OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
«Iqtisodiyot» kafedrasi.
Bajardi: 1-kurs «Buxgalteriya hisobi va audit» yoʻnalishi K-17-22 guruh talabasi Tulanov Yosinbekning «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat bosh isloxotchi.
Qabul qildi: ______________________________
Andijon-2023 yil
Mavzu: Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat bosh isloxotchi.
Reja:
1. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning «Davlat bosh isloxatchi» tamoyilining moxiyati.
2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan moliyalashtirish mexanizmi .
3. Iqtisodiyotga davlat aralashuvining chegaralari.
4. Xulosa.
Kirish.
1. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning «Davlat bosh isloxatchi» tamoyilining moxiyati.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish muammolari va ularning hal etilishi.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov o’z rahbarlik faoliyatini boshlagan paytda respublikadagi ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning negizida uzok yillar davomida xukm surib kelgan maʼmuriy-buyruqbozlik tizimining asoratli tasiri yotishini, shunga ko‘ra ularni hal etishning yagona tugri yuli bu iqtisodiyotda bozor munosabatlarini boskichma-boskich shakllantirib va rivojlantirib borish ekanini katʼiy belgilab berdi. Jumladan, ushbu jarayonning maqsadga muvofiq tarzda, samarali va eng muhimi, aholi turmush darajasiga salbiy tasir korsatmagan xolda amalga oshishi uchun quyidagi tadbirlarga alohida eʼtibor qaratdi:
-O‘zbekiston sharoitida bozor mexanizmining mohiyati va mazmuniga sergaklik bilan va har tomonlama real baho berish, uning joriy etilishida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan murakkabliklar va noxush oqibatlarni ko‘zda tutish, o‘tish lavri keskinliklarini yumshatishga yordam beradigan zarur mexanizmlarni oldindan yaratib kuyish kerak:
- nonning chakana narxi, boshqa narxlardan ayri holda bir tomonlama oshirilishi g’alla bilan paxta, ulardan olinadigan maxsulotlar narxlarining ekvi- valentligiga erishish yo‘lidagi saʼyi harakatlarni, ko‘zda tutilayotgan yoqilg’i, metall va texnika narxlarining oshirilishi esa paxtaga haq to‘lashni ko‘paytirish tartiblarini tamomila yo‘qqa chiqaradi;
-respublika uchun katta ahamiyat kasb etuvchi boshlang’ich sharoitlarni hisobga olish va barobarlashtirish masalasiga chukur eʼtibor qaratish lozim;
-bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi haqidagi sobiq SSSR hukumatining maʼruzasida investitsiyalarni qisqartirish masalasining qo‘yilishi xato yondashuvidir, chunki ishlab chiqarishning mavjud texnikaviy va strukturaviy darajasida (bu jixatdan ilg’or mamlakatlar darajasidan 15-20 yil va undan ko‘proq orqada qolingan edi) bunday siyosat battar qoloqlikka olib boradi:
-maqsadli, tarkibiy siyosatni, kapital qurilishdagi ustun yo‘nalishlarni, avvalo, tugallanmagan qurilishlarni keskin qisqartirish maqsadida tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur;
-aholi ijtimoiy himoyasining aniq va taʼsirchan mexanizmlari zarur;
-uy-joy qurilishiga alohida eʼtibor berish lozim. Bunda 1991-1996 yil ichi 67-68 million kvadrat metr uy-joyni foydalanishga topshirish, 6 milliondan ziyodroq kishining uy-joy sharoitini yaxshilash vazifasi qo‘yilishi muhim ahamiyat kasb etadi:
-aholiga kommunal xizmatni keskin yaxshilash, jumladan, aholining markazlashtirilgan suv taʼminoti darajasini 52 foizdan 67 foizga yetkazish, Orolbo‘yi zonasida esa 1995 yilgacha bugun aholini markazlashtirilgan suv taʼminotiga o‘tkazish, qishloq aholi punktlarini gazlashtirish surʼatlarining ikki barobar ortishi ahamiyatlidir;
-respublikadagi ijtimoiy o‘zgarishlarni hal etishga budjet mablag’laridan tashqari vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlarning o‘z hissasini qo’shishini taʼminlash kerak.
-respublikada otish davridagi resurs va imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholining ijtimoiy himoyasi, ayniйsa, kam taʼminlangan aholining ijtimoiy himoyasining ishonchli mexanizmi ishlab chiqilishi;
-respublikada mulkchilikning qanday shakllari bo‘lishini aniйlab olish;
-ayrim davlat mulkidagi ishlab chikarish obʼektlarini mulkchilik va xo‘jalik yuritishning boshqa shakllariga aylantirishni belgilab olish;
-isteʼmol mollari, xalq hunarmandchiligi, xalq ijodiyoti mahsulotlari ishlab chiqaradigan, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat sohasidagi yoki yordamchi korxonalar, ikkilamchi resurslarni va ishlab chikarish chiqindilarini qayta ishlaydigan katta birlashmalarning ayrim buyurtmalarini bajaradigan korxonalarni kichik xususiy korxonalar ko‘rinishida tashkil etishning qonuniy tartibini aniq belgilab qo‘yish;
-yirik ishlab chiqarish komplekslari, shu jumladan, mamlakatning boshqa mintaqalaridagi komplekslar tomonidan mayda va o‘rtacha korxonalar, filiallar va sexlar tashkil etilishini rag’batlantirish;
-yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalari tuzilishida ularning mehnat jamoalarini uy-joy va ijtimoiy, madaniy, maishiy obʼektlar bilan to‘la taʼminlash;
- qo’shma korxonalar tashkil etish ishini faollashtirish va boshqalar. Maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi o‘z umrini o‘tab, bozor munosabatlariga o’tish xarakatlari endigina ro’y berayotgan bir davrda, respublika Oliy Kengashining sessiyasida tasdiqlangan bozor munosabatlariga o’tishning dasturi O‘zbekistonni konservatorlar respublikasi deb noo‘rin tanqid qilinishiga sabab bo‘ldi. Bunga javoban, respublikamiz rahbari jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlarning salbiy jihatlari, xususan, O‘zbekistondagi og’ir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda inqilobiy o‘zgarishlar turli xavf-xatarlar bilan bog’likligi, umuman "sakrab utish" g’oyasi esa respublika uchun og’ir, halokatli oqibatlarga sabab bo’lishini asoslab berdi. Shu bilan birga, boshqa respublikalarda xususiylashtirish to‘g‘risida gap sotilayotganda, aynan muxoliflar tomonidan o‘rinsiz tanqid qilinayotgan, konservatorlar respublikasi"da birinchilardan bo‘lib xususiy korxonalar paydo bo‘ldi. Respublikada dokonlarni va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini xususiylashtirish boshlanib, 1990 yilning o‘zida 170 ming gektar yer oilalarga meros qoldirish huquqi bilan ijaraga berildi. Bu raqamni yarim million gektargacha yetkazish belgilab olindi. So‘nggi paytlargacha yerlarning bor-yo’g’i 4,5 foizida dexqonchilik qilgan shaxsiy xujaliklar respublikadagi ozik-ovkat resurslarining 40 foiziga qadar bergani hisobga olinadigan bo‘lsa, yerlarning umumiy salmog’ida bunday uchastkalar hajmi ikki barobardan ziyodga oshganda oziq-ovqat maxsulotlari hajmi sezilarli darajada oshishi muqarrar.
Tarixan Bozor iqtisodiyotining 2 hil turi bo’lgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti , madaniylashgan Bozor iqtisodiyoti. Ilk Bozor iqtisodiyoti kapitalning jamg’arilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan iqtisodiyot sifatida paydo bo’lib, unga xususiy mulkning ozchilik qo’lida to’planishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonun-qoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning o’ta boy va o’ta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos bo’lgan. Iqtisodiyot rivojlanish orqali ma’rifatli iqtisodiyotga o’sib o’tadi. Bunday o’zgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30- yillarida boshlanib, 80- yillarga qadar davom etdi.
Dostları ilə paylaş: |