8-Mavzu: Qo‘ychilik. Qo‘ychilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja



Yüklə 35,98 Kb.
səhifə1/8
tarix14.12.2023
ölçüsü35,98 Kb.
#178168
  1   2   3   4   5   6   7   8
8-mavzu


8-Mavzu: Qo‘ychilik. Qo‘ychilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari
Reja :

  1. Qo‘ychilikning ahamiyati

  2. Qo‘ylarning biologik xususiyatlari

  3. Qo‘ylarning mahsuldorligi

  4. O‘zbekistonda urchitiladigan qo‘y zotlari



Tayanch iboralar : qorako‘l, po‘stin, barra, teri, dag‘al, mayin, yarim dag‘al, yarim mayin, jun, bo‘ltak, go‘sht, sut, pepsin, o‘g‘it
1-masala.
Qo‘ychilik chorvachilikning muhim tarmog‘i hisoblanadi. Ulardan jun, qo‘y- po‘stin, mo‘ynabop, qorako‘l, charmbop teri, sut va go‘sht olinadi. Bundan tashqari ularning qator so‘yim mahsulotlaridan meditsina va veterinariya dori-darmonlari tayyorlanadi. Go‘ngi esa mahalliy o‘g‘it sifatida foydalaniladi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan junning 95 %, go‘shtning qariyb 10% va qorako‘l terilar qo‘ychilikka to‘g‘ri keladi.
Mamlakatimizda 16 milliondan oshiqroq qo‘y va echki bo‘lib, mustaqillik yillari sohani rivojlantirishning katta imkoniyatlari yaratib berildi. Soha to‘liq xususiylashtirildi, ishlash uchun barcha huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlar barpo etildi. O‘zbekistonda qo‘ychilikni rivojlantirishga katta imkoniyatlar mavjud, chunki yetarli sahro, cho‘l, tog‘ va tog‘ oldi yaylovlari mavjud. Sohani rivojlantirish bilan mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal qilish mumkin, ya’ni sahro, cho‘l, dasht va tog‘ hududlarida odamlarni ish bilan ta’minlash, hamda ko‘p, arzon va sifatli mahsulot yetishtirish mumkin.
Qo‘ylarni faqat yirik ixtisoslashgan xo‘jaliklardagina urchitib qolmasdan, kichik xo‘jaliklar, fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda jadal rivojlantirish choralarini ko‘rish kerak.


2-masala. Qo‘ylarning biologik xususiyatlari
Qo‘ylarning asosiy biologik xususiyatlaridan ularning yuqori jun va go‘sht mahsuldorligi hisoblanadi. Ularning eng nodir xususiyatlaridan biri ularning barcha tuproq va iqlim sharoitlarida yashash va mahsulot berish xususiyatidir. Qo‘ylar yaylov hayvoni bo‘lib turli xil yaylovlarni ayniqsa, kambag‘al yaylovlardan ham o‘t topib yeyish imkoniyatiga ega. Bu borada ularning yupqa, harakatchan lablari nafaqat mayda o‘tlar, balki to‘qilgan barg va gullarni ko‘tarib yeyishini ta’minlaydi. Ayniqsa, ular dag‘al oziqalarni yeyish va yaxshi hazm qilishi bilan boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlaridan ustun turadi. Shuning uchun ularni oziqlantirishda yem va shirali oziqalardan kam foydalanishni taqozo etib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning arzon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Qo‘ylarning tanasi mustahkam bo‘lib, oyoqlari ingichka va kuchli, tuyoqlari qattiq bo‘lib yaylovlarda yurishga moslashgan.
Sahro va cho‘l hududlarida urchitiladigan qo‘ylarda dumba va dumida (qorako‘l qo‘yi) yog‘ zaxiralarini to‘plash xususiyati bor. Ushbu zaxiralarni qo‘ylar to‘yimli moddalar va suv yetishmagan paytda tanasi uchun foydalanadi.
Qo‘ylarning bo‘g‘ozlik davri qisqa bo‘lib, 150-155 kunni tashkil etadi, shuning uchun yaxshi oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratib bergan xo‘jaliklarda (fermer, dehqon, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar) bir yilda ikki marta to‘l olishni tashkil qilish mumkin (go‘sht-yog‘ qo‘ychilikda).
Sovliqlar serpusht bo‘ladi, ya’ni ular ichida 2-3 ta qo‘zi tug‘adiganlari ko‘plab uchraydi, yoki har 100 bosh sovliqdan 110-120 bosh qo‘zi olish mumkin.
Qo‘ylarda boshqa hayvonlarda uchramaydigan ulkan xislat bo‘lib, ular hayotining birinchi kunidan boshlab (qorako‘l teri) bozorbop mahsulot berish xususiyatiga ega.
Boshqa hayvonlarga nisbatan qo‘ylar dag‘al oziqalarni yaxshi iste’mol qilib hazmlaydi. Yaylovlardagi 600 xil o‘tdan qo‘ylar 550 xilini, otlar 100 turini, qoramollar esa faqat 50 turini iste’mol qiladi.
Qo‘ylar 4 kameralik oshqozon va yaxshi rivojlangan ichaklarga ega. Oshqozon ichaklarining umumiy xajmi 44 l.ni tashkil qiladi. Ingichka ichaklarining uzunligi 26 m, yo‘g‘on ichaklari 5 m, ularning so‘rish yuzasi 2,8 m², shu sababdan qar qanday oziqani hazm qilib, o‘zlashtirib olishi mumkin.
Qo‘ylar tez yetiluvchan hayvon hisoblanadi, ularni 6-8 oyligida go‘sht uchun so‘yish mumkin. Yana bir ajoyib xususiyati, dumbali qo‘ylar dumbasida yog‘ to‘playdilar, hisor qo‘ylarida u 50 kg.gacha yetadi.
Qo‘ylar sil kasalligi bilan kam kasallanadi, lekin brusellyoz, qichima, chechak, tuyoq chirishi, mastit va gijja kasalliklariga tez chalinadi, shuning uchun o‘z vaqtida oldini olish choralarini ko‘rish kerak.
Qo‘ylarning tabiiy yashashi 15 yil, xo‘jalikda esa o‘rtacha 5-6 yil foydalaniladi.
Qo‘ylar ishlab chiqarish klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagicha bo‘linadi:

  1. Mayin junli qo‘ylar

  2. Yarim mayin junli qo‘ylar

  3. Yarim dag‘al junli qo‘ylar

  4. Dag‘al junli qo‘ylar




Yüklə 35,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin