O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINIG QABUL QILINISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI
ANNOTATSIYA. Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan eʼtiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan boʻlsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatildi. Ushbu maqolada davlatimiz ramzlaridan biri bo’lgan Konstitutsiya haqida ma’lumotlar beriladi. Kalit so’zlar: konstitutsiya, modda, bob, mustaqillik, demokratik , qonun.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi haqida so‘z yuritishdan avval “Konstitutsiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir. Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy Qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi. “Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo’lib, shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.
ASOSIY QISM
Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasixalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz. Avvalambor, konstitutsiyaviy “bino”ni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrli orzusini mujassam etgan. Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, asosiy Qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan. Shu o‘rinda Suveren O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo‘lidagi 10 ta huquqiy qadamni bu boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tish lozim. Zotan, Konstitutsiyani yaratish tarixi – bu mustaqillik uchun kurashning uzviy tarkibiy qismidir. Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir. Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989 yilning 21 oktabr kuni qizg‘in bahs va tortishuvlardan so‘ng siyosiy-ma’naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga oshirilgani – milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etishini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. “O‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi”, degan fikrlar o’rinlidir. Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’iy nazar, o‘z ona tilini hurmat qilishi kerak. Birinchi Prezidentimizning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida mustaqillik arafasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasida qanday qizg‘in, ba’zida keskin va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tgani alohida eslab o‘tilgani bejiz emas. O‘sha qaltis va murakkab vaziyatda, Islom Karimov haqli ravishda qayd etganidek: “Og‘ir-vazminlik bilan ish tutib, har tomonlama o‘ylab, mulohaza qilib, barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan, eng muhimi, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni topishga erishdik”. Shunday qilib dastavval, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunda mustahkamlangan muhim huquqiy qoidalar endilikda Asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha muhrlab qo‘yildi: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urfodatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”. Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi ikkinchi huquqiy qadam – Prezidentlik instituti ta’sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzilishi bilan bog‘liq.Yurtimiz hayotidagi bu g‘oyat muhim va hayajonli voqealar 1990 yilning mart oyida bo‘lib o‘tganini eslash joiz. O‘sha davr, ya’ni Mustaqilligimiz e’lon qilinishidan bir muncha vaqt oldin, Oliy Kengashning o‘n ikkinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida sobiq ittifoq tarkibidagi respublikamizda Prezidentlik lavozimi joriy etildi, davlat ramzlari haqidagi masala muhokama qilinib, bu borada maxsus komissiya tuzildi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi ilk bor ana shu sessiyada ilgari surildi. Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi uchinchi huquqiy qadam –“Mustaqillik deklaratsiyasi”ning e’lon qilinishidir. O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda e’lon qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning 8-bandida O‘zbekiston “o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o‘zi ta’sis etadi” degan qoida mustahkamlangan. Deklaratsiyaning 12-bandida esa ushbu hujjat respublikaning “yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asos” bo‘lishi qayd etilgan. O‘shanda bunday mazmundagi hujjat sobiq ittifoq hududida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda qabul qilingan edi. Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi to‘rtinchi huquqiy qadam –Konstitutsiyaviy komissiyaning tashkil etilishiga borib taqaladi. Oliy Kengash qarori bilan 1990 yil 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislardan iborat 64 nafar a’zoni o‘zida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi va Konstitutsiya loyihasi ana shu komissiya tomonidan 2 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlandi. Birinchi Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya ish boshlashi bilan mamlakatimizning o‘ziga xos jihatlarini va xususiyatini munosib ravishda aks ettiradigan, xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan, jahon tajribasini, demokratiya va eng rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan yutuqlarni inobatga oladigan Asosiy Qonun loyihasini tayyorlashga bevosita rahbarlik qildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda Birinchi Prezidentimiz buyuk davlat va jamoat arbobi, iste’dodli siyosiy yetakchi sifatida namoyon bo‘ldi. Shuma’noda, O‘zbekiston Konstitutsiyasining tashabbuskori, ilhomlantiruvchisi va asosiy muallifi mamlakat Prezidenti hisoblanadi. Binobarin, taqdir Islom Karimov zimmasiga jamiyatni yangilash, o‘tish davrining murakkab sharoitida davlatimizni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, davlat-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan rivojlantirishning pishib yetilgan muammolarini hal qilish, jumladan, bo‘lajak mustaqil yurt Konstitutsiyasini yaratish kabi tarixiy vazifalarni yuklagan edi. Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi beshinchi huquqiy qadam – birinchi Prezidentimizning Hindistonga 1991 yilgi tashrifi bilan chambarchas bog‘liq. Aytish kerakki, birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1991 yil 17-19 avgust kunlari “Hindiston Respublikasiga rasmiy tashrifi O‘zbekiston Prezidentining xorijga qilgan birinchi mustaqil – tarixiy tashrifi edi”. Yurtboshimiz Hindistonda bo‘lgan bir paytda – 19 avgust kuni o‘zini “Davlat favqulodda holat qo‘mitasi”, ya’ni GKChP deb atagan bir guruh siyosiy avantyuristlarning davlat to‘ntarishini sodir etishga qaratilgan murojaati e’lon qilindi. Afsuski, O‘zbekiston rahbarining safarda ekanidan foydalanib, GKChPning noqonuniy qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydigan rahbarlar yurtimizda ham topildi. Tarix buni yaxshi eslaydi. Bu voqealarning davomi “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobining so‘zboshi qismida shunday bayon etilgan: “Prezident Islom Karimov GKChP e’lon qilinganini Agrada eshitib, 19 avgust kuni zudlik bilan Toshkentga qaytadi. Toshkent aeroportida Yurtboshimizni rasmiy kishilardan tashqari, Turkiston harbiy okrugi bosh qo‘mondoni hamda Markazdan kelgan 3 nafar general kutib oladi. Bu o‘sha paytdagi mavjud rasmiy protokol qoidalariga zid bo‘lib, tagdor siyosiy ma’noga ega edi. Metodlar bo’limi Konstitutsiya loyihasini ikki bosqichda muhokama etish uchun matbuotda e’lon qilinishining ma’nosi shundan iborat ediki, fuqarolar Konstitutsiyaning qayta ishlangan variantida Konstitutsiya loyihasini muhokama qilishdagi o‘z ishtiroklarining natijasini ko‘ra oldilar. Konstitutsiya loyihasining yangi variantida umumxalq muhokamasining dastlabki bosqichida kelib tushgan ko‘plab fikr-mulohazalar va takliflar o‘z ifodasini topdi. Fuqarolarimiz Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan ularning ovozi eshitilganiga, takliflari tegishli ravishda ko‘rib chiqilib, inobatga olinganiga ishonch hosil qildilar.
Konstitutsiyaviy «bino»ning qurilishi uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga asoslangan. Bugungi O„zbekiston qadimiy Xorazm va So„g„diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o„zbek xonliklari, ma‟rifatli ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an‟analari va mustaqil davlat haqidagi ko„p asrlik orzularini o„zida mujassam etgan. Bundan tashqari, bizning qiziqish va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, Asosiy qonunimiz Sharq va G„arb, Janub va Shimolning 97 mamlakati tomonidan to„plangan ilg„or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olgan holda yaratilgan. O„zbekiston Konstitutsiyasining paydo bo„lishi tarixi haqida gap ketganda, suveren O„zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama qilish, qabul qilish va amalga oshirishning 6 ta huquqiy bosqichini qayd etish zarur. Zero, Konstitutsiya yaratilish tarixi mustaqillik uchun kurashning ajralmas qismidir. Konstitutsiya yaratilishidagi birinchi huquqiy qadam o„zbek tiliga davlat tili maqomini berilishidir. Hech shubhasiz, bu mustaqillik tarixidagi yorqin sahifalardan biri – siyosiy va ma‟naviy hayotimizdagi unutilmas voqea bo„ldi. 1989 yil 21 oktyabrda, qizg„in munozaralar, musoxabalar va mushohadalardan so„ng, va nihoyat, o„zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. «Davlat tili to„g„risida» gi qonunda qayd etilgan ushbu muhim huquqiy qoida Asosiy qonunimizning 4-moddasida ham mustahkamlab qo„yilgan. Konstitutsiya yaratilish tarixidagi ikkinchi huquqiy bosqich, 1990 yil mart oyida O„zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida birinchi marta mustaqil O„zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g„oyasi ilgari surildi. Konstitutsiya yaratilishidagi uchinchi huquqiy qadam – bu «Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning e‟lon qilinishi bo„ldi. O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan Mustaqillik Deklaratsiyasining 8-moddasida O„zbekiston «o„z taraqqiyot yo„lini, nomini belgilab beradi va o„z davlat ramzlarini (gerbi, bayrog„i, madhiyasi) o„rnatadi» degan tamoyil mustahkamlangan. Deklaratsiyaning 12-bandida aytilishicha, ushbu hujjat «respublikaning yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asos bo„ladi». O„sha paytda bunday hujjat O„zbekistonda – sobiq Sovet Ittifoqi hududida birinchi bo„lib qabul qilingan. Konstitutsiya yaratish yo„lidagi to„rtinchi qadam – Konstitutsiyaviy komissiyani tuzilishi bo„ldi. Oliy Kengashning 1990 yil 21 iyundagi qarori bilan O„zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida Konstitutsiyaviy komissiya 64 kishidan iborat, davlat arboblari, deputatlar va mutaxassislardan iborat tarkibida tashkil etildi. I.Karimov Konstitutsiyaviy komissiya ish boshlaganidan beri mamlakatimizning o„ziga xos xususiyatlarini to„liq aks ettiradigan, xalqaro andozalarga to„la mos keladigan, jahon tajribasini, demokratiyani va eng rivojlangan mamlakatlarning konstitutsiyaviy qonunlariga erishishni inobatga olgan Konstitutsiya loyihasini tayyorlashga bevosita rahbarlik qildi. Yangi hujjatni ishlab chiqish jarayonida u BMTning asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga tayandi. Yangi Konstitutsiyaning ajralib turadigan xususiyati shundaki, o„zbek xalqining madaniyati va milliy an‟analarining qadimiy ildizlariga ham tayanadi. Asrlar qa‟riga nazar tashlab, ishlab chiquvchilar xalqning adolatli davlat, demokratiya va qonuniylik haqidagi g„oyalarini o„rganib, «Temur tuzuklari», «Boburnoma», «Zafarnoma» kabi tarix va madaniyat yodgorliklaridan ilhomlanib, Alisher Navoiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqalarning donoligiga murojaat qildilar. Bundan tashqari, ular konstitutsiyaviy rivojlanishning dunyo tajribasini, turli mamlakatlarda qonunchilik va demokratiya yutuqlarini chuqur o„rgandilar. Konstitutsiya yaratish yo„lidagi beshinchi qadam, albatta, davlat mustaqilligini e‟lon qilinishidir. Davlatimiz rahbarining 1991 yil 31 avgustdagi XII chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VI favqulodda sessiyasida so„zlagan nutqida, xususan, shunday deyilgan edi: “Bundan buyon 1 sentyabrni milliy bayram deb e‟lon qilishni taklif qilaman”. Bu so„zlar tarixga sahifalariga oltin harflar bilan yozilgan. Shu kuni Oliy Kengash “O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to„g„risidagi bayonot” e‟lon qilindi. Mazkur Bayonotda: “Bundan buyon, shubhasiz, O„zbekiston Respublikasihududida respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunlik qiladi”, – deyilgan. Shu kuni “O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining asoslari to„g„risida” konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Unda kelajakdagi Konstitutsiyaning asosiy qoidalarini aks ettiruvchi bir qator muhim moddalar mavjud. Xususan, ushbu Qonunga muvofiq: – “O„zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining to„la hajmiga ega, o„z milliy-davlat va ma‟muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv tizimini mustaqil ravishda belgilaydi” (3-modda); – “O„zbekiston Respublikasida O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari ustunlik qiladi. O„zbekiston Respublikasi davlat organlari tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudga bo„linishi tartibi asosida qurilgan” (5-modda). Ushbu konstitutsiyaviy qonun Asosiy qonunimiz qabul qilinishidan oldin, ya‟ni 1992 yil 8 dekabrgacha biz uchun Konstitutsiya bo„lib xizmat qilib turdi. Konstitutsiya yaratish yo„lidagi oltinchi huquqiy qadam – bu Konstitutsiya birinchi loyihasini ommaviy muhokamaga chiqarish uchun matbuotda e‟lon qilinishidir. Konstitutsiyaviy komissiya bajarilgan ishlarni va 1992 yil 8 sentyabrda ma‟qullangan Konstitutsiya loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo„yishga qaror qildi. Yangi Konstitutsiyaning birinchi loyihasi 1992 yil 26 sentyabrda tayyorlangan va o„sha kuni matbuotda e‟lon qilingan. Asosiy Qonunimiz ikki marta – 1992 yil sentyabr va noyabr oylarida jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Jamoatchilik muhokamasi natijasida Konstitutsiya loyihasiga 100 ga yaqin tuzatishlar kiritildi. O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda XII chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Butun dunyoga xalqimizning istagi va xohish-irodasi rasman e‟lon qilindi: o„zbek davlatchiligini zamonaviy sivilizatsiya asosida qayta tiklash, tinch va osoyishta hayot kechirish, uning mustahkamlanishiga har tomonlama hissa qo„shish, demokratiyasini chuqurlashtirish, inson huquqlari va davlat suvereniteti tamoyillariga sodiqlik, insonparvar qonun ustuvorligini shakllantirish, fuqarolikni ta‟minlash kabilar unda o„z ifodasini topdi. Shunday qilib, agar O„zbekiston mustaqilligi e‟lon qilingan kundan boshlab jahon sahnasida yangi suveren davlat tuzilgan bo„lsa, birinchi Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni davlatimiz qayta tiklandi, haqiqiy mustaqilligimizning mustahkam huquqiy asosi yaratildi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha tub islohotlar va o„zgarishlar Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirildi. Bu xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga to„liq javob beradigan muhim siyosiy hujjat hisoblanadi. Shunday qilib, mustaqillik yillarida milliy davlatchiligimizning shakllanishi uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari barpo etildi, ijtimoiy va fuqarolik jamiyati institutlari shakllantirildi, iqtisodiyot erkin bozor munosabatlariga o„tdi, tarixiy va boy madaniy merosimiz tiklandi. Bir so„z bilan aytganda, biz milliy uyg„onish va taraqqiyot yo„lini dadil bosib o„tdik va o„tmoqdamiz. Konstitutsiyaning mohiyati uning asosiy prinsiplari tizimida namoyon bo„ladi. Bular – davlat suvereniteti, odamlarning huquqi, fuqarolarning huquq va erkinliklari ustuvorligi va daxlsizligi prinsipi, davlat va shaxsning o„zaro javobgarligi, qonuniylik, hokimiyatlarning bo„linishi, mahalliy davlat hokimiyati, sud tizimi va adolatni ta‟minlash tamoyillari. Respublikada davlat hokimiyatini tashkil etishning ustuvor konstitutsiyaviy prinsipi davlat suvereniteti prinsipidir. Hokimiyatning suvereniteti, bir tomondan, uning mamlakat ichidagi ustunligi va mustaqilligini, ikkinchi tomondan, tashqi kuchlar sohasidagi, boshqa davlatlar bilan munosabatlarda ushbu hokimiyatning ustunligi va mustaqilligini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, demokratiyaning daxlsizligi butun Konstitutsiya orqali qizil ip kabi o„tadi. O„zbekistonning konstitutsiyaviy amaliyotida birinchi marta respublikaning har bir fuqarosi uchun tabiiy va ajralmas huquqlar tan olingan. Bundan tashqari, avvalgi Konstitutsiyalarda e‟lon qilinmagan bir qator huquqlar ham o„z ifodasini topgan. Masalan, insonning yashash huquqi, jismoniy va axloqiy yaxlitligi; shaxsning shaxsiy hayotga bo„lgan huquqi; fikr va e‟tiqod erkinligi huquqi; ma‟lumot olish huquqi: aybsizlik prezumpsiyasi; sud orqali himoyalanish huquqi; mamlakatni erkin tark etish va unga qaytish huquqi; sog„lom muhitga ega bo„lish huquqi va boshqalar. Demokratiya yangi Konstitutsiyaning asosiy tamoyillaridan biridir. Konstitutsiya muqaddimasida O„zbekiston xalqining demokratiya, inson huquqlari va ijtimoiy adolat g„oyalariga sodiqligi e‟lon qilingan. “O„zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, unga ko„ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha‟ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” (13-modda). Konstitutsiya hokimiyatlarning bo„linishi prinsipi asosida respublikaning eng yuqori davlat hokimiyati organlariningtuzilishini o„rnatadi. Unda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining o„zaro hamkorligi va mustaqil ishlashining maqbul mexanizmi mustahkamlab qo„yilgan. Konstitutsiyaning alohida bobi mahalliy davlat hokimiyati organlariga bag„ishlangan. Xalq deputatlari Kengashlari viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi mahalliy hokimiyat vakillaridir. O„zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog„iston Respublikasi kiradi. 1991 yil dekabrda u Mustaqillik deklaratsiyasini, 1993 yil 3 martda esa o„z Konstitutsiyasini qabul qildi. O„zbekistonning yangi Konstitutsiyasi ulkan ma‟naviy salohiyatga ega. Konstitutsiyaviy piramidaning yuqori qismida inson, fuqaro va uning qonuniy manfaatlari joylashgan. Masalan, Konstitutsiya qoidalari chuqur axloqiydir va bular: ayollar va erkaklarning huquqlari tengligi kabi (16-modda); voyaga etmaganlar, nogironlar va yolg„iz keksalarning huquqlarini davlat tomonidan himoya qilish (45-modda); jamiyat va oilaning davlat tomonidan qo„llab-quvvatlanishi va himoyasi (63-modda); davlat va jamiyat tomonidan etim bolalarni va ota-ona qaramog„idan mahrum bo„lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va ularga ta‟lim berish, ularga nisbatan xayriya faoliyatlarini rag„batlantirish (64-modda); onalik va bolalikni davlat tomonidan himoya qilish, voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalarni ularning ota-onalari haqida g„amxo„rlik qilish majburiyati (66-modda) kabi qoidalarda namoyon bo„ladi. Konstitutsiya “O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi va suverenitetining huquqiy kafolati hisoblanadi. Unda inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari sanab o„tilgan. U ijtimoiy va davlat tizimining shakllarini belgilaydi, mamlakatning tashqi va ichki siyosati tamoyillarini e‟lon qiladi, barcha mulk shakllarining tengligini ta‟minlaydi, fuqarolik jamiyatining ustuvorliklari va o„zinio„zi boshqarish shakllarini tasdiqlaydi. Konstitutsiyaning barcha bu xususiyatlari uni yashovchan va mustahkam qiladi. Shunday qilib, O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bizning fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini kafolatlovchi hujjat sifatida yo„limizdagi yorqin yulduzdir. Suveren O„zbekistonning Konstitutsiyasi inson va fuqarolik huquqlarining demokratik xartiyasi, insonparvar huquqiy davlatni shakllantirishning strategik dasturidir.
Dostları ilə paylaş: |