Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/6
tarix06.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#83195
  1   2   3   4   5   6
kristall panjaralar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA VA KIMYO” FAKULTETI
ILMIY VA METADOLOGIK KIMYO” KAFEDRASI
KIMYODAN MASALALAR YECHISH METODIKASI” FANIDAN
Kristall panjaralar mavzusini zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash asosida o’qitish va o’quvchilarni baholash metodikasi.”mavzusida
KURS ISHI
BAJARDI:


RAHBAR:
Chirchiq-2023


Mundarija:


Kirish.
I.BOB. Kristall panjaralar haqida umumiy tushunchalar.
1.1.Kristall panjaralar.

    1. .Kristall panjara turlari.

1.3.Molekulyar kristall panjaralar.
II.BOB. Kristall panjaralar mavzusini zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash asosida o’qitish.
2.1.Kristall panjaralar mavzusini zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash asosida o’qitish metodikasi.
III.BOB. Kristall panjaralar mavzusini zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash asosida o’qitish va o’quvchilarni baholash metodikasi.
3.1.Kristall panjaralar mavzusini o’qitish asosida o’quvchilarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ularni baholash metodikasi.


Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Yurtimizda Kimyo fanini o‘qitishni rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Bu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Ushbu konsepsiya xalq ta’limi tizimida kimyo fanini o‘qitishni
rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi. Bunda:
-ta’lim sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirish;
-kimyo fani davlat ta’lim standarti talablarining ta’lim sifati va kadrlar
tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;
-kimyo fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
qo‘yiladigan malaka talablarini amaliyotga tatbiq etish;
-kimyo fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek o‘qitish
metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
-kimyo fanini umumta’lim fanlari bilan o‘zaro integratsiyasi va
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish;
-kimyo fanining mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati bo‘lgan
kimyoviy savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini
shakllantirish;
-kimyo fanini o‘qitishda variativ o‘quv modullarini ishlab chiqish;
umumiy o‘rta ta’lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma’naviy
qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakl, usul va
vositalarini keng joriy etish;
-o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda
kimyo fani bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy
usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;
-kimyo fani bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish, kundalik
hayotiy jarayonlarda duch kelgan muammolarni hal qilishda foydalana
olishga yo‘naltirish;
-kimyo ta’limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni
joriy etish;
-kimyo fani moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
-davlat ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan kompetensiyalarga
asoslangan baholash mezonlarini joriy etish belgilangan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin