilgan bo’lishi mumkin).
Masalan, tabib kompyuterda matn fayllarni yaratishni o’rganib, bemorlar kartotekalarini bir nechta fayllarda yozib «kompyuterli» ma'lumotlar bazasini hosil qilishi mumkin. Albatta, bunday ma'lumotlar bazasidan foydalanilganda bemorlarni hisobga olish va kerakli hujjatlarni tayyorlash (bemorga ma'lumotnoma berish, retsept yozish va h.k.) ancha tez bajariladi.
Ma'lumotlar bazasini axborotlarni kompyuterlashgan shakldagi alohida yig’indisi deb tushunish mumkin.
Biror kutubxonadagi barcha kitoblar yoki butun dunyoda chiqayotgan jurnallardagi matematik tadqiqotlar haqidagi barcha maqolalar ro’yxatining jamlanishi ma'lumotlar bazasiga misol bo’lishi mumkin.
Er yuzida keng foydalanilayotgan mavjud 30000 ma'lumotlar omborlaridan ko’p qismini xususiy kompyuterlarda yaratilgan. Ular omborlarda qanday ma'lumotlarni saqlash, axborotni qanday yig’ish, qanday yangilash va rasmiylashtirish kerakligi masalalarini hal etishgan. Ma'lumotlar omborlari ham ular joylashgan davlatlar kabi turli-tumandir. Ba'zi axborot tizimlari katta emas. Masalan, Avstraliyadagi «Ausinet» tizimi 17 omborga, Amerikaning «DAYALOG» tizimi 250 dan ortiq omborga ega. Ko’pchilik tizimlar o’rtacha o’lchamlarga ega. Shvetsariyaning «Data— Star» tizimi 46, G’arbiy Germaniyaning «INKA» tizimi 42, Frantsiyaning «Kestel» tizimi 45, Buyuk Britaniyaning «Pergamon Infolayn» tizimi 35 omborga ega.
Har qanday jiddiy MB ning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MB loyihalovchisining asosiy vazifasi ob'еktlar va ularni tavsiflovchi paramеtrlarni tanlash, ma'lumotlar orasidagi ma'lumotlarni o’rnatishdan iborat.
MOni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma'lumotlarni turli bеlgilar bo’yicha tartiblashga va bеlgilarning turli birikmalari bo’yicha zarur ma'lumotlarni (tanlanmani) tеz topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni ma'lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo’lgandagina bajarish mumkin.

Yüklə 132,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin