4-Mavzu: Harakatlarga o’rgatish bosqichlari. Reja



Yüklə 21,48 Kb.
səhifə1/6
tarix23.10.2023
ölçüsü21,48 Kb.
#160000
  1   2   3   4   5   6
4-Mavzu


4-Mavzu: Harakatlarga o’rgatish bosqichlari.
Reja:

  1. Harakatlarning tavsifi.

  2. Harakat koordinatlari,harakatning yo’li, yo’nalishi, amplitudasi, tezligi, davomiyligi.

  3. Harakat tempi,ritmi.

  4. Harakat kuchi



Harakatlarning tavsifi
Jismoniy madaniyat nazariyasi, jismoniy tarbiya fanining o’qituvchilari,
mutaxassis trenerlar, jismoniy madaniyat mashg’ulotlarining faollarigina emas,
balki jamiyat a’zolarining barchasi o’zining harakat akti yoki harakat faoliyatlarini
tahlil qilibgina qolmay, kasbdoshi, tengdoshi, farzandi va boshqalarning
harakatlarini ham tahlil eta olish malakasiga ega bo’lishi davrimizning talabidir.
P.F.Lesgaftning qayd qilingan fikri o’zining mohiyatini hozirgacha ham
yo’qotgani yo’q.
Harakatlar tananing fazodagi (bo’shliqdagi) holatiga qarab, uni bajarishdagi
traektoriyasiga (yo’li), harakatning yo’nalishiga, harakat amplitudasi (og’ishi)ga
qarab; bajarish uchun sarflangan vaqti, harakatning tezligi, harakatning
davomiyligi (uzunliligi), tempi, ritmi, kuchiga qarab tavsiflanadi.
Yuqorida qayd qilingan harakat holatlarini tahlil qilish malakasiga ega
bo’lsak, harakatlarni tavsiflay olishimiz mumkin.
Tananing holati (pozasi) – bo’g’inlar, tananing qismlari (bo’laklari)ning
harakati uni fazoda harakatlanishning ma’lum elementlarini yuzaga keltiradi.
Gavda qismlarini fazoda bir tomonga og’gan, enkaygan, bukraygan, ayrim
a’zolarimizni esa yig’ishtirilganligi yoki cho’zilganligi va boshqalar holatida
kuzatamiz. Har qanday harakatlar davomida bu pozalar, turish holatlari uzluksiz
o’zgarib turishi va o’z navbatida bu organizmga yoki ayrim a’zolarimizga jismoniy
yuklamalar tushishishi bilan kuzatiladi. Bu holatlar organizmga o’z navbatida
jismoniy yukning hajmini ortishi yoki pasayishi bilan kechadi.
Tananing vertikal (tik) holati - osilish va tayanishlar, gorizontal (yotiq)
holatlari, yotiq holatdagi muvozanat saqlashlar, aralash osilishlar, tayanishlar va
boshqalar.
Tanani engashtirilgan, buklangan holatlari: tayanib yotishlar, enkaygan holda
oyoqlar bilan oldinga, orqaga, yon tomonlarga “katta qadamlar”.
Tananing ayrim bo’g’inlari harakatlari - inson jismining ajratib olingan
qismidagi ikki biologik zvenoni fazoda turish joyining o’zgarishi bo’lib, bukish va
to’g’rilashdek sodda harakat vazifalarini hal qilishga yo’nalish berishi mumkin.
Individning harakat faoliyati, uning jismi bo’g’inlaridagi harakatlar, bir vaqtning
o’zida bajariladigan, ketma-ket, qatorasiga, ohista navbatma-navbat, yoki
davomiyligi qisqa, uzun bo’lgan harakatlarga birlashishi mumkin. SHuni
xisobigagina harakatlarning eng soddasidan o’ta qiyin bo’lgan harakat vazifalarini
hal qilish imkoni yaratiladi.

Yüklə 21,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin