Analitik kimyo fani va uning usullari. Reja: Analitik kimyo- mustaqil kimyoviy fan sifatida



Yüklə 150,13 Kb.
səhifə1/7
tarix16.10.2023
ölçüsü150,13 Kb.
#156247
  1   2   3   4   5   6   7
1-Mavzu uchun slayd


1-Ma‘ruza. ANALITIK KIMYO FANI VA UNING USULLARI.
REJA:
1. Analitik kimyo- mustaqil kimyoviy fan sifatida.
2. Analitik kimyoning qishlok xo’jaligidagi ahamiyati.
3.Analitik kimyoning rivojlanish davrlari.
4. Sifat analizi usullari.
5. Analitik reaktsiyalarning o’tkazish usullari.
1. Analitik kimyo mustaqil kimyoviy fan sifatida.
Har qanday modda bir yoki bir necha kimyoviy elementdan tashkil topganligini siz bilasiz. Masalan, grafit birgina uglerod elementidan, suv esa vodorod va kislorod elementlaridan tashkil topgan. Moddaning qanday elementlardan tashkil topganligini aniqlash uchun uni kimyoviy analiz qilish zarur. Kimyoviy analiz ayni modda tarkibida qanday elementlar borligini aniqlash bilan cheklanmasdan, balki bu moddada ular o’zaro qanday miqdoriy nisbatlarda ekanligini ham aniqlaydi. Analitik kimyo moddalarni analiz qilish usulari haqidagi fan bo’lib, uning mazmunini analiz qilishning nazariy va amaliyotga oid masalalarni hal qilishdan iborat.
Hozirgi kunda analitik kimyo oldiga ancha murakkab masalalar qoyiladigan bo’ldi. Endi kimyoviy elementlarning faqat o’zigina emas ularning izotoplarini ham aniqlash talab etilmoqda.
Hozirgi vaqtda «modda tarkibi» degan tushunchaning o’zi ham keng ma‘no kasb etadi. Endilikda «modda tarkibi» degan tushuncha ayni moddadagi kimyoviy elementlar bir necha atomdan iborat funktsional gruppalar ion, molekula va izotoplarni ham o’z ichiga oladi.
Analizdan maqsad hamda uni hal etish usullariga qarab analitik kimyo «sifat analiz va miqdoriy analiz» qismlariga bo’linadi.
Sifat analizida tekshirilayotgan modda tarkibida qanday elementlar gruppasi va qanday ionlar bor-yo’qligi aniqlanadi. Masalan ammafosda N2, P,H2, O2, elementlar yoki NH+4,va H2PO4 ionlarning mavjudligi aniqlanadi.
Miqdoriy analizda murakkab modda tarkibidagi elementlarning miqdori massa protsenti aniqlanadi. Masalan, ammofos tarkibida P2O5 dan m % borligi aniqlanadi.

Yüklə 150,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin