Ergashgan qo`shma gaplar



Yüklə 372,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix26.03.2023
ölçüsü372,93 Kb.
#90066
  1   2   3   4   5   6


ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR 
Qismlari ergashtiruvchi bog`lovchilar yoki shunday bog`lovchi vazifasidagi so`zlar yordamida 
bog`langan qo`shma gaplar ergashgan qo`shma gaplar hisoblanadi. Agar qiz bo`lsang, otingni 
Kimsanoy qo`yaman, agan o`g`il bo`lsang, Kimsanboy qo`yaman. Sayramov to`g`on boshiga 
kelganda, bu yerda ish qaynamoqda edi. 
BOSH VA ERGASH GAP 
Ergashgan qo`shma gaplar, tarkibida nechta gap bo`lishidan qat’i nazar, doimo ikki qismdan 
tashkil topadi: 1) bosh gap; 2) ergash gap. Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap 
mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi. Ergashgan qo`shma gaplar, asosan, 
quyidagi qolipda ifodalanadi: 
Ergashgan qo`shma gaplar tuzilishiga ko`ra so`z birikmalariga 
o`xshaydi. Ular ham tobe va hokim qismdan tarkib topadi: 
Agar arqondan qo`llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha 
yo`l topolmay sarson bo`lib yuraveradilar. So`z birikmasi tarkibidaga so`zlar nechta bo`lishidan 
qat’i nazar ikki qismdan – hokim va tobe so`zlardan tashkil topadi: toza havo, o`qilgan kitob, tez 
yurmoq. 
Ergash gap bosh gapdan oldin, bosh gapdan keyin, bosh gap ichida kelishi mumkin: Siz shuni 
unutmangki, kurashchilar yolg`iz emasHali gul ochilmagan bo`lsa ham, stol ustiga katta 
guldasta qo`yilgan edi. O`qituvchi, bolalar kelgach, darsga kiradi. 
ERGASH GAPNI BOSH GAPGA BOG`LOVCHI VOSITALAR 
Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog`lanadi:1)ergashtiruvchi 
bog`lovchilar; 2)ko`makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli va boshqalar); 
3)yuklamlamalar (-ki, -mi); 4) nisbiy so`zlar (kim – o`sha, nima-shu, qayer-shu yer va 
boshqalar); 5) deb so`zi va boshqalar. Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan 
qarash lozim. Mahkam bog`lang mehnatga bel, chunki mehnat bilan ko`karar el. 

Yüklə 372,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin