Manufaktura bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud boʻlmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi



Yüklə 230,86 Kb.
səhifə1/17
tarix07.02.2023
ölçüsü230,86 Kb.
#83305
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

80-bilet
Manufaktura — bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud boʻlmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi. Yalpi ishchi kuchi tarkib topadi, har bir ayrim xodim esa yalpi ishchi kuchining tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda oddiy kooperatsiyadagidek qoʻl mehnatiga asoslangan qurolga tayanadi.

Manufaktura (lotincha: manus — qoʻl, factura — tayyorlash) — mehnat taqsimoti va qoʻl hunari texnikasiga asoslangan korxona. Sanoat taraqqiyotining oddiy kooperatsiyadan keyingi, 2-bosqichi. M. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 16-asrning oʻrtalarida vujudga kelib, 18-asrning oxirgi choragigacha davom etdi. Angliyada (16—18-asrlar) dastlab toʻqimachilik sanoatida, qogʻoz va shisha ishlab chiqarish sohalarida rivoj topdi. 17-asr ning 2-yarmidan boshlab 19-asr ning 1-yarmiga qadar Rossiyada mavjud boʻlgan.

Oʻzbekistonda 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning boshida M. fabrikaning yordamchi boʻlimi sifatida hamma sohada bor edi va bu narsa katta ahamiyatga ega boʻlgan.

Ishchi va mehnat qurollarining tor ixtisoslashuvi tufayli M. ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirdi. Lekin u ichki va tashqi bozorning tovarlarga boʻlgan talabini qondira olmas edi. M. tarixan ijobiy harakterga ega boʻldi, ijtimoiy mehnat taqsimotining kuchayishiga yordam berdi, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtishga zamin yaratdi.[1]



Manufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asboblar vujudga keltirib hamda ishchini tor operatsiyalarni bajarishga bogʻlab, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish uchun zarur shart-sharoit tayyorlaydi. Bu davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatning mazmuni va tavsifida, ishlab chiqarishning butun texnologik usulida, iqtisodiy munosabatlarda va butun ijtimoiy hayotda ham tub oʻzgarishlar roʻy beradi. XVIII asrning soʻnggi 30-yili ichida boshlangan sanoat revolyutsiyasi natijasida yirik mashinalashgan ishlab chiqarish vujudga keldi.

. 18-asrning 60yillaridan dastlab Buyuk Britaniyada boshlandi. Bu mamlakatda 17-asrda yuz bergan burjua inkilobi yangi jamiyat rivoji uchun keng yoʻl ochdi. Angliyaning keng mustamlakachilik tizimi ham Sanoat toʻntarishiga katta taʼsir koʻrsatdi, mustamlaka boyliklari sanoatga qoʻyildi. St. barcha mamlakatlarda yengil sanoatda boshlanib, ogʻir sanoatning shakllanishi bilan yakunlangan. Angliyada ham dastlab yigiruv, keyinroq toʻquv mashinasi ixtiro kilindi va ipgazlama korxonalarida qoʻllanildi va sanoat rivojida mashinalar davrini boshlab berdi. Mashinalar soni oʻsishi metallga boʻlgan talabni keskin oshirdi. Metallurgiyada yangi usulda choʻyan va poʻlat olish rivojlandi (domna pechlari). Mashinalarning katta ish tezligi yangi energiya manbaini talab etdi (avvalgi energiya qoʻl, oyoq kuchi, oqar suvlar). 1780— 1820-yillarda toʻqimachilik sanoati hajmi 16 martadan ortiq oʻsdi. Toʻkimachilik sanoatida boshlangan bu oʻzgarishlar jun, kanop, ipak sanoatiga ham oʻtdi. Bugʻ mashinasining ixtiro qilinishi sanoat energetikasida burilish nuqtasi boʻldi. 

Yüklə 230,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin