Kompyuter lingvistikasi


Методы автоматического анализа и синтеза текста



Yüklə 349,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/32
tarix06.05.2023
ölçüsü349,08 Kb.
#108533
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
kompyuter lingvistikasi 2019

Методы автоматического анализа и синтеза текста. – Минск, 1985, с.222. 
Пиотровский Г.Г. Компьютеризация преподавания языков. –Л., ГГПИ, 1988, 74 с. 



Eng muhimi, rus kompyuter tilshunosligida «tillarni o’qitishni kompyuterlashtirish» 
deyilganda o’qituvchi yoki o’quvchi harakatlariga taqlid qiluvchi ko’ngilochar dasturlarni yaratish 
tushunilmaydi. Bunda asosiy etibor Ao’S (avtomatik o’qituvchi sistema)larga tayanuvchi 
avtomatlashtirilgan o’quv kurslarini vujudga keltirishga qaratiladi. Ao’S esa o’quv jarayoni 
ishtirokchilariga nafaqat taqlid qilishi, balki ularning intellektual faoliyatini modellashtirishi ham 
zarur bo’ladi. Shuningdek, bu sohada yaratilgan ilmiy adabiyotlarda «lingvistika va tillarni 
o’qitishda model» tushunchasi asosiy o’rinni egalaydi
1

Rus tilshunosligidagi tillarga o’qitish yo’nalishida lingvistik statistikadan ham keng 
foydalanilgan. Malumki, ona tilidan tashqari ikkinchi bir tilni o’rganayotganda, avvalo, ushbu 
tilning lug’at boyligiga murojaat qilinadi. Ammo har bir tilning lug’at boyligida ming-minglab turli 
so’zlar mavjud bo’lib, ularning hammasini eslab qolish mumkin emasligi tabiiy. Shu sababli 
o’rganilayotgan tilning dastlab eng asosiy hamda tez-tez qo’llanib turadigan so’zlarinigina 
o’zlashtirishga kirishiladi va muntazam ravishda bosqichma-bosqich so’z boyligi orttirib boriladi. 
Buning uchun esa leksikostatistik manbalar-malumotlar asosiy poydevor vazifasini o’taydi. 
L.N.Zasorinaning takidlashicha, leksikostatistikaning markaziy muammosi jonli (funktsional) 
tilning statistik qonuniyatlarini va matnning statistik strukturasini aniqlashdir.
2
Matnning statistik 
strukturasi deyilganda, shartli ravishda, malum matndagi turli so’zlar miqdori bilan shu matnda 
uning qaytarilish-qaytalanish chastotasi orasidagi munosabat tushuniladi 
3
. Shunga ko’ra statistik 
malumotlarni to’plash, qayta ishlash kabi murakkab jarayondagi barcha ishlarni EHMga yuklash 
zaruriyati kelib chiqqan holda kompyuter lingvistikasida statistik yo’nalish yuzaga keldi. U rus 
tilshunosligida avtomatik tarzda tilga o’qitish yo’nalishi bilan hamohang tarzda rivojlanib borgan
4
(ayniqsa, statistik yo’nalish o’zbek, qozoq, qirg’iz tilshunosliklarida tez rivojlandi, bu haqda 
quyiroqda batafsil to’xtaymiz).
Kompyuterdan foydalanilgan holda ko’plab chastotali lug’atlar ham yaratildi,
5
ular o’z 
navbatida mashana tarjimasi uchun zamin bo’ldi. Ko’rinadiki, rus kompyuter lingvistikasidagi 
mazkur to’rt yo’nalishning rivojlanishi rus tilining dunyoviy tillar sirasiga kirishi, ommalashuvi, uni 
o’rganish va o’rgatish jarayonining optimallashuvi uchun asos bo’lgan. Bunda, shubhasiz, 
kompyuterchi- dasturchilar bilan bir qatorda tilshunoslar ham muhim rol o’ynadilar. Ayniqsa, 
prof.R.G.Piotrovskiyning izlanishlari o’zining serqirraligi, har to’rt yo’nalishni o’zida qamrab 
olganligi, obektivligi, aniq va izchilligi bilan ajralib turadi.
2
Olim nafaqat rus tilshunosligida, balki 

Yüklə 349,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin