Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 4 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-836-839
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
836
April, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
MAQOLLAR MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI
Surayyo Bozor qizi Hamrayeva
O„zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada maqollarning shakllanish tarixi, mohiyat va xususiyatlari haqida
so„z borgan. Shuningdek maqollarning xalqimiz madaniyatida tutgan o„rni ayrim
maqollar misolida tahlil qilingan. Boshqa millat maqollarining tarjima qilinishi, xalqlar
o„rtasidagi do„stlik aloqalarini mustahkamlashda muhim
ahamiyat kasb etishi haqida
mulohaza yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Maqol, qavlun, tarjima, Fol‟klor janr, “Tarjima san‟ati”, do„stlik,
matallar, iboralar, xalq o„yinlari.
ABSTRACT
This article discusses the history, nature, and characteristics of articles. The
role of
proverbs in the culture of our people is also analyzed in the example of some proverbs. It
was noted that the translation of proverbs of other nations plays an important role in
strengthening friendly relations between nations.
Keywords:
proverb, qavlun, translation, folklore genre, “The Art of translation”,
friendship, matals, phrases, folk games.
KIRISH
Maqollar bizning nutqimizga qadimdan kiritilagan, ammo ularning kelib chiqishi
haqida kam odam o„ylaydi. Chunki u davrlarda barqaror frazeologik birliklar mavjud
emas edi. Shunda bo„lsada maqollar yangi muloqot madaniyatining
shakllanishiga
yordam berdi. Qadimiy dostonlarimizda keltirib o„tilgan maqollar bugungi kunda ham
o„zing ahamiyatli yuqotmasdan xalqimiz so„zlashuvida, adabiyotida, bir so„z
bilan
aytganda fikrni qisqa, lo„nda qilib ifodalash uchun ishlatilib kelinmoqda. “Maqol”
atamasi arabcha
qavlun
- gapirmoq, aytmoq so„zidan olingan.
Maqol janrining
o‟rganilish tarixi Mahmud Koshg‟ariyga borib taqaladi. O‟zining “Devonu lug‟ati turk”
asarida 400 ga yaqin maqol va matallar o‟rin olgan, undan tashqari so‟z mulkining
sultoni Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va
boshqalarning ijodida ham
maqollarga alohida e‟tibor berilganligini ko‟rishimiz mumkin. Maqollar so‟z boshi
o‟rnida ishlatilgan hikoyalarni ham ko‟plab uchratamiz. Adib Abdulla Qahhorning
“O„g‟ri” hikoyasida epigrafida sifatida “Otning o‟limi –
itning
bayrami” maqoli keltirilgan. Bu adibning mahorati bilan bir qatorda,