O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor _______ _____________
“___” _________2022 yil
TARIX FAKULTET
SOTSIOLOGIYA KAFEDRASI
SOTSIOLOGIYA YO‘NALISHI BO‘YICHA
MALAKAVIY
A M A L I YO T DASTURI
3-kurs
Farg‘ona 2022
Malakaviy amaliyot dasturi Farg‘ona davlat universitetining ijtimoiy ish kafedrasi 20_ yil “____” _______- son yig‘ilishida muhokama etildi va ma’qullandi.
Malakaviy amaliyot o‘quv dasturi va o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
B.G‘aniyev ___________
(imzo)
Taqrizchi:
(PhD) X.Yulbarsova ___________
(imzo)
Malakaviy amaliyot dasturi ijtimoiy-iqtisodiy fakultet kengashining 20___ yil “___” _____ dagi “___” - son qarori bilan tasdiqlangan.
Ilmiy kengash raisi:
20_ yil “___” _____ _________ X.Jo‘rayev (imzo)
Kelishildi:
Kafedra mudiri:
20_ yil “___” _____ _________ B.G‘aniyev
(imzo)
Sotsiologiya yo‘nalishi bo‘yicha umumiy ma’lumot
Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar va modernizatsiyalash jarayonlari zamonaviy, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni obyektiv talab qilmoqda. Bozor munosabatlarini izchil qaror topishi hamda jamiyat ijtimoiylashuvida ayniqsa sotsiolog kadrlarga bo‘lgan talab mavjudligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu sababli davlatimiz rahbarining 2019 yil 22 fevraldagi PF-5667 sonli “Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda Respublikamizda sotsiolog mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Farmonga ko‘ra respublikadagi tegishli oliy ta’lim muassasalarida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralarini ochish muhim vazifa etib ko‘rsatilgan.
Ayni paytda Respublikamizning nufuzli oliygohlaridan O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti hamda Farg‘ona davlat universitida “5210100-Sotsiologiya” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. 5A 210101 - “Sotsiologiya” (yo‘nalishlar bo‘yicha) ixtisosligi bo‘yicha magistr darajasidagi mutaxassis kadrlar tayyorlanishi ham yuqoridagi Prezidentimizning Farmonida belgilangan vazifalar amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Shuningdek, yangi taraqqiyot bosqichida respublikamizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni jamiyatimizning barcha sohalariga tadbiq etish jarayonida jamiyatni sotsiologik tadqiq qilish hamda sotsiologik tadqiqotlarning o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |