Iv bob. Harakat qonunlari 77-rasm. Jismning cho‘zilishi va siqilishi



Yüklə 64,79 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü64,79 Kb.
#36837
  1   2


77-rasm. Jismning cho‘zilishi va siqilishi
muvozanati buziladi. Agar kuch ta'sirida ular orasidagi masofa ortgan bo‘lsa, tortishish kuchlari ustunlik qiladi.

Va aksincha, masofa kamaygan bo‘lsa, itarish kuchlari ustunlik qiladi. Natijada jismning turli nuqtalarida noldan farqli ichki kuchlar paydo bo‘la- di. Ichki kuchlar yig‘indisi Nyutonning uchinchi qonuniga asosan tashqi qo‘yilgan kuchga teng va unga qarama-qarshi yo‘nalgandir (77-rasm).

Jismga kuch bilan ta'sir etilsa, ular cho‘zilishi, siqilishi, egilishi, siljishi yoki buralishi mumkin.

Ba'zi jismlarda bunday xususiyat yaqqol kuzatiladi. Masalan, tashqi kuch ta'sirida rezina yoki prujina cho‘zilishi, siqilishi, buralishi yoki egilishi mumkin.

Deformatsiya deb tashqi kuch ta'sirida jismlar shakli va o‘lchamining o‘zgarishiga aytiladi.



Deformatsiyalar elastik va plastik deformatsiyalarga bo‘linadi. Tashqi kuch ta'siri to‘xtagandan keyin jismning o‘zgargan shakli va o‘lchami av- valgi holatiga qaytsa, bunday deformatsiya elastik deformatsiya bo‘ladi. Masalan, cho‘zilgan rezina yoki prujina tashqi ta'sir to‘xtatilgandan keyin o‘z holatiga qaytadi. Chizg‘ichni biroz egib, so‘ng qo‘yib yuborilsa, u yana to‘g‘rilanib qoladi. Bunday jismlar elastik jismlar deyiladi.

Hamma jismlar ham o‘z shaklini qayta tiklamaydi. Ta'sir etayotgan tashqi kuch to‘xtaganda jismning shakli va o‘lchami tiklanmasa, bunday deformatsiya plastik deformatsiya bo‘ladi. Masalan, plastilin ezilsa yoki cho‘zilsa, u avvalgi holatiga qaytmaydi. Bunday jismlar plastik jismlar deyiladi. Quyida biz faqat elastik jismlar bilan ish ko‘ramiz.

Elastiklik kuchining namoyon bo‘lishi



78-a rasmda ikki tayanchga gorizontal holatda qo‘yilgan yupqa taxta tasvirlangan. Agar taxta o‘rtasiga bola o‘tirsa, taxta pastga egilib to‘xtaydi (78-b rasm). Taxtaning egilishini qanday kuch to‘xtatib qoladi? Bolaning og‘irlik kuchi ta'sirida taxta egiladi, ya'ni deformatsiyalanadi. Agar bo- laning og‘irlik kuchini tashqi kuch Ft desak, taxtaning egilishiga qarshi- lik qilayotgan ichki kuch elastiklik kuchi Fel bo‘ladi. Fel kuch Ft kuchga


78-rasm. Taxtaning


qarama-qarshi yo‘nalganligi uchun ular miqdor jihatdan tenglashganda, taxta egilishdan to‘xtaydi. Bunda Nyu- tonning uchinchi qonuni o‘rinli bo‘ladi:


(1)


Kamonning egilishi



Yüklə 64,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə