Guliston davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 102,26 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü102,26 Kb.
#211863
  1   2   3   4   5
kurs ishi. mintaqaviy iqtisodiyot(tayyor)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI




Mintaqaviy iqtisodiyot fanidan


Kurs ishi




















Bajardi: Rahmonov Rasulbek
Tekshirdi: Saida Mamajonov


















Guliston– 2023

Mundarija

Kirish

  1. Tashqi Iqtisodiy munosabatlar va ularning nazariy asoslari

  2. O‘zbekistonning dunyoning rivojlangan davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligi ва tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi.

  3. O’zbekistonni tashqi iqtisodiy aloqalarda eksportni kengaytirish istiqbollari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O‘zbekiston uchun tashqi savdoni isloh qilish va eksportni rag‘batlantirish – erkin ayirboshlanadigan valyutada daromadlar o‘sishiga olib keladi. U jahon iqtisodiga integratsiyalashuv kuchayishida muhim omil sanaladi. Eng muhimi, u iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta’minlaydigan milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish kabi eng dolzarb masalalarni hal qilishga qaratilgan muhim harakat hisoblanadi. Bugungi kunda davlatlar o‘rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish integratsiualashuvining kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashuviga sabab bo‘lmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli sifatida tashqi savdo mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimizda mustaqillik yillaridan to hozirgi kunga qadar bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Endilikda jahon bozorlarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini kuchaytirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va sifatini yanada yaxshilash, mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Mintaqaviy iqtisodiyot koʻpincha ijtimoiy fan deb ataladigan iqtisodiyotning bir tarmogʻidir. Geografik koʻlami mahalliydan global hududlarga qarab oʻzgarib turadigan mintaqalarga nisbatan nazariy yoki siyosiy natijalarni olish uchun u fazoviy tahlil qilinadigan mintaqaviy muammolarning iqtisodiy elementini tahlil qiladi.
Mintaqaviy iqtisodiyot: mintaqaning geografiyasi va inson faoliyatining mintaqaning umumiy rivojlanishi va farovonligi uchun maksimal iqtisodiy foyda keltirish qobiliyatini anglatadi.
Mintaqaviy iqtisodiyot koʻpincha ijtimoiy fan deb ataladigan iqtisodiyotning bir tarmogʻidir. Geografik koʻlami mahalliydan global hududlarga qarab oʻzgarib turadigan mintaqalarga nisbatan nazariy yoki siyosiy natijalarni olish uchun u fazoviy tahlil qilinadigan intaqaviy muammolarning iqtisodiy elementini tahlil qiladi. Mintaqaviy iqtisodiyot: mintaqaning geografiyasi va inson faoliyatining mintaqaning umumiy rivojlanishi va farovonligi uchun maksimal iqtisodiy foyda keltirish qobiliyatini anglatadi.
Dunyo mamlakatlarida tashqi savdo strategiyalarida tub oʼzgarishlar namoyon boʼlmoqda. Oʼzbekistonda ham tashqi savdo siyosatini takomillashtirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 13 apreldagi PF5012-sonli savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni mamlakatimiz tashqi savdo aloqalarining samaradorligini yanada oshirish, tashqi savdoni liberallashtirish, eksport salohiyatini mustahkamlash hamda raqobatdosh mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish tizimini takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan xorijiy sheriklar oʼrtasida savdo sohasida uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadlariga xizmat qilishi koʼzda tutilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-dekabrdagi “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4069-son qaroriga muvofiq, eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi yaratildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida eksportni rag‘batlantirish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, 205 nomdagi tovarlarni eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizini qoplab berish yo‘lga qo‘yildi.
Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiytexnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar koʻrinmas Eksportni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda.
Har qanday davlat uchun Eksport import va chet ellarda boshqa xarajatlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida (qarangTashqi iqtisodiy siyosat) Eksportni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun moʻljallangan ishlab chiqarishni qoʻllabquvvatlashning turli shakllarini keng qoʻllaydi (soliq imtiyozlari va boshqalar moliyaviy koʻmaklar; Eksportni davlat tomonidan kreditlash).
Eksportni cheklash (qarang Kvota) aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etish yoʻli bilan siyosiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Ayrim tovarlar eksporti baʼzan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga koʻra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi, yoʻqolib borayotgan hayvonlar yoki oʻsimliklar turlarini, milliy madaniybadiiy boyliklarni asrash va boshqalar). Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar eksporti bojxona rejimida, bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi islohotlar, eng avvalo, dunyoda, shu jumladan, jahon iqtisodiyoti konyunkturasida yuz berayotgan turli o‘zgarishlarga mos holda amalga oshirilmoqda. Tanlab olgan yo‘limiz global inqirozdan keyin jahon iqtisodiyoti rivojlanish sur’atlari pasaygan bir sharoitda o‘zining barqarorligi va hayotiyligini ko‘rsatayotir. Mamlakatimizda keyingi yillarda tashqi siyosat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro maydondagi salohiyatini kengaytirish va xorijiy davlatlar bilan keng qamrovli hamda oʻzaro manfaatli aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda. Soʻnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan Oʻzbekiston hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy va boshqa sohalarida muhim va dolzarb ulkan islohot hamda oʻzgarishlar izchil amalga oshirilmoqda. 2020-yilda pandemiya oqibatida yuzaga kelgan xalqaro miqyosdagi iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklar, ayrim mintaqalardagi umumiy ahvol va davlatlararo munosabatlarning keskinlashishi tashqi siyosatimizdan yangi maqsad va yondashuvlarni talab etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligini izchil ichki islohotlar va yangilangan tashqi siyosat bilan kutib olmoqda. Mamlakat ichki hayotida kuzatilayotgan ochiqlik, innovatsiya va yangilanishlar, shuningdek, iqtisodiy liberallashtirish, bozorni rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, raqamlashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, taʼlim va maʼrifat, fuqarolar faolligi va inson huquqlari himoyasiga eʼtibor – bularning barchasi, shubhasiz, mamlakatimizning tashqi siyosatiga taʼsir oʻtkazmoqda. Aksariyat xalqaro ekspertlar va xorijiy siyosatchilar fikricha, bugun Oʻzbekiston oʻzining misli koʻrilmagan ochiqligi va jadalligi bilan ajralib turgan izchil, aniq va konstruktiv siyosat yuritmoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy ochiqligi hamda investitsiyalar va biznes uchun jozibadorligi, barcha muammoli masalalarni yakdillik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik asosida hal etishga intilish, dunyoning yetakchi davlatlari va boshqa mamlakatlari bilan muvozanatli va oʻzaro manfaatli aloqalar yuritish, siyosiy ishonch va xalqaro huquqqa rioya etilishi asosidagi oʻzaro hamkorlikka intilish – bizning xorijiy sheriklarimiz Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan tashqi siyosiy kursni aynan ana shunday tavsiflamoqda [11]. Bugungi kunda tashqi savdo respublikamiz iqtisodiy faoliyatining asosiy qismi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu sohada davom ettirilayotgan islohotlar mahalliy va xalqaro bozorlarni mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash imkonini bermoqda. Yurtimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va dunyo mamlakatlari bilan olib borilayotgan mustahkam aloqalar natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati oshib bormoqda. Shuningdek, hukumatimiz tomonidan bir qator soliq, bojxona imtiyozlarining yaratilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va raqobatbardosh mahsulotlarning ishlab chiqarilishi milliy mahsulotlarimizning tashqi bozorlarda mustahkam o‘rin egallashlari uchun zamin yaratmoqda.


Yüklə 102,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin