Issiqlik almashuvchi qurulmalar va ularda jarayonni intensivlash usullari tahlili



Yüklə 364,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.09.2022
ölçüsü364,77 Kb.
#64222
  1   2   3
issiqlik-almashuvchi-qurulmalar-va-ularda-jarayonni-intensivlash-usullari-tahlili



Issiqlik almashuvchi qurulmalar va ularda jarayonni 
intensivlash usullari tahlili 
Sherzod Sobirjon o’g’li Muxtorov 
Islombek Ikromjon o’g’li Qoxxorov 
Farg’ona politexnika instituti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada sanoat korxonalarida qo’llaniladigan qobiq 
quvirli issiqlik almashinish qurilmalarida jarayonni intesivlash masalalari o’rganilgan. 
Mavjud muammolarning taxlili asosida qobiq quvirli qurilmalarda qovurg’ali 
konstruktsiyalarni qo’llash, uning ish unumdorligi va issiqlik almashinish 
jarayonlariga ta’siri ko’p bosqichli tizmli taxlili. 
Kalit so’zlar: Gradirnya, skrubber, regenerativ. 
Analysis of heat exchange devices and methods of process 
intensification in them 
Sherzod Sobirjon oglu Mukhtorov 
Islombek Ikromjon oglu Kokhorov 
Fergana Polytechnic Institute 
Abstract: This article examines the issues of process intensification in shell tube 
heat exchangers used in industrial enterprises. Based on the analysis of the existing 
problems, a multi-stage systematic analysis of the application of rib structures in shell 
pipe devices, its impact on work efficiency and heat exchange processes. 
Keywords: Gradirnya, scrubber, regenerative. 
 
Ma’lumki, sanoatning turli sohalarida hilma-hil xom-ashyo va mahsulotlarni 
qayta ishlashda issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi qurilmalar 
keng miqiyosda qo’llaniladi. Jarayonlarni o’tkazish shartlari va qurilmalarni qo’llash 
sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarining tuzilishi quyidagi turlarga 
bo’linadi: 
Ishlash printsipiga ko’ra issiqlik almashinish qurilmalari sirtiy (rekuperativ), 
regenerativ va aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator va h.k) 
qurilmalarga bo’linadi. 1.1-rasmda issiqlik almashinish appatarlarining sinflari 
keltirilgan. Ilovada issiqlik almashinish qurilmalarining ayrim parametrlari keltirilgan. 
Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltuvchilar devor bilan ajratilgan 
bo’lib, ularda bir muhitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali uzatiladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
370


Konstruktsiyasiga ko’ra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq-trubali, 
zmeyevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, gilofli, blok-grafitli va maxsus issiqlik 
almashinish qurilmalariga bo’linadi. 
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi 
galma-gal issiq va sovuq eltuvchi agentlar bilan yuvilib turadi. Agar, issiqlik 
almashinish yuzasi issiq eltuvchi agent bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi hisobiga 
isiydi, sovuq tashuvchi bilan yuvilganda esa o’z issiqligini beradi. Shunday qilib, 
issiqlik almashinish yuzasi issiqlik eltuvchining issiqligini yig’ib oladi, so’ng esa 
sovuq eltuvchiga beradi. 
Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikkala issiqlik tashuvchilar 
bevosita o’zaro aralashuvi paytida issiqlik almashadi.
1.1-rasim. Issiqlik almashinuvchi qurulmalarning sinflanishi. 
Issiqlik almashinish turiga ko’ra qurilmalar isitkich, bug’latgich, sovutgich va 
kondensatorlarga ajratiladi. 
Yuqorida ko’rib o’tilgan issiqlik almashinish qurilmalari ichida sanoatda eng ko’p 
qo’llaniladigani qobiq quvirli issiqlik almashinish qurilmalari xisoblanadi. Bu turdagi 
issiqlik almashinish qurilmalari qobiq ichida joylashgan quvirlar to’plamidan tashkil 
topgan bo’lib, sanoatda qo’laniladigan umumiy qurilmalarning 80% ini shu turdagi 
qurilmalar tashkil qiladi. Bunda quvirlar ikki tomondan quvir to’riga qotirilgan bo’ladi, 
natijada quvirlar tashqi sirti, qobiq va quvir to’ri bilan chegaralangan quvirlar orasidagi 
bo’shliq hamda issiqlik almashinish quvirlarining ichki sirti va ikkita qopqoq bilan 
chegaralangan quvirlar ichki bo’shlig’i yuzaga keladi. Ushbu qurilmalarda issiqlik 
quvirlarning devori orqali uzatiladi. Quvirlar orasidagi bo’shliqdan asosan yuzani 
ifloslantirmaydigan, cho’kma hosil qilmaydigan issiqlik tashuvchilar yuboriladi. 
Quvirlar ichki bo’shlig’idan esa asosan isitilayotgan yoki sovitilayotgan suyuqlik 
yuboriladi. Issiqlik tashuvchilarning harakat tezligini oshirish yoki jarayonni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
371


intensivroq olib borish maqsadida bu qurilmalarning ikkala bo’shlig’i ham ko’p 
hollarda bir necha yo’lli qilib tayyorlanadi. 1.2-rasmda bir yo’lli qobiq quvirli issiqlik 
almashinish qurilmaining sxemasi keltirilgan. 
Issiqlik tashuvchilarning tezligini oshirish maqsadida ko’p yo’lli qobiq quvirli 
qurilmalar ishlatiladi. Bu isitkichlarda suyuqlikning sarfi kam bo’lganda ularning 
quvirlardagi tezligi kichik bo’lib, natijada issiqlik almashinish koeffitsiyenti ham kam 
bo’ladi. 
Ko’p yo’lli isitkichlarda quvirlarni sektsiyalarga bo’lish uchun yoki muhitning 
harakat yo’lining soniga qarab, isitkichning qopqog’i bilan quvir to’rining orasiga 
ko’ndalang to’siqlar o’rnatiladi. Bunda har bir sektsiyadagi quvirlarning soni bir xil 
bo’lishi kerak. Ko’p yo’lli isitkichlarda bir yo’lli isitkichlarga nisbatan muhitlarning 
tezligi yo’llarning soniga qarab proportsional o’zgaradi. 1.3-rasmda ko’p yo’lli qobiq 
quvirli issiqlik almashinish qurilmaining sxemasi keltirilgan. 
1.2-rasm. Bir yo’lli qobiq quvirli issiqlik almashinish qurilmaining sxemasi 
1- qobiq; 2-quvir to’rlari; 3-quvirlar; 4-qopqoq; 5 va 6-issiqlik yoki sovuqlik 
tashuvchi agentlar (I va II) uchun shtutserlar. 
 
1.3-rasm. Ko’p yo’lli qobiq quvirli issiqlik almashinish qurilmasining sxemasi 
1- qopqoq; 2-to’siqlar; I va II -issiqlik yoki sovuqlik tashuvchi agentlar shtutser.
 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
372


Sanoatda 4-6 yo’lli qobiq quvirli qurilmalar ishlatiladi, chunki yo’llarning soni 
ortib borishi bilan qurilmaning gidravlik qarshiligi ortib, konstruktsiyasi 
murakkablashadi. Qobiq-quvirli qurilmalarda qobiq bilan quvirlar orasidagi 
haroratlarning farqiga qarab quvir va qobiqning uzayishi har xil bo’ladi. Shuning uchun 
qobiq quvirli qurilmalar konstruktsiyasiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 
1) Qo’zg’almas to’rli; 
2) Kompensatorli. 
Qobiq quvirli issiqlik almashinish qurilmalar GOST 9929-82 ga asosan po’latdan 
quyidagi tiplar bo’yicha tayyorlanadi:

Yüklə 364,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin