Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati



Yüklə 62,48 Kb.
səhifə1/4
tarix09.10.2023
ölçüsü62,48 Kb.
#153150
  1   2   3   4
PSIXOLOGIYADA AXLOQ FENOMENI

Reja:
Kirish………………………………………………………………………


1. Shaxslararo munosabatlarda agressiv xulqning namoyon bo‘Iishi……..


2. Agressiv xulq-atvor borasidagi nazariyalar……………………………..
3. Agressiv xulq-atvorning shakllanishida ijtimoiy muhitning roli……….
4. Agressiv xulq-atvorning shakllanishida tengdoshlarning roli………….
Xulosa …………………………………………………………………….

Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………



Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati: Shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘luvchi xulq-atvor tiplaridan biri, bu — agressiyadir. Inson agressiyasini o‘rganish serqirra mavzu boclib, u ushbu fenomenning asl mohiyatini ochib berishga urinayotgan olimlarning diqqatlni o‘ziga tortib keladi. Oddiy kundalik hayotda agressiya - zo‘ravonlik yoki raqibni yengish uchun vosita sifatida qo‘llaniladi. Agressiya — kishilar o‘rtasidagi turli kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan har qanday xulq-atvor modellaridan biri bo‘lib, u shunday atamaki, unga oid mulohazalar nafaqat psixologlarni, balki sotsiolog, huquqshunos, pedagog, faylasuf, qisqasi, ijtimoiy soha xodimlarining barchasini birdek qiziqtiradi.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Agressiya tushunchasining o‘ziga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug'diradi, chunki, bu termin ko‘plab xatti-harakat shakllarini o‘zida qamrab olgan. Odamlar biron-bir kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflaganlarida, uni boshqalarni haqorat qiluvchi, badfe’l, barcha narsani o‘zi istaganidek qilishni istaydigan, o‘z g'oyalarini qat’iy himoya qiladigan, yechimi yo‘q muammolar girdobiga o‘zini giriftor qiladigan inson, deb ta’riflashlari mumkin. Agressiyaga nisbatan berilgan bunday ta’rif to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini bilish uchun bu tushunchaga oydinlik kiritish lozim. Agressiyaga aloqador eng birinchi va balki eng mashhur nazariy tushunchaga asosan bunday fe’l-atvor o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p jihatdan mstinktivdir. Bu yondashuv juda keng tarqalgan bo‘lib, unga kocra insonda genetik va konstitutsional jihatdan shunday harakatlar «programmalashtirilgan»ligi tufayli uning xulq-atvorida agressiya sodir boladi. Insonning agressiv xatti-harakatlarga moyilligini turlicha tushuntirishga qaratilgan nuqtayi nazarlar ichida eng mashhuri U. Makdaugoll, Z. Freyd, G. Marrey va boshqa olimlarning «inson va hayvonlarda agressiyaning tug‘ma instinkti mavjud bo‘ladi» degan qarashlaridir.

Yüklə 62,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin