Guruh : 301-guruh Talabaning F. I. Sh



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə1/4
tarix05.05.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#108217
  1   2   3   4
Fizik-Kolloid Kimyo.MT-2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO VA UNI O‘QITISH METODIKASI” KAFEDRASI



MUSTAQIL ISH


Ta’lim yo‘nalishi : Kimyo
Guruh : 301-guruh
Talabaning F.I.Sh : Yunusova Mashhura Mavzu: Kolloid sistemalarning agregativ,elektrik va rangga ega bo‘lish xossalari.
Fan nomi: Fizik-kolloid kimyo
TOSHKENT-2023

Reja:
1. Kolloid eritmalarning agregativ barqarorligi .


2. Kolloid eritmalarning elektrik xossalari .
3. Kolloid eritmalarning rangga ega bo’lish xossalari.

Kolloid eritmalarning agregativ barqarorligi .
Kolloid eritmalar termodinamik beqaror sistemalardir. Kolloid eritmalardagi zarrachalarning sirti katta bo‘lganligi bois, dispers faza – suyuqlik chegarasida fazalararo erkin sirt energiyasi hosil bo‘ladi. Natijada kolloid sistemalar o‘z barqarorligini oshirish uchun fazalararo sirt energiya miqdorini oshirib fazalararo energiya miqdorini kamaytirishga intiladi. Mazkur sharoitlardan birontasi o‘zgarganida zolning mitsellalari bir-biri bilan to‘qnashib, katta zarrachalar hosil qiladi. Kolloid zarrachalarning katta agregatlarga birikish jarayoni koagullanish deyiladi. 1917 yilda Peskov dispers sistemalar barqarorligini 2 ga bo‘ladi: 1. Sedimentatsion (kinetik) barqarorlik;
2. Agregativ barqarorlik.
Kinetik barqarorlik – bu dispers sistemalarning og‘irlik kuchi ta‘siriga nisbatan barqarorligidir. Bu barqarorlik turi Broun harakati tufayli disperslangan zarrachalarning og‘irlik kuchiga qarshilik ko‘rsatish xususiyati yoki zoldan mitsellaning ajralishiga sabab bo‘ladigan markazdan qochuvchi kuchlar paydo bo‘lishi intensivlanish kuchayishi bilan tushuntiriladi. Dag‘al dispers sistemalar (masalan, chang yoki qumning suvdagi suspenziyasi) ning zarrachalari og‘ir bo‘lib, deyarli issiqlik harakatini hosil qila olmasligi uchun sedimentatsion beqaror bo‘lib, cho‘kib qoladi. Aksincha, yuqori dispers sistemalar (gazlar, chin eritmalar) yuqori kinetik barqarorlikka ega bo‘lgani uchun, ularga issiqlik harakati va diffuziya hodisasi xos. Kolloid sistemalar (aerozollar, liozollar) barqarorligiga ko‘ra oraliq o‘rinni egallaydi. Broun harakati yuqori darajadagi dispers zarrachalar diffuzion harakati kabi, butun hajm bo‘yicha konsentratsiyaning tenglashishiga olib keladi. Lekin ancha qalin bo‘lgan qavatlarda to‘liq tenglashish ro‘y bermaydi. Bu yerda og‘irlik kuchining diffuziya kuchiga qarshi ta‘siri natijasida qandaydir muvozanat holat 186 yuzaga keladi va u pastki qavatlardan yuqori qavatlarga qarab konsentratsiyaning bosqichma-bosqich kamayishi bilan xarakterlanadi.
Kolloid sistemalar suspenziyalaridagi kinetik barqarorlikning omillariga Broun harakatidan tashqari, disperslik va dispers sistemaning qovushqoqligi va boshqalar kiradi. Bu yerda zarrachalarning qavatlanishiga ko‘proq disperslik ta‘sir ko‘rsatadi. Kolloid sistemalar odatda turli o‘lchamdagi zarrachalardan iborat bo‘ladi, shuning uchun ular polidispers sistemalar hisoblanadi. Agar bunday polidispers sistemaga biror bir doimiy kuch (yerning tortishish kuchi, markazdan qochish kuchi) ta‘sir qiladigan bo‘lsa, bunda bir xil o‘lchamdagi zarrachalar bir xil tezlikda cho‘kadi, lekin katta o‘lchamdagilar eng tez, kichik o‘lchamdagilar esa eng sekin cho‘kadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘rtacha o‘lchamdagi zarrachalar muvozanat vaqtida eritmaning yuqori qismida pastki qismiga qaraganda kamroq bo‘ladi. Bundan tashqari, zarrachalar qanchalik kichik bo‘lsa, muvozanat qaror topishi uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Zarrachalarning cho‘kish tezligi ularning diametrining kvadratiga to‘g‘ri proporsionaldir. Dag‘al dispers sistemalarda muvozatga kelish tezligi nisbatan yuqori va muvozanat bir necha daqiqa yoki soat davomida o‘rnatiladi. Nozik dispers sistemalarda u kichik bo‘lib, muvozanatga kelish uchun yillar yoki hatto bir necha o‘nlab yillar ketadi. Nozik dispers sistemalarda amalda hech qachon 187 sedimentatsion ajralish kuzatilmaydi, chunki odatdagi saqlash sharoitlarida mexanik qo‘zg‘alish, harakatning tabiiy o‘zgarishlari va unga bog‘liq bo‘lgan konvension oqimlar sedimentatsion muvozanatning qaror topishiga halaqit beradi. Dispers sistemalarning agregativ barqarorligi dispers sistemaning o‘ziga xos disperslik darajasini saqlash ya‘ni koagulyatsiyaga uchramaslik xususiyatidir.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin