Kuyish – terining xavfli shikastlanishi bo‘lib, bunda nafaqat teri balki boshqa a’zolar ham zararlanadi. Ayniqsa kuyish buyraklar, yurak, moddalar almashinuvini buzishga, tana harorati oshishiga, qayt qilish va boshqa asoratlarga olib keladi.
Kuydirgi turli sabablarga olib kelishi mumkin, bu ularning namoyon bo'lishi va zararlanish belgilari bilan tavsiflanadi. Kuyish mumkin:
Issiqlik omillari;
Kimyoviy;
elektr toki;
Radiatsiya ta'sir qilish;
Bakteriyalar (bakterial kuyish deyiladi).
Bu omillar turli darajada ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun kuyish uning namoyon bo'lishiga olib keladi va davolanishga alohida yondashuvni talab qiladi.
Bu turdagi kuyish, 50-70 gradusda bo‘lgan jismlar va suyuqliklar bilan kontaktda bo‘lganda kuzatiladi. Bunda kuyish terining yuza qavatlarini qamrab oladi. Birinchi darajali kuyish unchalik ham xavfli emas. Bunday darajadagi kuyishda teri sohasi qizaradi, kuchli achishadi va og‘riydi. Birinchi navbatda kuygan sohani muzlatish va antiseptik vosita bilan qayta ishlash kerak. Ushbu holatda xalq tabobati vositalaridan ham foydalansa ham bo‘ladi. Odatda jatohat bir necha kundan keyin bitib ketadi, terida pigmentatsiyasi yo‘qolgan soha paydo bo‘ladi. Agar kuyish teri sohasining 25 %ini qamrab olsa, yuqorida keltirilgani kabi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi.
II darajadagi kuyish
II darajadagi kuyish
II darajadagi kuyish, terining 70-100 gradusdagi jismlar bilan kontakda bo‘lganda kuzatiladi. Shu darajadagi kuyishga nafas yo‘llarining har qanday kuyishlarini kirg‘azish mumkin. Terining yaqqol ko‘rinadiga qizarishi va bir-ikki soatlardan keyin pufakchalar paydo bo‘lishi, ularning ichi suyuqlik bilan to‘lishi yuzaga keladi. Pufaklarning yorilishi (o‘zi mustaqil, mexanik ta’sirlarsiz) dan keyin terida qizil dog‘ saqlanib qoladi. Odatda jarohatning bitishiga ikki hafta vaqt sarfalanadi, albatta jarohatga infeksiya qo‘shilmagan bo‘lsa.
Bunday darajadagi kuyishda turli xildagi maz va moylardan foydalanish mumkin emas, shu bilan birga xalq tabobati vositalarini ham mustaqil qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bunday vositalar og‘riq hissini sezilarli darajada kamaytirsa ham, infeksion bakteriyalar uchun ozuqa muhuti va qulay sharoit yaratib berishi mumkin, bu esa jarohatning tiklanishiga halaqit beradi. Kuyish sodir bo‘lgandan keyin tez tibbiy yordam chaqirish zarur, yordam kelgunga qadar jarohatlangan sohaga steril quruq bog‘lam qo‘yish kerak. Demak II darajali kuyish 14 kunlardan keyin bitishni boshlaydi, nafas yo‘llarining har qanday kuyishlari II darjadagi kuyishga kiradi.