Dori shakillari. Eritmalar tayyorlash texnologiyasi Dori shakllari texnologiyasi



Yüklə 20,12 Kb.
səhifə1/4
tarix26.12.2023
ölçüsü20,12 Kb.
#198172
  1   2   3   4
1-dars la-ya


Dori shakillari. Eritmalar tayyorlash texnologiyasi


Dori shakllari texnologiyasi (dori tayyorlashning nazariy asoslari va texnik holatlarining urgatuvchi fan); farmatsevtika ishini tashkillashtirish va uning iqtisodi kabi fanlar shular jumlasidandir.
Farmakognoziya - farmatsevtika fanining bir qismi bo‘lib, dorivor o‘simliklar, o‘simlik va hayvonat olamidan olinadigan dorivor xom ashyolar hamda bir qator o‘simlik va hayvonlardan birlamchi ishlov berilib olingan mahsulotlarini o‘rganuvchi fandir.
Dorivor xom ashyo deganda, dori olish uchun xizmat qiladigan mahsulot manbalari tushuniladi. Dorivor o‘simliklar xom ashyosi sifatida, uning quritilgan qismi, novdasi yoki ulardan olingan shiralari qo‘llaniladi. Dorivor o‘simliklardan birlamchi ishlov berilib, ajratib olingan mahsulotlari, efir va moy- yog‘lari, mo‘mi va ezilgan qiyomi hisoblanadi.
Zamonaviy farmakologiyada hayvonlardan olinadigan hom ashyolar manbasi sifatida ko‘proq hayvonlar mahsulotlarini ishlov berish natijasida olingan, hayvon yog‘i ajratmalari, ilon zahri hamda arilar hayoti davomida ortirgan mahsulotlari (asali, suti, mumi.) qo‘llaniladi.
Dori moddalarini olish yo‘llari va manbalari
Hozirgi paytda kimyo-farmatsevtika sanoatida ko‘plab kasalliklarni davolash va ularni oldini olish bo‘yicha, bir qator dori preparatlari ishlab chiqarilmoqda. Biroq shunga qaramasdan farmakolog va kimyogar olimlar oldida turgan asosiy vazifa, doimiy ravishda kasalliklarni davolaydigan yangi va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan dori moddalarini izlab topishdan iboratdir.
Farmakologiya sohasida, jumladan farmatsevtika sanoatida asosan, yangi preparatlarni ishlab chiqarish borasida aloxida yutuqlarga erishish, o‘tgan asrning ikkinchi yarim yilligiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda ishlab chiqarilgan zamonaviy preparatlarning 60-90 foizi, bundan 30-40 yil avval umuman fanga ma’lum emas edi.
Farmakologiya, kimyo va farmatsevtika soxasida ko’p yillar davomida tinimsiz tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar olib borilishi natijasida, yangi dori moddalari yaratilishiga va ularni ishlab chiqarilishiga erishildi.
Dori moddalar yaratilishini bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkin.
1.Turli xil manbalardan reja asosida bir yoki bir nechta moddalarni olish mumkin bo‘lgan izlanishlarni olib borish.
2.Kutilgan dori moddasini olishga erishish.
3.Olingan yangi preparatlarni dastlab laboratoriya hayvonlarida sinovdan utkazib, dorining farmakodinamikasi (ya’ni uning o‘ziga xos bo‘lgan faolligi, ta’sir doirasi, ta’sir etish joyi va mexanizmi) urganiladi. Preparatning farmakokinetikasida esa, uning organizmda surilishi, tarqalishi va qanday yo‘llar bilan ajralib chiqishi kabi xususiyatlari aniqlanadi.
Dori moddalarini organizmdagi patologik holatlarni samarali davolovchi ta’siri bilan birgalikda, ularning zaharli, konserogen, teratogen va immun tizimiga nisbatan salbiy ta’sirlariga oid xususiyatlari ham aniqlanadi
4.Uzoq muddat davomida, har tomonlama chuqur izlanishlar natijasida tanlab olingan dori moddalarini, shu vaqtgacha ma’lum bo‘lgan boshqa dorilarga nisbatan solishtirilib, ular ta’siriga taqqosiy baho berish.
5. Samarali deb topilgan dori moddalarini, ushbu soxa mutaxassislardan tashkil topgan farmakologlar kengashi ekspertlariga topshirish.
6.Yangi dori preparatlarini amalda, klinik sinovdan o’tkazish.
Bunday xollarda vrachlar tomonidan dori dozasi, qo‘llash shakli, ko’rsatkichlari, qarshi ko’rsatkichlar va salbiy ta’sirlari juda sinchkovlik bilan, ilmiy yondashgan holda urganishi va aniqlab berishlari talab etiladi.
7.Dori moddalarni ikkinchi marta klinik tekshirishdan utkazilishi natijasida olingan ma’lumotlar, farmakologiya kengashi hay’atiga havola etiladi. Agar natija ijobiy bo‘lsa, ushbu dori moddasiga farmatsevtik nom berilib, sanoat asosida ishlab chiqarishga tavsiya etiladi.
8.Preparatlarni sanoat asosida ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish. Dori moddasi ishlab chiqarish bo‘yicha texnik standarti, uning shakli va sifatini nazorat qilish usullari, O‘zbekiston Respublikasi davlat farmakopeyasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mana shu kengash tavsiyasi bilan dori preparati, tibbiyot va veterinariya amaliyotida keng qo‘llanishi uchun ishlab chiqariladi.

Yüklə 20,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin