7. Aholi toifalari (fuqarolar, apatridlar, bipatridlar, xorijiy shaxslar



Yüklə 19,9 Kb.
səhifə1/5
tarix20.04.2023
ölçüsü19,9 Kb.
#100940
  1   2   3   4   5
farqi yuq


7. Aholi toifalari (fuqarolar, apatridlar, bipatridlar, xorijiy shaxslar (chet elliklar, sayyohlar, diplomatik personal).
Har bir inson — shu davlat fuqarosimi, chet el fuqarosimi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsmi — bundan qat’i nazar, o‘zi istiqomat qilayotgan davlat hududida shu davlat bilan muayyan huquqiy aloqada bo‘ladi. Barcha insonlar istiqomat qilayotgan shu davlat qonunlariga, ijtimoiy va huquqiy tartibiga to‘liq rioya qilishlari lozim.
Shaxsiy ustunlik deganda, davlatning o‘z aholisi hisoblangan barcha shaxslarga nisbatan oliy hokimiyat kuchiga egaligi tushuniladi. Har qanday davlat aholisi o‘z huquqiy maqomi bo‘yicha quyidagi uchta muhim toifaga bo‘linadi:
1) fuqarolar;
2) chet elliklar;
3) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Fuqarolik jismoniy shaxs bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilab beruvchi huquqiy munosabatdir. Agar federal davlat qonunchiligida federal fuqarolikdan tashqari, federatsiya sub’ekti fuqaroligi ham ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda xalqaro-huquqiy tartibga solish doirasida faqat federal fuqarolik hisobga olinadi. Bu, jumladan kanton va obщina (jamoa)lar fuqaroligi mavjud bo‘lgan Shveysariya fuqaroligiga, shuningdek ayrim respublikalari (Tatariston, Boshqirdiston) o‘zining alohida fuqaroligini joriy etgan Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga tegishlidir.
8. Fuqarolikni olish va yo‘qotish tartibi
Fuqarolikka ega bo‘lishning ikkita asosiy usuli mavjud.
Birinchisi: filiatsiya, ya’ni birlamchi usul bo‘lib, bunda fuqarolikka ega bo‘lish huquqi tug‘ilish bilan birga paydo bo‘ladi.
Ikkinchisi: naturalizatsiya usuli deb ataladi va ushbu hosila usuliga ko‘ra, boshqa bir davlat fuqarosi yoxud apatrid (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) hisoblangan shaxslarga fuqarolik beriladi.
Fuqarolarning aksariyat qismini tug‘ilishiga ko‘ra fuqarolar tashkil etadi. Fuqarolikka ega bo‘lish to‘g‘risidagi qonunchilikning ikkita prinsipi ma’lum: qon huquqi (jus sanguinis) va tuproq huquqi (jus soli). Birinchi prinsipga muvofiq, shaxs tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, ota-onalari fuqaroligiga ega bo‘ladi. Ota va ona turli fuqarolikka ega bo‘lgan hollarda ushbu masala milliy qonunchilikka muvofiq va ko‘pincha ota-ona roziligi asosida hal etiladi. Tuproq huquqi prinsipiga ko‘ra, shaxs qaysi davlat hududida tug‘ilgan bo‘lsa, o‘sha davlatning fuqaroligiga ega bo‘ladi.
Amaliyotda ana shu ikki prinsipning muayyan jihatlarini o‘zida birlashtirgan aralash tizimlar tobora keng tarqalmoqda. Masalan, RFning 1991 yil 28 noyabrdagi «Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, fuqarolikka qon huquqi prinsipi asosida ega bo‘linadi, bola qayerda tug‘ilganligidan qat’i nazar, ota-onasi fuqaroligini oladi (14-modda). Ammo ota-onalar hech qanday fuqarolikka ega bo‘lmagan hollarda tuproq huquqi prinsipi qo‘llanilishi mumkin (17-modda). «Tashlandiqlar», ya’ni ota-onalari noma’lum bolalar ham xuddi shu asosda fuqarolikka ega bo‘ladi (16-modda). Ota-onalari noma’lum bolalarning mahalliy fuqarolik prezumpsiyasi ko‘pchilik davlatlarga xosdir.
Naturalizatsiya, asosan, shaxsning arizasiga ko‘ra fuqarolikka qabul qilinishi, demakdir. Naturalizatsiyaning boshqa xil ko‘rinishlari — asrab olish, optatsiya, ko‘chish, davlat xizmatiga o‘tish kabilar. Ko‘pincha chet ellik shaxs bilan nikohga o‘tish hollarida fuqarolikka ega bo‘lish muammoga aylanadi. Ilgari qabul qilingan tartibga ko‘ra, bunday hollarda ayol o‘z fuqaroligini yo‘qotar va erining fuqaroligiga ega bo‘lardi. Hozirgi kunda davlatlarning aksariyat ko‘pchiligi jinsiy tenglik pozitsiyasini ma’qullagan holda, ayolning bunday nikohga kirishi uning fuqaroligiga ta’sir qilmasligi qoidasiga asoslanmoqda. Shu bilan birga, nikohga kirish chog‘ida fuqarolikka ega bo‘lishning imkon qadar soddalashtirilgan tartiblari ko‘zda tutilayotir. Masalan, «Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, nikohga kirishda RF fuqaroligiga ro‘yxatdan o‘tish bilan ega bo‘lish mumkin.
Bunday amaliyot 1957 yildagi Turmush qurgan ayol fuqaroligi to‘g‘risidagi konvensiyaga mos bo‘lib, unga ko‘ra, nikohga o‘tish va shuningdek nikohni bekor qilish ayolning fuqaroligiga hech qanday ta’sir etmaydi. Chet ellik xotin soddalashtirilgan tartib bo‘yicha o‘z erining fuqaroligini olishi mumkin.
Fuqarolik tegishli shaxsning xohish-istagisiz berilmasligi kerak. Majburiy tarzda fuqarolik berilishi — tegishli shaxs o‘zi fuqarosi bo‘lgan davlat tomonidan diplomatik himoyaga olinishi uchun yetarli asos hisoblanadi. Ba’zan qonunchilik qaysidir shaxsning alohida xizmatlarini munosib taqdirlash maqsadida, unga o‘z fuqaroligini berishni ham ko‘zda tutishi mumkin.
Fuqarolikka ega bo‘lishning alohida turi — reintegratsiya bo‘lib, u ilgari yo‘qotilgan fuqarolikning qayta tiklanishidir. Ko‘pchilik mamlakatlar huquqida fuqarolikni tiklashning soddalashtirilgan tartiblari mavjud.

Yüklə 19,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin