Amaliy mashg’ulot-6. Qon sporalilari Plasmodium ning rivojlanish sikli.Piroplazmidlar kenja turkumi asosiy vakillari (Babesiidae, Theleridae).Kipriklilar. Ixtioftirus, Balantidium. Mаvzuning mаqsаdi. Pаrаzitlarning rivоjlаnish sikli vа qo‘zg‘аtаdigаn kаsаlliklаrini o‘rgаnish.
Kerakli jihozlar: tablisa, slayd va rasmlar, mikropreparatlar.
Mаvzuning qisqаchа mаzmuni. Sporalilar (Sporozoa) tipiga 4800 dan ortiq tur kirib, ularning hammasi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odamlarning turli ichki organlarida parazitlik qilib hayot kechiradi va birorta kasallikni keltirib chiqaradi. Shunga ko'ra, ularning rivojlanishi murakkablashgan bo'lib, har xil muhit sharoitda yashashga, xo'jayinlarini almashtirib turish, jinssiz va jinsiy yo'l bilan ko'payish kabi yangi xususiyatlar vujudga kelgan. Ularning harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat hazm qiluvchi vakuolalan rivojlanmagan, himoya qobig'iga o‘ralib spora hosil qiladi Sporalilar tipi koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) va gregarinalar (Gregarinina) sinflariga bo’linadi. Mahsuldor hayvonlarda va odamlarda asosan koksidiyasimonlar sinfi vakillari parazitlik qilib, xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Koksidiyasimonlar sinfi, o'z navbatida, bir necha turkumlarga bo'linadi. Koksidiyalar (Soccidiida) turkumiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Umurtqasiz va umurtqali hayvonlar organlarinmg epiteliy to'qima hujayralarida, ya’ni ichak va jigarda parazitlik qiladi. Deyarli har bir koksidiya turi faqat ma’lum bir tur hayvonda yashaydi. Voyaga yetgan koksidiyalar harakatsiz bo’ladi. Cho'zinchoq yosh shakllari, ya’ni sporozoit va merozoitlari faol harakat qiladi. Koksidiyalarning ko'payishida jinsiy va jinssiz bo'g'inlarning to'g'ri gallanishi xarakterlidir. Qoramol, qo‘y, echki, quyon va parrandalarda asosan Eimeria urug'ining turlari parazitlik qiladi. Koksidiyalarning rivojlanishi barcha hayvonlarda bir xil bo‘lib, uchta rivojlanish davrlarini (shizogoniya, gametogoniya va sporogoniya davrlarini) o‘taydi. Bunda shizogoniya va gametogoniya davrlarining taraqqiyoti xo‘jayinlar ichki organlarida (endogen davri), sporogoniya davrining taraqqiyoti esa tashqi muhitda (ekzogen davri) o'tadi. Shizogoniya (jinssiz ko'pavish davri) davrida mahsuldor hayvonlar, jumladan, quyonlar oziq-ovqat yoki suv bilan birga koksidiya ootsistalarini yutib yuboradi. Ootsista ichida 4 ta spora va har bir spora ichida 2 tadan sporozoitlar bo'ladi. Quyon ichida ootsistaning qobig'i erib ketib, sporalarning po'sti yoriladi va ulardan duksimon ko'rinishdagi harakatchan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar tezlikda epitelial hujayralarga kirib oladi va yumaloqlanib o‘sib, hajmi kattalashadi hamda yadrosi bir nechtaga (8-60 ta) bo'linadi. Yadrolar soniga qarab, sitoplazma ham o‘shanchaga bo’linadi va yangi avlod, ya'ni merozoitlar shakllanadi. Merozoitlar epiteliy hujayralaridan ichak bo'shlig'iga chiqib, qaytadan sog'lom epitelial hujayralarga kirib oladi va yana jinssiz yo'l bilan ikkinchi generatsiyani hosil qiladi. Shunday usulda jinssiz ko'payish 4-5 marta takrorlangandan keyin merozoitlardan jinsiy hujayralar (gametalar) hosil bo'la boshlaydi. Gametogoniva (jinsiy yo'l bilan ko'payish) davrida epitelial hujayralarga kirib olgan bir guruh merozoitlardan makro va mikrogametotsitlar hosil bo'ladi. Keyinchalik har qaysi makrogametotsitdan bitta makrogameta va har qaysi mikrogametositdan esa kichkina, uzunchoq shaklli, bir juft xivchinlari bo'lgan bir nechta harakatchan mikrogametalar hosil bo'ladi. Mikrogametalar epiteliya hujayralaridan ichak bo‘shlig‘iga chiqib, hujayralardagi kam harakatchan makrogametalar bilan qo'shiladi va natijada zigota hosil bo'ladi. Zigota qobiqqa o'rahb, ootsistaga aylanadi va ichak bo‘shlig‘iga chiqadi. Sporogoniva davrida koksidiyalarning ootsistalari faqat kislorodli muhitda rivojlanadi. Shu sababli, ootsista xo'jayin tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Ootsistaning ikki qavatli po‘sti himoya vazifasini bajaradi. Qulay sharoitda ootsista rivojlana boshlaydi. Dastlab, yadrolar 4 taga bo'linadi, ma’lum vaqtdan keyin sitoplazma ham yadrolar soniga qarab, 4 ga bo'linadi va ootsistada sporoblastlar shakllanadi. Keyinchalik, sporoblastlardan sporalar, sporalar ichida esa 2 tadan sporozoitlar hosil bo‘ladi. Shunday qilib, sporogoniyada har bir ootsistada 4 ta spora va 8 ta sporozoit voyaga yetadi. Ootsista ana shu davrda invaziyali (zararlaydigan) bo'lib qoladi. Bunday invaziyali ootsistalar hayvonlarning ichagiga tushganda, sporalardan va oosistadan sporozoitlar chiqadi hamda rivojlanish yana qaytadan boshlanadi. Koksidiyalarning 10 tadan ortiq turi qoramollarda, 10 ga yaqin turi qo'y va echkilarda, 10 ta turi quyonlarda va 8 ta turi parrandalarda uchrashi aniqlangan.
Baliqchilikka esa karp koksidiyasi zarar keltiradi. Odamlarda ham koksidiyalardan Eimeria sardinae va Isospora urug'i turlari parazitlik qiladi. Koksidiyalar koksidioz kasalligini vujudga keltiradi. Kasallangan hayvonlarning ishtahasi pasayadi, o‘sishi susayadi, ich ketish, kamqonlik kuzatiladi, hayvon ozadi. Hayvonlarni zich joylashtirish, binolaring zax bo‘lishi, koksidiyalar uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi. Hayvon koksidiozi odamga yuqmaydi. Kasallangan hayvonlarni sulfamilamidlar, antibiotiklar, oltingugurt, furatsetin va boshqa preparatlar bilan davolash hamda zoogigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.Molxonalar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinadi. Xo‘jaliklarda mol boqish dala almashtirish bilan olib boriladi. Mollar eng to'yimli yem-xashaklar bilan boqiladi.
Koksidiyalar turkumiga yana qushlar, sutemizuvchilar, jumladan, odamlarning jigari, talog‘i, bosh miyasi, qon tomirlarida parazitlik qilib kasalliklar tug'diruvchi toksoplazmalar urug‘i v akillari (Toxoplasma gondii) va qushlar hamda sutemizuvchilarning muskullarida parazitlik qiluvchi sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), ya’ni go'sht sporalilar urug‘i vakillari ham kiradi.
Tug'ma toksoplazmozda kasallik ona organizmidan homilaga o'tadi va homilaning nerv sistemasi, ko'zlari va boshqa a’zolarini zararlaydi, bola barvaqt yoki o’lik yoxud mayib-majruh bo'lib tug’iladi. Toksoplazmada tirik tug'ilgan bola aqlan va jismonan sust rivojlanadi. Yaxshi gapira olmaydi va unda miokardit, pnevmoniya, meningoensefalit, alegofreniya, epilepsiya kabi og‘ir kasalliklar kuzatiladi.
Orttirilgan o‘tkir toksoplazmoz esa terlamaga o'xshash kechib, bemor isitmalaydi, tomog'i og’riydi, jigari va talog'i shishadi yoki ko'pincha nerv sistemasi zararlanib, boshi og'riydi, qayt qiladi, falajlanadi. Xronik toksoplazmada, odatda, bemorning gavda harorati uzoq vaqt yuqori bo’ladi, boshi, tomog'i, mushaklari og'riydi, limfa tugunlari va jigari shishadi. Mehnat faoliyati susayadi. Shuningdek, bemor psixikasining buzilishi, talvasaga tushib falajlanishi, ko‘zi, yuragi zararlanishi mumkin. Toksoplazmoz yashirin kechishi ham mumkin. Toksoplazmozning oldini olish uchun uy hayvonlarini sanitariya nazoratida saqlash, homilador ayollar tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazish zarur. Hayvonlardan - qo’y, echki, cho'chqa, it, quyon va har xil kemiruvchilar hamda parrandalar toksoplazmoz bilan kasallanadi. Kasallik ona hayvonlardan bolasiga sut orqali, bir-biriga yaqin bo'lish hamda turli kemiruvchi va hasharotlar orqali o'tadi. Kasal hayvonda yo'ldosh ushlanishi, bola tashlash, umumiy holsizlanish, organizm uvishishi va teri zararlanishi kuzatiladi.