Ergashev azamatning minerallarni tekshirish usullari mavzusida yozgan



Yüklə 64,62 Kb.
səhifə1/3
tarix31.01.2022
ölçüsü64,62 Kb.
#51864
növüReferat
  1   2   3
Minerallarni tekshirish usullari


M
IRZO ULUG’BEK NOMIDAGI


O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

GEOLOGIYA VA GEOINFORMATSION TIZIMLAR FAKULTETI

GEOLOGIYA 201-GURUH TALABASI

ERGASHEV AZAMATNING

MINERALLARNI TEKSHIRISH USULLARI

MAVZUSIDA YOZGAN


REFERATI

Minerallarni tekshirish usullari.

Tabiiy kimyoviy birikmalar tarkibini to‘liq va batafsil aniqlash kerak bo‘lgan holatda ko‘pincha quyidagi: rentgenometrik, termik, spektral, kimyoviy taxlil, lyuminessent taxlil, shlix taxlili, elektron mikroskop tekshirish, eksperimental tadqiqotlar usullari qo‘llaniladi.



Rentgenometrik taxlil. 1895 yili nemis fizigi Rentgen ichiga ikkita elektrod kavsharlangan shisha naychadan havoni 10-5 mm simob ustuni bosimigacha haydab chiqarib, undan elektr toki o‘tkazilganda, elektrodlarda o‘ziga xos ko‘zga ko‘rinmaydigan nurlar chiqishini aniqlaydi, bu nurlar keyinchalik rentgen nurlari deb ataldi. To‘lqin uzunligi 10-2 102Ao bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlar rentgen nurlari deyiladi. Rentgen nurlari turli asboblarda olinadi. Lekin ularning hammasida nur olish bir xil prinsipga ya’ni qatorga yuqori kuchlanish berilganda o‘zidan elektronlar chiqarishi va bu elektronlar harakati yo‘nalishida joylashgan, qarama-qarshi qutblangan elektrodga urilishi natijasida antiqatordan juda katta tezlikda zarrachalar otilib chiqishiga asoslangan.

Tekshirilayotgan moddalarning kristall yoki amorf holatdaligini va ularning tuzilishini rentgen nurlari minerallarning kristall panjarisiga tushirilganda struktura elementlari bilan ta’sirlanishi natijasida hosil bo‘ladigan difraksion manzara yordamida aniqlash mumkin.

Kristall holatdagi har qanday modda aynan shu modda uchun mos bo‘lgan strukturaga ega bo‘lib, undagi ionlar (atomlar) o‘ziga xos tartibda joylashadi. Ma’lumki, ba’zi minerallarning kimyoviy tarkibi bir xil bo‘ladi. Masalan, rutil-brukit-anataz, kvars-tridimit-kristabolit yoki kalsit-aragonit minerallarning kimyoviy tarkibi o‘xshash, lekin ular strukturasini tashkil qilgan zarrachalarning bir-biriga nisbatan turlicha joylashganligi bu moddalar strukturasidagi va boshqa xossalaridagi farqni keltirib chiqaradi. Ikkinchi tomondan, kimyoviy tarkibi bir-biridan boshqacha bo‘lgan bir qancha minerallar, masalan, flyuorit, uraninit, syerianit, tarianit va boshqalarga kation va anionlarning joylashishi o‘xshash bo‘ladi. Bu moddalarning strukturaviy parametrlari kimyoviy tarkibiga bo\liq ravishda bir-biridan farq qiladi. Kristall panjara tekisliklari orasidagi masofaning qiymati minerallar strukturasi haqida ancha aniq ma’lumot beradi, chunki u ion va atomlar joylashishi davriyligi bilan bo\liq. Atomlar tekisliklari esa atomlarning fazoviy panjarada koordinata o‘qlariga nisbatan joylashishiga bo\liq.


Yüklə 64,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin