6-amaliy mashg’ulot mavzusi: Nafas olish yo’llari infeksiyalari va virusli infeksiyalar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/6
tarix20.02.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#52858
  1   2   3   4   5   6
6 amaliy Nafas olish yo\'llari infeksiyalari va virusli infeksiyalar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • REJA

N.A.PARMANOVA


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI BO’LIMI

TIBBIY TAYYORLOV FANI

6-amaliy mashg’ulot mavzusi:

Nafas olish yo’llari infeksiyalari va virusli infeksiyalar

REJA:

  • 1. O’tkir respirator kasalliklarning turlari
  • 2. Bug’ma, kelib chiqish sabablari
  • 3. O’tkir respirator kasalliklar bilan kasallanganlarni parvarishlash
  • 4. Yangi koronavirus (COVID-19) kasalligi

Oʻtkir respirator kasalliklar —

  • viruslar qoʻzgʻatadigan, kelib chiqishi bir-biriga oʻxshash oʻtkir infeksion kasalliklarning umumiy nomi. Nafas yoʻllari (burun, hiqildoq, kekirdak, bronxlar) shilliq pardalari, koʻz shilliq pardasi — konʼyunktivaga zarar yetishi bilan kechadi. Oʻtkir respirator kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga adenoviruslar, paragripp viruslari, rinoviruslar va boshqalar kiradi. Oʻtkir respirator kasalliklark.ning ayrim (sporadik) guruhlari koʻproq kuzatiladi, lekin ular aholining butun bir guruhini ham qamrab olishi mumkin.

Har qanday virusli infeksiya bemordan havo-tomchi (gaplashganda, aksirganda, yoʻtalganda) yoʻli orqali yuqadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi viruslar yuqori nafas yoʻllariga (burun, hiqildoqqa) tushadi, shilliq parda (epiteliy)ning tashqi qavatidagi hujayralarga kirib, ularni yemiradi, bunda qoʻzgʻatuvchilarning bir qismi nobud boʻlib, zaharli modda (endotoksin) ajratadi va organizmni zaharlaydi (intoksikatsiya). Virus saqlovchi poʻrsildoq hujayralar koʻchib tushadi va bemor gaplashganda, yoʻtalganda, aksa urganda tupuk, burun shilligʻi va balgʻam bilan havoga tushib, atrofdagilarga yuqadi. Kasallik uy anjomlari (idish-tovoq, sochiq, oʻyinchoqlar va h.k.)dan ham yuqishi mumkin. Oʻtkir respirator kasalliklarni shartli ravishda mavsumiy kasalliklar deb atash mumkin, chunki bu guruh kasalliklar kech kuz va qishda koʻproq kuzatiladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin