Boltli birikma Shpilkali birikma



Yüklə 130 Kb.
səhifə1/4
tarix26.11.2022
ölçüsü130 Kb.
#70599
  1   2   3   4
Birikmalar


Mavzu:Birikmalar

Reja:


  1. Boltli birikma

  2. Shpilkali birikma

  3. Vintli birikma

  4. Fitingli birikma

  5. Shponkali va shlitsali birikma Shponkali birikma

  6. Shlitsa (tish) li birikma

  7. Payvand birikma

  8. Parchin mixli birikma



Birikmalar ikkiga bo’linadi: ajraladigan va ajralmaydigan. Birikma tarkibidagi detallarni sindirmasdan, yormasdan, qayirmasdan ya'ni shikast yetkazmasdan bo’laklarga ajratilsa, ajraladigan birikma deyiladi. Birikmani tarkibidagi detallarni shikast yetkazmasdan bo’laklarga ajratish imkoni bo’lmasa, ajralmaydigan birikma deb ataladi. Ajraladigan birikma o’z navbatida ikkiga bo’linadi: qo’zg’almaydigan birikma va qo’zg’aladigan birikma. qo’zg’almaydigan birikmaga barcha rezbali birikmalar (boltli, shpilkali, vintli, fitingli birikmalar) kiradi. Qo’zg’aladigan birikma esa shponkali, shlitsali va shtiftli birikma turlariga bolinadi.
Ajralmaydigan birikmaga payvand birikma mix parchin birikma va kavsharlash, kleylash yordamida hosil qilingan birikmalar kiradi.


Boltli birikma


Boltli birikmada birikuvchi detallar, bolt, shayba, gayka zaruriyat bo’lganda shplintdan foydalaniladi. Bolt va gaykalar bosh ko’rinishda ularning uchta yoklari ko’rinadigan qilib joylashtiriladi. GOST 2305-96
bo’yicha bolt, vint, shpilkalar bo’ylama qirqimda kesilmagan holda tasvirlanadi. Gayka va shaybalar ham yig’ma chizmada kesilmagan holda tasvirlanadi. Bitta detalning barcha tasvirlarda qirqim shtirixovkasi qiyaligi bir tomonga bo’lishi kerak.
Boltli birikmada mahkamlash detallari 3.1-shakl, a da ko’rsatilgandek shartli ravishda chiziladi. Bolt uzunligi uning oxirini gaykadan chiqib turgan qismi (K)ni hisobga olgan holda tanlanadi. Boltning uzunligini hisoblash formulasi: b =a+b+Ssh+H+K; bu erda a va b birikuvchi detallar qalinligi; H bolt kallagi balandligi, rezbaning uzunligi esa birikmani mustahkamlik shartidan kelib chiqib tanlanadi. Ehtiyoj chorasi hisobga olingan rezba N≥2Ssh. Boltli birikma chizmasiga faqat uchta o’lcham qo’yiladi: rezba diametri, bolt uzunligi va birikadigan detallar teshigining diametri.

Yüklə 130 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin