FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
NUTQ MADANIYATI fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Kasbiy nutq asoslari (o’qituvchi nutqi)
Bajardi:___________ guruh
___________________________________
___________________________________
Toshkent 2023
REJA:
Pedagogning nutq madaniyati
Nutq madaniyatida, notiqlik san’atida so‘z tanlash
Nutq madaniyatida mantiq fanining qoida va talablari
Maktab rahbarlari, pedagoglarda muomala odobi, hulqi va notiqlik san’atining ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga ta’siri mavzusini yoritishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
– pedagogning nutq madaniyati ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda hal etuvchi, g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Pedagog nutqining madaniyligi – uning bilim darajasi, aql-idrokining ko‘lami, fikrlashdagi yetukligi bilan bir qatorda - ona tilining boyligidan foydalana olishiga ham bog‘liq.
Donishmandlar aytganlaridek, til – insonlarning eng muhim aloqa vositasi. Shu boisdan u ijtimoiy hodisadir. Nutq arxaik, xorijiy, lahjaga xos so‘zlardan holi, sof, ixcham bo‘lgani, unda so‘zlar kam, ma’no ko‘p bo‘lgani yaxshi; nutq o‘tkir, ya’ni jarangdor, mantiqiy va stilistik urg‘uli, ravon, hammaga tushunarli, dona-dona qilib so‘zlangani ma’qul.
Til – har bir pedagogaing kuroli, fikrning bevosita voqelikka chiqishidir. Donolar ta’kidlaganlaridek, inson akd-zakovati, tafakkuri va ongining eng boy yutuqlari, teran bilimlar, keng miqyosli ilm-fanlar, otashin his-tuyg‘ular nutqda ochiq-oydin, jarangdor va jozibador ifodalanmasa, ko‘pchilikka noma’lum bo‘lib qolaveradi. Binobarin, pedagogning, notiqning vazifasi bayon etiladigan fikrlarni o‘quvchi, talaba, tinglovchilar bevosita qabul qilib olishiga erishishdan iborat. Bu esa notiqning o‘z fikrini qanday shaklda ifoda qilishiga bog‘liq.
Pedagog tili tinglovchilarning his-tuyg‘ularini uyg‘otadigan, ularni qiziqtiradigan, diqqat-e’tiborini nutq mavzuiga jalb etadigan bo‘lishi lozim. Mavzuni tushunarli va ishonarli qilib bayon etish pedagog muvaffaqiyatining garovidir.
Til – moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning samarasi; uzluksiz sa’y-harakat, imo-ishora, bahslashuv va muloqot oqibatida vujudga kelgan ma’naviy boylikning billur qotishmasidir. Til - har qanday millatning qalbi.
Dostları ilə paylaş: |