Fan: maktabgacha talim asoslari



Yüklə 39,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü39,44 Kb.
#180855
  1   2   3
1-MTA. T (1)



Fan: MAKTABGACHA TALIM ASOSLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 


1-Mavzu. MAKTABGACHA TA’LIM 
ASOSLARI FANINING UMUMIY 
ASOSLARI
 
 
R E J A :
1. Maktabgacha ta’lim asoslari fanining predmeti va 
maqsad, vazifalari. 
2. Maktabgacha ta’lim asoslari fanining fanlar bilan 
aloqasi. 
3. Maktabgacha ta’lim asoslari fanining tamoyillari. 
4. Maktabgacha ta’lim sohasidagi meyoriy hujjatlar


Mashg‘ulot maqsadi:
- maktabgacha 
ta’lim 
asoslari fanining masad va vazifalari haqida 
umumiy tasavvurga ega 
bo’ladilarpredmeti 
va vazifalari, maktabgacha 
ta’lim asoslari 
fanining fanlar kesimida tutgan 
o‘rni, 
maktabgacha 
ta’lim sohasidagi meyoriy 
hujjatlar haqida 
ma’lumotlarga ega bo’ladi 
Tayanch so‘zlar:
Maktabgacha 
ta’lim, 
farzand tarbiyasi, ijtimoiylik, tarbiya, 
ta’lim, bolalar, vatanparvar.


Maktabgacha ta’lim asoslari fanining predmeti va maqsad, 
vazifalari.
Maktabgacha ta’lim asoslari fani maktabgacha taʻlim-tarbiyaning 
umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy 
maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash 
hamda unga taʻlim berishning mohiyati va muammolarini 
o‘rganadigan fan. Maktabgacha ta’lim asoslari ijtimoiy fanlar 
tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni 
jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga taʻlim berish 
muammolarini o‘rganadi. 
Maktabgacha ta’lim asoslari tug‘ilgandan to yetti yoshgacha 
bo‘lgan bolalarga har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini 
o‘rganadi va maktabgacha taʻlim tashkiloti sharoitida taʻlim-tarbiya 
ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda 
maktabgacha taʻlim yoshidagi bolalarning yosh va o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama 
uyg‘un rivojlanishini taʻminlashga qaratilgan shart-sharoitlarni 
ishlab chiqadi. U maktabgacha taʻlim tashkilotlari, oila va maktab 
ishidagi izchillikni taʻminlaydi hamda bolalarni maktab taʻlimiga 
tayyorlaydi. 



 
Maktabgacha ta’lim asoslari fanining obyekti
– yaxlit maktabgacha pedagogik jarayon. 
Maktabgacha ta’lim asoslari fanining predmeti
– maktabgacha taʻlim-tarbiya jarayoni, 
mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalari. 
Maktabgacha ta’lim asoslari fanining vazifalari.
Maktabgacha ta’lim asoslari fani bola shaxsini shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish 
asosida jamiyat taraqqiyotini taʻminlashga alohida hissa qo‘shadi. Maktabgacha ta’lim 
asoslari fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat 
va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim 
ahamiyatga ega


O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda 
huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan maktabgacha 
yoshdagi bolalarni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish, ularni 
maktab taʻlimiga tayyorlash vazifasini muvafaqqiyatli hal etadi. 
Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga eʻtibor 
qaratiladi: 
1. Har tomonlama uyg’un rivojlangan bola shaxsini 
rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini 
o’rganish. 
2. Bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini 
aniqlash. 
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda
rivojlangan xorijiy mamlakatlar maktabgacha taʻlim tizimi 
tajribasini o‘rganish asosida taʻlim tizimini takomillashtirish. 


Maktabgacha ta’lim asoslarining asosiy kategoriyalari
Taʻlim – tarbiyalanuvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan 
qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon. Taʻlim o‘zida uch asosiy elementni aks ettiradi: 
bilim, ko‘nikma va malaka 
Bilim 
– tarbiyalanuvchining ongida tushunchalar, sxemalar, maʻlum obrazlar 
ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy maʻlumotlar majmui 
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati 
O‘qitish – pedagogik faoliyat bo‘lib, u bilim, ko‘nikma va malakalarni bolalarga 
singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir 
O‘qish – taʻlim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi amaliy 
faoliyatidir. 
Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va 
pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha 
yondashuvlar yuzaga keldi. 




Yüklə 39,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin