Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G’arb falsafasi. Reja



Yüklə 39,7 Kb.
səhifə1/15
tarix10.12.2022
ölçüsü39,7 Kb.
#73521
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq va G’arb falsaf


Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G’arb falsafasi.


Reja

1. Qadimgi Sharqdagi falsafiy fikrlar: Misr, Bobil. Qadimgi dunyo falsafasi.


2. XIV asr oxiridan boshlab O'zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikr. XX asrning boshlariga qadar.
3. O'rta asrlarda va zamonaviy davrda Evropaning falsafiy fikri: J. Bruno, N. Kopernik, F.Bekon, T. Xobbes, Kant, Gegel, ratsionalizm, ma'rifatparvarlik, marksizm.
4. XX asr falsafiy ta'limoti: ekzistensializm, neopozitivizm, neotomizm.

Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi. Sharq qadimiy madaniya o`chog`i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta`riflanmagan. G`arb madaniyati tarixini o`rganishjarayonida Ovrupasentrizm nazariyasi og`ib ketish g`ayriilmiy bo`lgani kabi, masalaning Sharq bilan bog`lik jihatinin tahlil etganda ham Osiyosentrizm g`oyalari ta`siriga tushmaslik lozim. Shu bilan birga, Sharqninng o`ziga xosligi, unga mansub bo`lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo`shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e`tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchog`ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o`zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta`sir ko`rsatganini doimo esda tutish darkor.


Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo`lgan davr mahsuli bo`lgan diniy-falsafiy ta`limotlardan biri zardo`shtlikdir. Bu ta`limotga Zardo`sht asos solgan bo`lib, Sharq va G`arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko`ra, Zardo`sht, eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonoviy shaxs ekanli haqida aniq bir to`xtamga kelingan yo`q. U o`zini payg`ambar deb e`lon qilgan. Lekin uning payg`ambarligi ilohiy asosga ega. Ya`ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o`z tasdig`ini to’magan.

Yüklə 39,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin