Maktub epistolyar janr namunasi sifatida



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix21.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#187812
  1   2   3   4   5   6
176-180



JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–32_Issue-1_Iyul_2023 
176 
MAKTUB EPISTOLYAR JANR NAMUNASI SIFATIDA 
 
Abdurayimova Irodaxon Iqboljon qizi 
O’TAFI birinchi bosqich tayanch doktoronti 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada maktub, xat va noma atamalarining o’zaro farqlari 
hamda maktublarning epistolyar janrni hosil qiluvchi manba sifatidagi xususiyatlari 
tog’risida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
Maktub, xat, noma, adabiy janr, epistolyar janr, adabiy tanqid, 
badiiy asar, adresat, muallif. 
“Maktub” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib izohli va etimologik lug‘atlarda yozmoq, 
bitmoq ma’nolarini beradi. Shunday ekan, xalq orasida maktub so‘zi bilan bir qatorda 
xat, ilm-fan kishilari orasida esa noma so‘zlari yonma- yon tarzda keltirib o‘tiladi. 
Ularni birlashtirib turuvchi va bir-biridan farqlab turuvchi jihatlari bilan birgalikda 
o‘rgandik. Endi maktubdan farqli o‘laroq xatga to‘xtalishni joiz topdik. 
Maktub, xat, noma atamalari bir-biriga yaqindek ko‘ringani bilan ular bir-biridan 
muayyan darajada tafovut qiladi. Adabiyotshunoslik ilmida bu uch atamaning 
o‘rganilishida yaqinlik bor. Ularni umumlashtirib turuvchi xususiyatlari ham mavjud.
Xat – asosida moddiylik turadi, ko‘z bilan ko‘rib qo‘l bilan ushlab unga 
munosabat bildirsa bo‘ladi. Shuningdek, u ma’lumot(informatsiya) uzatishga va 
ma’lumot olishga xizmat qiladi. Odatda oilada kimdir xizmat safari, harbiy xizmat 
uchun ketsa, yoki kimnidir yoqtirib qolgan insonlarda xat yozish holati kuzatiladi. 
Bunga sabab insonga xos bo‘lgan ichki kechinmalar va ularni ifodalashga urinish 
sanaladi. Demak, xatlar ma’lumot almashishga xizmat qiladi. Xat uchun badiiylik 
muhim ko‘rsatkich emas. Uslubi sodda, ravon va ikki muloqotdoshlar uchun birdek 
tushunarli bo‘lgan so‘zlardan keng foydalaniladi. Yuqoridagi maktubda esa badiiylik, 
estetika va fikriy ravonlik muhim. 
Maktublar ijtimoiy hayotda uchrashi bilan birgalikda badiiy asarlar tarkibida ham 
uchraydi. Chunki, adabiyot jamiyat ini’kosi hisoblanadi. Adabiyotshunoslik va adabiy 
tanqid rivojiga hissa qo‘shgan maktublar turlari ham adabiy tanqidiy fikrlardan iborat 
yozishmalarga maktub janri namunasi sifatida qaraladi. Agar uning tarixiga nazar 
tashlansa, bu fikrda jon borligi ma’lum bo‘ladi. 
Olim Dilmurod Quronov bunday yozadi: “Adabiy-badiiy asar til vositalaridan 
tarkib topuvchi matn ekan, demak, u ham mohiyat e’tibori bilan nutq hodisasidir. Zero, 
adabiy-badiiy asar muloqot asosida dunyoga keladi, ya’ni, ijod jarayoni mohiyatan 
muloqotdir. Tasavvur qilingki, siz kimgadir maktub yozyapsiz. Siz maktubingiz kimga 
yozilayotganini, uning qanday odamligi, u bilan qay yo‘sinda muomala qilish 
kerakligini, ... har vaqt nazarda tutasiz, boshqacha aytsak, maktubni yozish davomida 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin