Tayanch tushunchalar: populyatsiya tuzilmasi, elementar (boshlang’ich sodda), ekologik va jo’g’rofik populyatsiyalar, invazion populyatsiya, normal populyatsiya, regressiv populyatsiya, populyatsiya dinamikasi, biotik potensial, monosikl, polisikl
Hаr qаndаy tur pоpulyatsiyalаr tizimidаn tаrkib tоpаdi. Uning tuzilmаsini esа individlаrning hаrаkаtlаnishi yoki mа’lum hududgа bоg’liqlik dаrаjаsi, tаbiiy to’siqlаrni еngib o’tа оlishi kаbi biоlоgik хususiyatlаri bеlgilаb bеrаdi.
Populyatsiya—bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhi bo’lib, ular ma’lum joyda uchraydi va ko’p hayotiy belgilarga ega bo’ladi. Shu belgilar butun guruhning doimiy funksiyalari hisobini aks ettiradi. Populyatsiya a’zolarining hayotiy belgilari: tur vakillari qalinligi, tug’ilishi, o’lishi, yosh bo’yicha taqsimlanishi, organizmning biotik potensiali, ma’lum hududda tarqalishi va o’sish xillaridir. Populyatsiya genetik xususiyatlarga ham ega bo’lib, bu holati organizmning to’g’ridan-to’g’ri ekologik moslashishi, qayta ko’payishi va turg’unligiga bog’liq, ya’ni, uzoq vaqt nasl qoldirish qobiliyatini saqlab qolishidir.
Populyatsiya «biologik» va «guruhlik» xususiyatiga ega bo’ladi. Biologik xususiyatlariga: populyatsiya a’zolarining hayot sikli, o’sishga qobiliyati, farqlanishi va o’zining son-sifatini ushlab turish xususiyatlari kirib, ular populyatsiyani hosil qiluvchi organizmlarga taalluqlidir. Populyatsiya o’ziga xos ma’lum biologik tashkiliy tuzilishlarga ega. Populyatsiya belgilari ularning tuzilishi va sonlarining nisbati bilan bog’lanadi va umumiy genetik xususiyatlari bilan ham harakterlanadi.
Populyatsiyalar bir-birlari bilan asosan ekologik aloqalar orqali bog’lanib turadi. Populyatsiya ichidagi asosiy qonun – bu muhitdagi juda oz, chegaralangan zahiralardan foydalanib, kelajakda avlod qoldirishdan iboratdir. Bunday holat populyatsiya a’zolari miqdorining o’zgarishi, tur vakillarining o’z sonini boshqarib turishi orqali amalga oshiriladi.
Populyatsiyaning guruhlik xislati: 1) Tur vakillarining ma’lum hududdagi umumiy soni: 2) Ma’lum mavdon uchun tur vakillarining o’rtacha soni, populyatsiya qalinligi va makonda populyatsiya a’zolarining massasi; 3) Tug’ilish ma’lum vaqt ichida tur vakillaridan hosil bo’lgan yangi vakillar soni; 4) O’lish ma’lum vaqt ichida populyaisiya ichidagi o’lgan a’zolar darajasi; 5) Populyatsiyaning o’sishi—tug’ilish va o’lish o’rtasidagi farq bo’lib, bu farq salbiy yoki ijobiy bo’lishi mumkin: 6) O’sish teziigi ma’lum vaqt ichida populyatsiya a’zolari sonining o’rtacha o’sish tezligidir.
Populyatsiya—bu biologik birlik bo’lib, aniq tuzilish, funksiya va makonda taqsimlanish qobiliyatiga egadir. Populyatsiyaning funksiyasi boshqa biologik sistemalarga o’xshash: o’sish, rivojianish, ko’payish, tur vakillarining sharoilga moslashishi va yashab qolishini ta’mmlash kabi xususiyatlardir.
Populyatsiya klassifikatsiyasi. Populyatsiyani klassifikatsiyalashda bir necha prinsiplarga amal qilinadi, populyatsiyaning makonda tarqalishini prof. N.P. Naumov (1463) quyidagicha farqlaydi: elementar (boshlang’ich sodda), ekologik va jo’g’rofik populyatsiyalar. Ularning qisqacha ta’rifi quyidagicha:
1) Elementar populyatsiya bu uncha katta bo’lmagan, bir xil joy da uchraydigan tur vakillarining yig’indisi. Agar biogeotsenoz ichida yashash sharoiti har xil bo’lsa. populyatsiyalarning soni ko’p boladi va ko’p sonli populyatsiyalar hosil qiladi. Bir xil sharoilda bunday holat kam bo’ladi;
2) Ekologik populyatsiya sodda, elementar populyatsiyalar yig’indisidan hosil bo’ladi. Ular ma’lum hiogeolsenozdan, tur ichidagi guruhlardan yuzaga keladi. Masalan, olmaxonning «qarag’ay», «qora qarag’ay», «oq qarag’ay» kabi populyatsiyalari uchraydi. Lekin, bu populyatsiyalar bir-biridan keskin chegaralanmaydi, ular o’rtasida genetik informatsiya tez-tez o’tib turadi:
3) Jo’g’rofik populyatsiya – ekologik populyatsiyalarni o’z ichiga oladi, bir xil jo’g’rofik sharoit va hududda uchraydi. Lekin jo’g’rofik populyatsiyalar yetarli darajada bir-biridan chegaralangan bo’lib, o’lchamlari, ko’payish qobiliyatlari, ekologik moslashishlari, fiziologik va xulqiy xususiyatlari bilan farqlanadi.
Pоpulyatsiyaning jins tuzilmаsi. Pоpulyatsiyaning jins tuzilmаsi turli yoshdаgi guruhlаrdаgi erkаk vа urg’оchi individlаrning sоn jihаtdаn nisbаtidir. Pоpulyatsiyadаgi jinslаr nisbаti, birinchidаn, jinsiy хrоmаsоmаlаrning qo’shilishi bilаn, ya’ni gеnеtik qоnuniyatlаrgа bоg’liq bo’lsа, ikkinchidаn, mа’lum dаrаjаdа tаshqi muhit hаm tа’sir etishi mumkin.
Pоpulyatsiyaning yosh tuzilmаsi. Pоpulyatsiyaning yosh tuzilmаsi qаytа tiklаnishning jаdаlligi, nоbud bo’lish dаrаjаsi vа nаsllаr gаllаnishining tеzligi kаbi muhim jаrаyonlаrni ifоdаlаydi.
O’simliklаr pоpulyatsiyasining yosh tuzilmаsi. Fitоtsеnоzdаgi muаyyan turlаrning, hаr хil hоlаtlаrdаgi individlаrning yig’indisi tsеnоpоpulyatsiya dеb аtаlаdi. Uni аgаr gulli o’simliklаr misоlidа ko’rаdigаn bo’lsаk, ungа tuprоqdа (yoki uning yuzаsidа) o’z hаyotchаnligini yo’qоtmаgаn urug’lаr, nihоllаr vа hаr хil yoshdаgi individlаr kirаdi.
Pоpulyatsiyaning yosh tuzilmаsi o’simlik vа hаyvоnlаrdа hаm bir nеchа оmillаrgа bоg’liq. Birinchi nаvbаtdа bаlоg’аtgа, vоyagа еtish vаqti, umr ko’rish muddаti, ko’pаyish dаvri muddаti, аvlоdlаr dаvоmiyligi, оtа-оnаsidаn bir vаqtdа tug’ilаdigаn individlаrning bunyodgа kеlish muddаti, hаr хil jins vа yoshdаgi individlаrning nоbud bo’lish хаrаktеri, pоpulyatsiyaning sоn jihаtdаn o’zgаrib turish dinаmikаsi kаbilаrgа bоg’liq.
O’simliklar populyatsiyasining yoshiga qarab tuzilishi. O’simliklarda senopopulyatsiyaning taqsimlanishi – bu ma’lum fitotsenoz ichidagi guruhlar yoshi nisbatidan kelib chiqadi. O’simlik yoshini absolyut yoki kalendar yoshi bilan aniqlash qiyin, chunki o’simlik bir kalendar yoshda har xil yosh holati(bahorda unish, ko’karish, barg chiqarish, gullash; yoz faslida urug’ tugish, pishish va h.k.)da bo’ladi.
O’simliklarning siklik rivojlanish yoshlari (davri) urug’dan urug’gacha, ya’ni: urug’ => zarodish ==> o’simta (yuvenil davr, mustaqil oziqlanishga o’tish) =* immatur holat (o’simlikning hamma belgilari hosil bo’lgan, shakllanishning boshlanishi) => turning hamma xislati yer usli va yer osti qismlarida yuzaga kelgan => yosh generativ organizmlarning rivojlanishi ==> urug’, mevaning hosil bo’hshi => o’simlikning generativ funksiyalari (o’sish. massa hosil qilish) pasayishi => so’lish, qurishning boshlanishi => ikkilamchi yuvenil belgilar (gullash, barg, novda chiqarish, masalan, olma, behi, paxta)ning hosil bo’hshi => o’simlikning tinchlik davriga o’tishi (urug’ning hosil bo’lishi), ko’p yilliklar esa tinchlik davriga o’tishidan iborat.
O’simliklarning katta-kichikligi bir yosh guruh ichida turli harakatchanlikni aks ettiradi. O’simlikning vegetativ va generativ organlari yaxshi rivojlangan bo’lsa, u hayotchan, rivojlanish uchun energiya to’plagan, tashqi muhit omillariga chidamli bo’ladi.
O’simliklar areali ichida populyatsiyaning jinsiy tuzilishi ancha doimiydir. Lekin tashqi muhitning, uning ekoiogik omillarining o’zgarishi bilan jinslar nisbati o’zgarib turishi mumkin. Ayrim o’simliklara jinsning o’zgarishi (Ansaema japonica) oziq moddalarning to’planishi bilan bog’liq bo’ladi. Katta yer osti tugunaklarida onalik gullari, mayda tugunaklardan esa otalik gullari o’sadi.
Tabiiy populyatsiyalarning yosh va jins bo’yicha tuzilishida asosiy boshqaruvchi rolni abiotik omillar o’ynaydi. Ularning o’zgarishi bilan populyalsiya tarkibi, yoshi, jinsi, soni, qalinligi va tarqalishi o’zgarib turadi.
Hayvonlar populyatsiyasining yoshiga qarab tuzilishi. Hayvonlarning ko’payish xususiyatlariga ko’ra, ularning populyatsiya a’zolari bir yoki bir necha generatsiyaga taalluqli bo’lishi mumkin.
Turli generatsiyalardan hosil bo’ladigan tur vakillari ikki: hayotda bir marta va ko’p marta ko’payadigan guruhlarga bo’linadi. Hayotda bir marta ko’payadigan hayvonlarga hasharotlardan xonqizi kiradi. Har yili bir generatsiyadan keyin o’z hayot siklini tamomlaydi, nobud bo’ladi, uning o’rnini yangi generatsiya egallaydi.
Qayta ko’payadigan turlar populyatsiyasida yosh bo’yicha tug’ilish ancha murakkabdir. Bunga sabab: 1) Tur vakillari balog’atga yetgan vaqtda qisqa yashaydi. 2) Balog’atga yetgan vakillar uzoq yashaydi va ko’p martalab ko’payadi. Birinchi holatda har yili populyatsiyaning ancha qismi almashadi, ularning soni, qalinligi turg’un emas, qulay va noqulay sharoitli yillari keskin o’zgarib turadi. Masalan, dala sichqon (Microtus agrestis) populyatsiyasida o’tgan yili bahorda tug’iigan vakillardan avlod paydo bo’ladi, key’in balog’atga yetish davri 1 va 2-bo’g’inda yuzaga keladi, populyatsiya butun katta-kichik avlodlar bilan qo’shilib ketadi. Kuzgi populyatsiya har xil yoshdagi vakillardan tashkil topib, qarilar nobud bo’ladi.
Populyatsiya a’zolarining yosh bo’yicha tuzilishini tahlil qilish ular sonining o’zgarishini bir necha yillar davomida kuzatish imkonini beradi. Sunday prognoz baliqchilikda qo’llanilib, ko’p yillar davomida baliq mahsulofi olishni rejalashtirish imkonini yuzaga keltiradi.
Populyatsiyaning jinsiy tuzilishi. Populyatsiya a’zolarining yosh va jinsiy tarkibi doim bir-birlari bilan bog’iiq bo’ladi. Lekin populyatsiya vakillanning hayoti va ularda jinsiy yetilish har bir lurda turlicha bo’ladi va bu holat populyatsiyaning yosh bo’yicha tuzilishiga qaramdir. Bu tuzilish qancha murakkab bo’lsa, organizmning moslashish imkoniyati shuncha yuqoridir. Organizmning yashash sharoiti va uning yoshi ta’sirida otalik va onalik vakillar jinsiy yetiladi, populyatsiyaning funksional holati harakatga keladi.
Populyatsiya vakillarining o’lim bilan farqlanishi, ularning embrional davridan boshlanadi. Masalan, ko’pchilik tumanlarda, onalardan tug’ilgan yosh vakillar ichida otalik vakillarga qaraganda onalik 1,5 barobar ko’pdir.
Hasharotlаr to’liqsiz vа to’liq o’zgаrish yo’llаri bilаn rivоjlаnаdi. Hasharotlаr to’liqsiz o’zgarish bilаn rivоjlаngаndа kеtmа-kеt uch fаzа(tuхum, lichinkаvа yеtuk) ni o’tkаzаdi. Ushbu guruhgаkiruvchi hasharotlаrning lichinkаlаri tаshqi ko’rinishi bilаn yеtuk hashаrоtgа o’хshаydi, аmmо ulаr kichikligi vаqаnоtlаrining tаrаqqiy etmаgаnligi, burt bo’g’imlаrining miqdоri kаmligi vа yanа bir qаtоr bеlgilаri bilаn fаrqlаnаdi. Lichinkа kаttа bo’lgаn sаri tеmir qanоt pаydо bo’lib, tаnаsi yiriklаshаdi, burt bo’g’imlаrining miqdоri оrtib, umumiy gаvdа ko’rinishi bоrgаn sаri yеtuk individgа o’xshab bоrаdi, To’liqsiz o’zgarish bilаn rivоjlаnuvchi hаshаrоtlаrgа chigirtkаlаr, qandаlаlаr vа shirаlаr misоl bo’lаdi. Pоpulyatsiyaning fаzоviy tuzilmаsi pоpulyatsiya mаydоnidаgi аyrim individlаr vа guruhchаlаrning tаrqаlish xаrаktеrini ifоdаlаydi.
Individlаrning uch turdаgi tаrqаlishi mа’lum: bir tеkis, tаsоdifiy vа guruhli (to’dа-to’dа). Individlаr bir tеkis tаrqаlgаndа хuddi mеvаli dаrахtlаr bоg’dа o’tkаzilgаnidеk, bir-birigа nisbаtаn bir хil mаsоfаdа jоylаshаdi.
Tаsоdifiy tаrqаlishdа individlаr bir-biridаn hаr хil mаsоfаdа jоylаshаdi. Bundаy jоylаshish pоpulyatsiyaning zichligi kаm bo’lgаn bir хil muhitdа uchrаtilаdi.
Tаbiаtdа guruhli tаrqаlish turi ko’p uchrаydi. Bundа individlаr to’dа hоsil qilib bir-biridаn turlichа mаsоfаdа jоylаshаdi.
Populyatsiyaning asosiy parametri bo’lib, uning soni, qalinligining o’zgarib turishi hisoblanadi.
Populyatsiya biologik sistema sifatida o’z-o’zini boshqarish qobiliyatiga ega. Har bir tur vakili sonining ko’payishi, qalinlik ortishining yuqori va pastki chegarasi bo’ladi. Muhit – sharoit qulay bo’lganda populyatsiya darajasi optimal ko’rsatkichda turadi.
Populyatsiyaning o’sishi uning a’zolari sonining o’sishi bilan bog’liqdir. Populyatsiya a’zolari o’zgarishi doimiy harakatdadir
Populyatsiya soni nodavriy, davriy, siklik va fasllar bo’yicha o’zgarib turadi.
Populyatsiyaning biotik potensiali - ma’lum vaqt (bir fasl, butun hayot davomida bir juft yoki bir vakil)dan hosil bo’lgan avlodlar sonini aks ettiradi.
Organizm ko’payishi – populyatsiyaning markaziy va asosiy muammolari, organizmni ko’payish jarayonida turlicha farqlanishlar kuzatiladi, ya’ni:
1. Jinsiy yetilmagan vakillarning rivojlanish tezligini to’g’ridan-to’g’ri baholashda, ko’pincha urchish vaqti cho’zilishi inobatga olinadi;
2. Organizmlar o’zidan hosil bo’ladigan hamma avlodni bir ko’payish (monotsikl)da yuzaga keltiradi yoki bir necha bor ko’payadi va har gal organizm holati, yashab qolish qobiliyati, kelasi ko’payishga imkoniyati saqlanib qoladi
3. Politsikelik. Politsikl organizmda ko’payish soni o’zgarib turishi mumkin. unday turlar turg’un sharoitda qancha ko’p (qayta-qayta) ko’paysa, avlod qolish ham ko’p bo’ladi.
4. Bir organizmdan yuzaga kelgan avlodlar har xil katta-kichiklikda bo’ladi, chunki otalik va onalik organizmlari ularga turlicha ozuqa zahiralari sarf qilgan;
5. Organizmning hayot sikllari, uning urchish aktivligi, “urchishga sarflash kuchi”, organizmning ko’payishi uchun foydalangan zahiralar miqdori va shunga ketgan vaqt orqali aniqlanadi.
Tug’ilish – tirik organizmlarning ko’payish yo’li bilan o’z sonlarini oshirishidir.
Populyatsiya a’zolari sonini aniqlash bilan ular ichidagi tug’ilish, o’lish va o’sish qonuniyatlari o’rganiladi. Ularning hammasi organizmning hayot sikllari xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday organizmlarda:
Bir yillik bir va ko’p marta ko’payish;
Bir yillik ko’p marta ko’payish yoki bir marta ko’payadigan organizm populyatsiyasi bo’ladi.
Bir yillik siklli organizmlarga AQSh, Rossiya, o’rta Osiyo tabiatida keng tarqalgan chigirtkani misol qilish mumkin.
Turkiston adirlari ekinzorlarida keng uchraydigan lolaqizg’aldoq o’simligi populyatsiyasining ko’payish davri 30 kun atrofida, har bir o’simlik faqat bir marta ko’payadi, har bir lolaqizg’aldoqning faqat bir marta reproduktiv fazasi bor, shu davrda bir vaqtda, birdan hamma urug’lari pishadi, yetiladi, o’simlik nobud bo’ladi.
Populyatisya a’zolari o’limi, ularning soni va qalinligiga bog’liq bo’ladi. Populyatsiyadagi o’lim – bu ma’lum vaqt ichida ma’lum joyda tur vakillarining o’limi, nobud bo’lishidir.
Tirik organizmlar ichida uchraydigan o’limning 3 xili kuzatiladi, ya’ni:
1. O’lim hamma yosh uchun bir xil;
2. O’limning ikkinchi xili o’simlik va hayvonlarning yosh davrida kuzatiladi va yosh vakillari ko’plab nobud bo’ladi;
3. O’limning 3-xilida populyatsiyaning balog’atga yetgan va keksa a’zolari ichida ko’plab o’lish kuzatiladi.
Tirik organizmlarning joy almashtirishi, migratsiyasi har xil bo’lib, bir hollarda yakka-yakk, guruh-guruh, aralash, poda, gala bo’lib harakat qiladi.
Populyatsiya ichidagi organizmlar o’zlari tirik vaqtlarida bir joydan ikkinchi joyga ko’p martalab migratsiya qiladi. Migratsiya davri har xil: bir soat ichida, oylab yoki yillar davomida bo’lishi mumkin.
Tirik organizmlar o’zlarining bioekologik xislatlari bo’yicha aktiv va passiv tarqaladi
Turli populyatsiyalarda o’sish tezligi turlicha bo’ladi. Populyatsiya rivojlanishidan boshlab uning qalinligiga qaramasdan o’sish tezligi yuqori, bu populyatsiya sonining ko’payishiga olib keladi. Populyatsiya a’zolarining qalinligi ma’lum darajada yetgandan keyin o’sish tezligi sekinlashadi, hattoki yo’q holatga keladi. Bunga populyatsiya ichida tug’ilish keskin kamayganligi sabab bo’ladi
Ekologlar populyatsiyaning o`sishi ustida tadqiqotlar olib borishdi. Berilgan ma`lumotlarga ko`ra, populyatsiya soni va o`sishi iqlim sharoitlariga bog`liq. Populyatsiya sonini o`sishida jinslar nisbati muhim rol o`ynar ekan. Bugungi kunda muhim muammolardan biri ayrim populyatsiyalarda individlar sonini aniqlashning murakkabligidir. Masalan: yovvoyi quyonlar populyatsiyada hamma individlarning yer ustiga chiqmasligi ular sonini aniqlashda qiyinchilik tug`diradi. Chunki quyonlarning ayrimlarigina oziq-ovqat uchun yer yuziga chiqadi. Populytsiya o`sishi va ko`payishida suv, ozuqaning kamligi, hududlarining qisqarib borishi va ba`zi resurslarning borligi, ba`zi resurslarning yetishmasligi cheklovchi omil vazifasini bajaradi.