O’ZBEKISTON RESPUPLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI “MATEMATIKA VA INFORMATIKA” FAKULTETI “MATEMATIKA VA INFORMATIKA” YO’NALISHI
110-21-guruh talabasining “Ilk yetuklik davrining psixologik xususiyatlari” mavzusiga
Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish 0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini jahon miqyosida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodni tarbiyalaydigan o‘qituvchilarga, ertaga o‘rnimizga keladigan kadrlarga bogiiqdir. Kadrlar tayyorlash masalasiga Respublikamizning Birinchi Prezidenti katta e’tibor berganliklarini, ularning quyidagi fikrlaridan bilib olishimiz mumkin: «Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammolarni yechish zarurati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz mamlakatimiz kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacha qilib aytganda qanday kadrlar tayyorlashimizga bog'liq». Barcha qonun va qarorlar orasida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» alohida o‘rin tutadi va unga milliy g'oyaning bir qismi sifatida qaraladi.
Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. M a’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yotadi. Har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalash, ularga ta’lim berish ishlarini esa o‘qituvchilar amalga oshiradilar. Shuning uchun bo‘lg‘usi psixologlar hozirgi pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari rivojlanish psixologiyasi, pedagogik psixologiya fanlarini chuqur bilishlari maqsadga muvofiq. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016- yil 8-oktyabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, 2017—2021-yillarda Oliy ta’lim tizim ini kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash va xorij adabiyotlari asosida darslarni innovatsion shakllarda olib borish haqidagi fikrlariga muvofiq ushbu darslik tayyorlandi.