Kirish Tóxtasin Jalilov hayoti va ijod yoʻli T. Jalilov ijodiga mansub musiqali dramalar Tohir va Zuhra musiqali dramasi tahlili Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



Yüklə 32,82 Kb.
səhifə1/7
tarix03.06.2023
ölçüsü32,82 Kb.
#124166
  1   2   3   4   5   6   7
Tóxtasin Jalilov


Reja:
Kirish
1.Tóxtasin Jalilov hayoti va ijod yoʻli
2.T.Jalilov ijodiga mansub musiqali dramalar
3.Tohir va Zuhra musiqali dramasi tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Kirish
O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor, sozanda To‘xtasin Jalilov XX asr o‘zbek musiqasi tarixida katta o‘rin egalladi. Benazir mahorat bilan ajoyib qo‘shiq, lirik ashula va raqs kuylar, qirqqa yaqin musiqali drama va komediya, «Tohir va Zuhra» (B. Brovsin bilan hamkorlikda) nomli opera yaratib, respublikamizda mazkur janrlarning taraqqiy etishiga ulkan hissa ko‘shdi. Ustoz ijodiy izlandi, tinmay mehnat qildi, ko‘p qirrali ijodiy, rahbarlik va jamoatchilik faoliyati bilan musiqa san’atida chuqur iz qoldirdi. SHuni aytish joizki, u etishtirgan yuzlab shogirdlar ham O‘zbekiston musiqa san’atining ravnaqi yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bu ulug‘ insonni san’atkor ahli va xalqimiz hurmat qilib «Usta», deb e’zozladi.


To‘xtasin Jalilov YUsufjon changchi boshchiligidagi san’atkorlar bilan xalq sayillarida, qishloq va shahardagi to‘y marosimlarda qatnasha boshladi. Musiqiy meros sirlarini qunt bilan ustoz va do‘stlaridan o‘rgandi. «Tashviqot aravasi» ansambli jamoasida YOqubjon changchi, Ashurali Oxun dutorchi, G‘azat Oxun g‘ijjakchi, Zokir eshon doirachi, Orifjon dutorchi, Hayit Oxun tanburchi, Rustam mehtar surnaychi, Ismat karnaychi, Sayfi qayroqchi, Berkinboy Fayziev, Dehqonboy hofizlar bor edi. Mazkur jamoani avval Orif Toshmatov (Orif garmon), so‘ng T. Jalilovlar boshqardilar.
1923 yili Moskvada o‘tkazilgan hunarmandlar ko‘rgazmasi konsert dasturida T. Jalilov ham qatnashdi. 1925 yildan Hamza tuzgan Farg‘ona teatr truppasida ishladi, keyingi yili mashhur san’atkor M. Qoriyoqubov Samarqandda tashkil etgan O‘zbek davlat etnografik ansambliga taklif qilindi. 1927 yili ansambl bilan Moskva, Leningrad, Boku, Qozon va Ufa shaharlarida o‘tkazilgan gastrol konsertlarida bo‘ldi. 1928 yil Andijondagi O‘zbek davlat musiqali drama teatriga musiqa rahbari vazifasiga taklif qilindi. Mazkur teatrda T. Jalilov «Lolajon» (K. YAshin p’esasi), «Qashqar qizi», «Oyxon» (S. Abdulla p’esalari), «O‘rtoqlar» (K. YAshin p’esasi), «Halima» (G‘. Zafariy p’esasi), «Farhod va SHirin», «Layli va Majnun» (SH. Xurshid p’esalari) spektakllari uchun kuy, qo‘shiq va ashulalarni xalq musiqa merosidan tanlab oldi. T. Jalilov O‘zbek davlat musiqali teatrining musiqa rahbari etib tayinlandi. G‘. Zafariyning «Halima», K. YAshinning «O‘rtoqlar» p’esalari hamda konsert dasturi ustida ijodiy ish olib bordi. Mazkur spektakllar musiqasini qayta ishladi.
1936 yili Londonda o‘tkazilgan jahon raqs festivalida T. Jalilov, M. Qoriyoqubov, Tamaraxonim va Usta Olim Komilovlar qatnashib, qo‘sh mukofotlarga sazovor bo‘ldilar.
1936 yilda Toshkentda O‘zbek davlat filarmoniyasi M. Qoriyoqubov rahbarligida tashkil topdi. Filarmoniya jamoalarida Moskvada o‘tkaziladigan O‘zbek san’at va adabiyotining birinchi dekadasiga tayyorgarlik qizg‘in boshlanib ketdi. T.Jalilovga 120 kishidan iborat bo‘lgan O‘zbek ashula va raqs ansambli tashkil etish va boshchilik vazifasi topshirildi. Mazkur ansambl ustoz rahbarligida Moskva, shuningdek Ozarbayjon, Ukraina va Belorusiya bo‘ylab gastrol safarlarida bo‘ldi.
1939 yilning oxirida Muqimiy nomidaga O‘zbek davlat musiqali drama va komediya teatri tashkil topdi. Mazkur teatrga T. Jalilov rahbar etib tayinlandi. Uning bastakorlik faoliyati bu erda yanada samaralirok bo‘ldi. U dramaturg S. Abdulla bilan hamkorlikda 1939 yilda yaratgan «Tohir va Zuhra» musiqali dramasini sahnalashtirishdan boshlandi. 1941 yili «Qurbon Umarov» (S. Abdulla p’esasi, kompozitor G. SHperling bilan hamkorlikda); 1942 yili «Nurxon» (K. YAshin p’esasi, kompozitor G. Sobitov bilan hamkorlikda); 1943 yili «O‘zbekiston qilichi» (H. Olimjon p’esasi, K. YAshin,Uyg‘un va N. Pogodinlar, bastakorlar T. Sodiqov, M. Burhonov, N. Hasanov, Klimov va Vaynberglar hamkorligida); 1943 yili «Asrlar» (Uyg‘un p’esasi, kompozitor B. Nadejdin bilan hamkorlikda); 1945 yili «G‘unchalar» va 1947 yili «Orzu» (S. Abdulla p’esasi, kompozitor B. Brovsin bilan hamkorlikda); 1949 yili «Alpomish» (S. Abdulla p’esasi, kompozitor B. Nadejdin bilan hamkorlikda); 1949 yili «Muqimiy» (S.


Yüklə 32,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin