O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI TARIX YO‘NALISHI 03/20 GURUH TALABASI
IBROHIMOVA ORZIGUL AKBARJON QIZI KURS ISHI MAVZUSI: TARIX FANLARINI O’QITISHDA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH
TARIX FANLARINI O’QITISHDA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH Kirish. ……………………………………………………...………... 3
I BOB. O’RTA MAKTABLARDA MUSTAQIL ISH TASHKIL ETISH 1.1. O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish ………….….... 5 1.2.Mustaqil ish tashkil etish shakllari ………………......……...…. 9 II BOB. TARIX FANINI MUSTAQIL ISH ORQALI BOYITISH 2.1.Tarix darslarini mustaqil ish bilan aloqasi ………………..…..13 2.2 Bugungi kundagi islohotlar aynan ana shu maqsadlari……….18 XULOSA. …………………………………………………………….24
FOYDALANILGANADABIYOTLARRO’YXATI………………27
Kirish
Mavzuningdolzarbligi: Mustaqil ishlarni va ularning inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. Keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan pragmatik ochiq siyosat tufayli yangi Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzi tobora ortayotgani bir qator xalqaro reyting koʻrsatkichlarida hamda nufuzli anjumanlarda eʼtirof etilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yetmish beshinchi yubiley sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etib, oʻzbek tilida nutq soʻzlagani unutilmas tarixiy voqea boʻldi. Eng muhimi, Oʻzbekiston rahbari xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan oʻz nuqtayi nazarini taqdim etdi, mamlakatimizni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.Davlatimiz rahbari mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim oʻzgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.Aslida keyingi yillarda yurtimizda tashkil etilayotgan nufuzli xalqaro konferensiyalar, forumlar, madaniy tadbirlar Oʻzbekistonni nafaqat Markaziy Osiyoning, balki dunyoning zamonaviy madaniy-maʼrifiy markazlaridan biriga aylanib borayotganini anglatadi.Qisqasi, maʼnaviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanparvarlik inson maʼnaviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyatli jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy madaniy rivojlanadi.